Yuzdan o`tuvchi magnit induksiya oqimi 1 Vb bo`ladi
Download 20.29 Kb.
|
nazriy fizika seminar shablon
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Elektromagnit induksiya qonunining differensial ko`rinishi. (4)
Agar o`tkazgich magnit maydonda harakatlansa yoki magnit o`tkazgichga nisbatan harakatlansa,umuman, o`tkazgich o`zgaruvchan magnit maydonda bo`lsa, unda induksion elektr yurituvchi kuch (EYuK) xosil bo`lishini, berk o`tkazgichda esa induksion tok yuzaga kelishini Faradey (1791-1863) tajribalar asosida 1831 yili aniqladi.Bu xodisa elektromagnit induksiya xodisasi deyilib, fizikadagi eng fundamental xodisalar qatoriga kiradi. Uning amaliy tatbiqi, birinchi navbatda elektr tok xosil bo`lishda beqiyosdir. Tajribalarga tayangan xolda Faradey quyidagi elektromagnit induksiya qonunini aniqladi:elektromagnit induksiya xodisasi vaqtida ixtiyoriy L berk konturda xosil bo`lgan induksion EYuK, shu konturga tiralgan S yuzadan o`tuvchi Ф mahnit induksiya oqimining o`zgarish tezligiga proporsionaldir, ya`ni (1) dagi minus ishora Lens qoidasini ifodalaydi:induksion tokning yo`nalishi shunday bo`ladiki,u o`zini yuzaga keltiruvchi sababning har qanday o`zgarishiga to`sqinlik qiladi. Magnit induksiya oqimi, aniqlanishiga ko`ra, Φ= , (2) ga teng. Har qanday vector kabi magnit induksiya vektori ham magnit induksiya chiziqlari bilan geometric tasvirlanadi. Har bir nuqtasida vector urinma bilan chiziqqa magnit induksiya chizig`i deyiladi. Ixtiyoriy yuz elementidan o`tuvchi magnit induksiya oqimi ga L konturga tiralgan chekli S yuzadan o`tuvchi magnit induksiya oqimi esa (2) ga teng bo`ladi. Magnit induksiya oqimi SI da (Vb) larda o`lchanadi. Magnit induksiya vektori absolyut qiymati bo`yicha 1 tesla (Tl) bo`lganda 1m2 yuzdan o`tuvchi magnit induksiya oqimi 1 Vb bo`ladi. Ikkinchi tomondan (1) ga ko`ra, o`tkazgichda 1 c davomida 1 V EYuK xosil qiladigan magnit oqimi 1 Vb ga teng. Berk konturdagi EYuK shu kontur bo`ylab musbat birlik zaryadni ko`chirishda elektr maydon kuchlari tomonidan bajarilgan ishga teng : , (3) (2) va (3) larni (1) ga qo`ysak (4) Tenglik kelib chiqadi, (4) tajribada aniqlangan (1) elektromagnit induksiya qonuning umumlashtirilishi bo`lib, Maksvell tenglamalaridan navbatdagisining integral formasidir. Maksvell bu formulani quyidagicha talqin etishni taklif etdi: ixtiyoriy S yuzadan o`tuvchi magnit induksiya oqimining vaqt birligi ichidagi o`zgarishi tufayli shu yuzni chegaralovchi L berk kontur bo`yicha musbat birlik zaryadni ko`chirib ish bajara oladigan elektr maydon (EYuK) xosil bo`ladi.(1-a rasm). Maksvelning fikricha elektromagnit induksiya xodisasi uchun berk o`tkazgichning bo`lishi shart emas. Magnit induksiya oqimining o`zgarishi, hamma vaqt, kuch chiziqlari bilan berk bo`lib, shu o`zgaruvchi magnit oqimini o`rovchi elektr maydon hosil bo`lishi bilan birgalikda yuz beradi. Berk o`tkazgichning bo`lishi magnit maydonning o`zgarishi natijasida hosil bo`lgan elektr maydon ta`sirida o`tkazgichdan tok oqimiga va biz buni sezishimizga imkon beradi. Bizga ma`lumki o`zgarmas elektr maydon kuch chiziqlari berk bo`lmasdan musbat zaryaddan boshlanib manfiy zaryadda tugaydi. Shunday qilib kuch chiziqlari berk bo`lgan (uyurmali) elektr maydon mavjudligi haqidagi gipoteza Maksvell tomonida ilgari surilgan edi. 2. Elektromagnit induksiya qonunining differensial ko`rinishi. (4) ixtiyoriy L kontur uchun to`g`ridir. Uni yanada umumlashtirish maqsadida chap tomoniga Stoks teoremasini qo`llaymiz, o`ng tomonida esa S vaqtga bog`liq bo`lmagani sababli, vaqt bo`yicha hosila olish operatsiyasini integral belgisi ostiga kiritamiz: S ning ixtiyoriyligini e`tiborga olib, oxirigidan , (5) ni topamiz. (5) ifoda elektromagnit induksiya qonuning differensial formasi bo`lib, Maksvell tenglamalaridan navbatdagisidir:fazoning biror nuqtasida magnit induksiya oqimining har qanday o`zgarishi uyurmali, kuch chiziqlari berk bo`lib, o`zgaruvchi magnit induksiya oqimini o`rovchi elektr maydon hosil bo`lishi bilan birgalikda yuz beradi (1-b rasm). Ma`lumki rotor operatsiyasi ixtiyoriy vektorning o`qlardagi proeksiyalaridan koordinatalarga bo`yicha xususiy xosila olishni, ya`nis hu bektorning koordinatalarga bog`lanib o`zgarishini harakterlaydi. Shuning uchun (5) ning fizik ma`nosini boshqacha ifodalash mumkin:magnit induksiya vektorining vaqt bo`yicha o`zgarishi elektr maydon kuchlanganlik vektorining fazodagi o`zgarishini yuzaga keltiradi. (5) dagi minus ishora bu yerda ham Lorens qoidasini ifodalab, vector bilan vector chap vint sistemasi hosil qilishini ko`rsatadi.(1-b rasm). Shunday qilib,elektromagnit induksiya qonunini umumlashtirishdan olinadigan natijalar ham o`zgaruvchan elektr va magnit maydonlarning faqat birgalikda mavjud bo`la olishi haqidagi Maksvell g`oyasining to`g`riligini ko`rsatadi. Download 20.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling