Yuzani tayyorlash


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1175614
1   2   3   4
Bog'liq
Lab iwi 1.1

 
 
 
 
Himoya rel'efini setkografik usulda ishlov berish 
 
Setkografik metodning mohiyati
Sxemaning tasvirini olish uchun birinchi bo‘lib pastani kuydirish usulidan 
foydalanilgan, keyinchalik bu usul “setkografik” deb nom olgan. 
Himoya rel'efini setkografik usulda bajarish sxema tasvirini maxsus kislotalarga 
chidamli tez quriydigan o‘yma andoza bo‘yoqlarni rakel' bilan to‘rsimon andoza 
orqali siqishni, unda sxema tasviri setka yacheykasi bilan hosil bo‘ladi, BP 
yuzalaridagi bo‘yoqlarni eritkich bug‘lanishi natijasida mustahkamlanadi. 
Andozalar bo‘yoqlarining himoya xususiyati haroratga, setkaning nomeri, sxema 
tasvirining murakabligiga to‘g‘ri keladigan qovushqoqlikning optimal kattaligiga 
bog‘liq. Qovushqoqlikning optimal kattaligi yog‘benzinga chidamli rezina va 
poliuretan listidan tayyorlangan rakel' ta'sirida andoza setkalari teshiklari orasidan 
bo‘yoqlarni yengil va bir tekisda oqishi bilan xarakterlanadi. Andoza 
bo‘yoqlarining asosiy turlariga: ishqorlarga yuviluvchan, tez quriydigan va 
himoyali gal'vano chidamli, organik eritkichlar bilan yuviluvchan moddalar kiradi.
INTECHStudioS_uz


 

 
To‘rlar materiali
Setkasimon andozalar alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan metall rom, unga 
to‘qilgan material tarang tortilgan bo‘lib, unga quyidagi talablar qo‘yiladi: mato 
materiali uzilishga mustahkam, cho‘zilishga, ishqalanishga turg‘un, nuqsonlarsiz, 
andoza bo‘yoqlari eritkichlari bilan ta'sirlashmasligi, yoriqlar kattaligi ipning 
qalinligidan 1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak.
To‘rsimon andozalar sintetik mato(kapron), metall to‘r ( latun', bronza, 
korroziyaga chidamli po‘lat) va kombinasiyalangan to‘rlardan tayyorlanadi. 
Ulardagi markaziy metall qismi ishchi maydon o‘lchamlariga mos keladi, tarang 
tortilgan kapron matoga «Adgeziv-2V» yoki «Viland-5K» yelimi bilan 
yopishtiriladi, metall to‘r tagidagi kapron konsentrosiyalangan azot kislota bilan 
olib tashlanadi. Korxonalar asosan kapronli to‘rlardan, kamroq zanglamaydigan 
po‘lat to‘rlar, juda kam poliefirli tolalardan foydalanadilar.
Eng ko‘p aniqlikka va ko‘pga chidamlilikka ega bo‘lgan to‘rlar zanglamaydigan 
po‘latli yoki 40...50 mkm o‘lchamli yacheykali fosforli bronza to‘rlar, eng ko‘p 
cho‘ziluvchan to‘rlar-lavsan, kapron, metallashgan neylon monotolalardan. To‘rlar 
bir tekisda romlarga belgilangan kuch bilan to‘rlarni tortishning pnevmatik 
qurilmasida tortiladi. 
To‘rlarning kamchiliklaridan biri ularni ko‘p marotaba foydalanish natijasida 
cho‘zilib ketishi, shuning uchun muhim xarakteristikalaridan adadlarga 
mustahkamlik. Eng katta adadlarga mustahkamlik zanglamaydigan po‘latli 
to‘rlarda (bitta to‘rdan 20 mingtagacha nusxa), keyin poliefir to‘rlar( setki (10 
mingtagacha nusxa) va kapron (5 mingtagacha.)

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling