‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o‘z-o‘zini anglash


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/160
Sana11.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1675673
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o‘z-o‘zini anglash 
quyidagilami qamrab oladi: o‘zini boshqalarga qiyos qilish asosida o‘z 
shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o‘zi to‘g‘risidagi kreativ 
ko‘rinishlar va tasawurlari to‘plami; individual kreativ o‘ziga xosliklaming 
bir butunligi va uyg‘unligi, ichki birligi; shaxsning o‘z rivojlanishidagi 
dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; 
shaxs o‘zini namoyon qila olishi va o‘zining muayyan ishlarni amalga 
oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o‘zini baxshida qila olishi va 
shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining o‘rnini anglay olishi 
(V.A.Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv


o'qituvchining kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi 
rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
0 ‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. 
U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish 
qobiliyati, xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlami 
ko‘rsatadi:
• 
fikrning ravonligi;
• 
fikrni maqsadga muvofiq yo4lay olishi;
• o'ziga xoslik (originallik);
• 
qiziquvchanlik;
• 
farazlar yaratish qobiliyati;
• 
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial — ijodiy 
faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi indmdlarining 
qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling