Tahlil bosqichi.
O'yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu
bosqichda ekspertlaming fikrlari eshitiladi. O'zaro fikr almashinib bo'lingach,
talabalar o'z xatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar.
Shunday qilib, tadbirkorlik va evristik o'yinlar bo'lg'usi mutaxassisning
ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va
evristik o'yin turlarini farqlaydilar:
1.
Mutaxassislar orasida o'z vazifalarini, dasturlar va rollarini taqsim
qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o'yinlar. Bunday mutaxassislar
sirasiga quyidagilar kiradi:
•
kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilami va
ulami ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo'lgan «vazifa tadqiqotchilari»;
• ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilaming faolligi sathida shu guruhning
o'ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;
•
ilmiy muammoning yechimiga yordam beradigan yo'llar va betakror
fikrlar taklif qiluvchi «g'oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
•
g'oyalaming tug'ilishiga va ulaming boshqa ijodiy guruh a ’zolari
tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi)
talabalar;
• muammoni yechishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab
chiqish va topish bilan band bo'lgan «nazpratchi» talabalar.
Bunday o'yinlami muayyan obyektda o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Rahbarlar va o'qituvchilar oldindan rollami belgilab qo'yadilar. Masalan,
agar o'yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o'zlashtirishga qaratilgan
bo'lsa, quyidagilar belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |