Yxatga olindi № 2019 y


To’liq ish bilan ta’minlash


Download 1.54 Mb.
bet168/331
Sana30.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1733718
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   331
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti-hozir.org

To’liq ish bilan ta’minlash - bu kasbga doir mehnat bilan ta’minlanish bo’lib, u shaxsga daromad keltiradi va o’zi xamda oilasining munosib turmush kechirishiga sharoit yaratadi.
Aholining ish bilan oqilona ta’minlanishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi. Bunday xolda ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin darajasi, ya’ni tabiiy darajasi vujudga keladi.
Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, bunda o’zining mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o’ziga tegishli bo’ladi. Mazkur tamoyil har bir xodimning ish tanlashida to’g’ri yo’l tutishi, har qanday ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni ta’qiqlashni kafolatlaydi.
Ish bilan taminlash munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar mazmunining o’zaro aloqadorligi orqali shakllanadi.
Uning iqtisodiy mazmuni - xodim uchun o’z mehnati bilan o’ziga munosib tarzda yashashni ta’minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish
samaradorligining o’sishiga yordam berish imkoniyatida o’z ifodasini topadi.


1 – rasm. Aholini ish bilan bandligini shakllantirish


Ijtimoiy mazmuni - shaxsning tarkib topishi va rivojlanishida ifodalanadi.
Demografik mazmuni - ish bilan ta’minlash aholining yosh va jinsiy xususiyatlari, uning tarkibi va boshqalar bilan bog’liqligini o’zida aks ettiradi.
Aholini ish bilan ta’minlashning barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa mazmunlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi:
  • ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishish;


  • qishloq xo’jaligi bo’lmagan ish joylarini ko’paytirish;


  • iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish;


  • mehnat unumdorligini oshirish;


  • qishloq aholisining mehnat daromadlarini ko’paytirish;


  • ishsizlikni kamaytirish va x.k.





Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling