З a Manue l de français Pour les étudiants des écoles supérieures Fransuz tili darsligi
Download 396.55 Kb.
|
Manuel de francais-Турниёзов Ў.Т.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Discours direct et indirect (kochirma va ozlashtirma gap) Discours direct – kochirma gap
- Discours indirect – ozlashtirma gap
- Présent
Mots et expressions
chantier m – qurilish employé m – xizmatchi renseigner – xabardor qilmoq vendeur m – sotuvchi entreprise f – korxona bijouterie f – zargarlik choix f – tanlash librairie f – kitob magazini carrière f – kasb papeterie f – yozuv qog'ozi modifier se – o'zgarmoq caissier m – kassir préciser – aniqlamoq horaire m – ish vaqti renforcer – kuchaymoq avenir m – bo'lajak en plein air – toza havoda complementaire – qo'shimcha client m – xaridor exercer – mashq qilmoq dessin m – chizmachilik empêcher – halaqt bermoq bois m – o'rmon condisciple m – sinfdosh alimentation f – oziq-ovqat réparer – tuzatmoq maçonnerie f – g'isht teruvchi Discours direct et indirect (ko'chirma va o'zlashtirma gap) Discours direct – ko'chirma gap Birovning aynan keltirilgan gapi ko'chirma gap deyiladi. Ko'chirma gap bo'lishli, bo'lishsiz va so'roq formalarda bo'lishi mumkin: Il dit: «Je pars ce soir». Il dit: «Je n'ai pas vu ce film». Il a demandé: «Où tu niches gamin?» (Hugo) Ko'chirma gap mustaqil gap bo'lib, unda fe'l zamoni nutq momenti bilan moslashmaydi: Karim s'intéresse (s'est intéressé): Viendra-t-il au stade? Discours indirect – o'zlashtirma gap Muallif boshqalarning gapini o'zlashtirib, hikoya qilib bergan gap o'zlashtirma gap deyiladi. Sintaksis nuqtay nazaridan o'zlashtirma gap to'ldiruvchi ergash gapga mos kelib, bunday qo'shma gapda zamonlar moslashadi. Ko'chirma gapdagi ikki nuqta va qo'shtirnoq o'zlashtirma gapda ishlatilmaydi. Kochirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirganimizda, ergash gap «que» bo'g'lovchisi bilan boshlanadi. M: Elle me dit: «Je travaille à l'école». (ko'chirma gap) Elle me dit qu'elle travaille à l'école. (o'zlashtirma gap) Agar kochirma so'roq gap so'roq so'zsiz inversiya usuli bilan ifodalangan bo'lsa, o'zlashtirma so'roq gap «si» bog'lovchisi bilan boshlanadi. M: Elle me demande: «Lisez-vous ce roman?» (ko'chirma gap) Elle me demande si je lis ce roman. (ozlashtirma gap) Agar ko'chirma so'roq gap so'roq so'zi bilan boshlansa, o'zlashtirma so'roq gap shu so'roq so'zi bilan boshlanadi. M: Il me demande: «Quel film voyez-vous?» (ko'chirma gap) Il me demande quel film je vois. (o'zlashtirma gap) Agar ko'chirma so'roq gap «que» so'roq so'zi bilan boshlangan bo'lsa, o'zlashtirma so'roq gap «ce que» bilan boshlanadi. M: Il me demande: «Que lisez –vous?» (ko'chirma gap) Il me demande ce que je lis. (o'zlashtirma gap) Agar ko'chirma gapda fe'l o'tgan zamonlardan birida bo'lsa, ergash gapdagi fe'l hozirgi zamonda bo'lsa Présent o'rniga Imparfait, o'tgan zamonda bo'lsa plus-que-parfait, kelasi zamonda bo'lsa Conditionnel Présent zamonlari ishlatiladi. M: a) Il m'a demandé: «Que lisez-vous?» Il m'a demandé ce que je lisais. b)Il m'a demandé: «Qu'avez-vous lu?» Il m'a demandé ce que j'avais lu. c)Il m'a demandé: «Que lirez-vous?» Il m'a demandé ce que je lirais. Download 396.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling