Yuzani tayyorlash
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Lab iwi 1.1
Himoya rel'efini setkografik usulda ishlov berish Setkografik metodning mohiyati Sxemaning tasvirini olish uchun birinchi bo‘lib pastani kuydirish usulidan foydalanilgan, keyinchalik bu usul “setkografik” deb nom olgan. Himoya rel'efini setkografik usulda bajarish sxema tasvirini maxsus kislotalarga chidamli tez quriydigan o‘yma andoza bo‘yoqlarni rakel' bilan to‘rsimon andoza orqali siqishni, unda sxema tasviri setka yacheykasi bilan hosil bo‘ladi, BP yuzalaridagi bo‘yoqlarni eritkich bug‘lanishi natijasida mustahkamlanadi. Andozalar bo‘yoqlarining himoya xususiyati haroratga, setkaning nomeri, sxema tasvirining murakabligiga to‘g‘ri keladigan qovushqoqlikning optimal kattaligiga bog‘liq. Qovushqoqlikning optimal kattaligi yog‘benzinga chidamli rezina va poliuretan listidan tayyorlangan rakel' ta'sirida andoza setkalari teshiklari orasidan bo‘yoqlarni yengil va bir tekisda oqishi bilan xarakterlanadi. Andoza bo‘yoqlarining asosiy turlariga: ishqorlarga yuviluvchan, tez quriydigan va himoyali gal'vano chidamli, organik eritkichlar bilan yuviluvchan moddalar kiradi. INTECHStudioS_uz To‘rlar materiali Setkasimon andozalar alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan metall rom, unga to‘qilgan material tarang tortilgan bo‘lib, unga quyidagi talablar qo‘yiladi: mato materiali uzilishga mustahkam, cho‘zilishga, ishqalanishga turg‘un, nuqsonlarsiz, andoza bo‘yoqlari eritkichlari bilan ta'sirlashmasligi, yoriqlar kattaligi ipning qalinligidan 1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak. To‘rsimon andozalar sintetik mato(kapron), metall to‘r ( latun', bronza, korroziyaga chidamli po‘lat) va kombinasiyalangan to‘rlardan tayyorlanadi. Ulardagi markaziy metall qismi ishchi maydon o‘lchamlariga mos keladi, tarang tortilgan kapron matoga «Adgeziv-2V» yoki «Viland-5K» yelimi bilan yopishtiriladi, metall to‘r tagidagi kapron konsentrosiyalangan azot kislota bilan olib tashlanadi. Korxonalar asosan kapronli to‘rlardan, kamroq zanglamaydigan po‘lat to‘rlar, juda kam poliefirli tolalardan foydalanadilar. Eng ko‘p aniqlikka va ko‘pga chidamlilikka ega bo‘lgan to‘rlar zanglamaydigan po‘latli yoki 40...50 mkm o‘lchamli yacheykali fosforli bronza to‘rlar, eng ko‘p cho‘ziluvchan to‘rlar-lavsan, kapron, metallashgan neylon monotolalardan. To‘rlar bir tekisda romlarga belgilangan kuch bilan to‘rlarni tortishning pnevmatik qurilmasida tortiladi. To‘rlarning kamchiliklaridan biri ularni ko‘p marotaba foydalanish natijasida cho‘zilib ketishi, shuning uchun muhim xarakteristikalaridan adadlarga mustahkamlik. Eng katta adadlarga mustahkamlik zanglamaydigan po‘latli to‘rlarda (bitta to‘rdan 20 mingtagacha nusxa), keyin poliefir to‘rlar( setki (10 mingtagacha nusxa) va kapron (5 mingtagacha.) Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling