Z freydning klassik psixoanalizda psixik rivojlanish
Psixoanaliz bo'yicha kitoblar
Download 42.69 Kb.
|
Z.FREYDNING KLASSIK PSIXOANALIZDA PSIXIK RIVOJLANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ego va psixologik himoya mexanizmlari
Psixoanaliz bo'yicha kitoblarPsixoanalitik texnikani va metodlarni o'rganish tegishli adabiyotlarni o'qimasdan mumkin emas. Psixoanaliz bo'yicha eng yaxshi kitoblar: " Gumanitar psixoanaliz ". E. Fromm. Nemis psixoanalisti tomonidan tayyorlangan antologiya gumanitar oliy o'quv yurtlarining talabalari uchun psixoanalizni qiziqtiradi. E. Fromm "Electra" va "Oedipus" kompleksi, narzisizm, ongsiz niyatlarning sabablari kabi psixologik analizda yaxshi ma'lum bo'lgan hodisalarni qayta ko'rib chiqadi. " Ego va psixologik himoya mexanizmlari " A. Freud. Kitob bolalar psixoanalizasi sohasida otasining ishini davom ettirgan taniqli psixoanalistning qizi. Rassom bolaning ichki hissiy travmalarini aniqlashda yangi yondashuvni tasvirlaydi. K.G. tomonidan " Archetype and Symbol ". Jung. Har bir insonda kollektiv befahrenin arketiplari yashiringan: shaxs, Anima va Animus, Soya, O'z va Ego. " Kurtlar bilan ishlaydigan " afsonalar va afsonalarda ayol archetype. Estes. Ertaklar haqidagi tahlillarga asoslangan psixoanalitik tendentsiya. Muallif ayollarning ichkariga qarashini va u unutilgan tabiiy, yovvoyi va yo'q bo'lmaydigan qismini topishini taklif qiladi. I. Yalning " divanda yolg'onchi ". Iste'dodli psixoanalist yozuvchining mahoratida muvaffaqiyat qozondi. O'zining amaliyotidan olingan nozik hazil va dramatik daqiqalar - o'quvchi psixoanalistning o'z muammolari bilan bir xil shaxs ekanligini anglaydi. Freydni o‘qitish g‘oyasi qachon paydo bo‘ldi? Men ushbu kitobimda shu davrgacha (o‘ylaymanki, bundan keyin ham) o‘zining psixoanaliz ta’limoti bilan butun dunyo ilm ahlini hayratga solib kelayotgan olim Zigmund Freyd haqida qisqacha ma’lumot berayotganimdan xursandman. Mening maqsadim bu olim haqida kitob yozish edi. Bu fikr 1997 yili qo‘limga “Psixologiya bessoznatelnogo” kitobi tushib qolgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Zigmund Freydning psixoanaliz ta’limotini o‘qidim-u, unga bog‘lanib qoldim. Uning ishlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni ham o‘ylab ko‘rdim. Biroq o‘sha paytlari doktorlik dissertatsiyasi ustida ish boshlagan edim. 1998 yili institut rahbariyati menga “Tibbiyot psixologiyasi”dan darslik tayyorlashni topshirdi. Menda Z. Freydning psixoanaliz ta’limotini ushbu darslikka kiritish va uni talabalarga o‘qitish fikri paydo bo‘ldi. Ushbu ta’limotni institutning o‘quv dasturiga kiritishga muvaffaq bo‘ldim. Z. Freyd ta’limoti bo‘yicha alohida ma’ruza tayyorladim va uni barcha fakultet talabalariga o‘qiy boshladim. Amaliy mashg‘ulotlarda ham psixoanaliz ta’limotini talabalarga o‘rgata boshladik. Ayniqsa, psixoanalitik davolash usullari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘sha paytlari gipnoz bilan ham shug‘ullanib, talabalar va bemorlarga gipnoterapiya o‘tkazar edim. Biroq psixoanalitik terapiya meni shu qadar o‘ziga rom qildiki, men gipnoz bilan shug‘ullanishni to‘xtatib qo‘ydim. Qiziqqan talabalarga darsdan keyin ham psixoanalitik davolash usullarini o‘rgata boshladim. Bu usullar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va juda ko‘p talabalar “Freyd hayoti va ijodi”, “Psixoanaliz ta’limoti”, “Psixonalitik terapiya” mavzularida ilmiy to‘garaklarda ma’ruzalar qila boshlashdi. Vaqtlar o‘tib, ba’zi ta’limotlar inqirozga uchraydi va unut bo‘lib ketadi. Ch. Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” haqidagi ta’limotini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Z. Freydning psixoanaliz ta’limoti ham o‘z vaqtida juda ko‘p tanqidlarga uchragan. Biroq bu tanqidlar ostida uning nazariyasi o‘zgarib, yangi tusga kirib va insonlarga yanada yaqinroq bo‘lib boraverdi, uning mohiyati yanada yuksalaverdi. Z.Freyd ta’limoti nafaqat tibbiy fanlar va psixologiya, balki falsafa, etika, estetika, deontologiya, etnologiya, yuridik fanlar, jamiyatshunoslik kabi o‘ndan ortiq yirik fanlar ichiga kirib bordi. Fikrimizcha, nafaqat jamiyatda bo‘layotgan voqealarni, balki ikkala inson orasida ro‘y beradigan har qanday munosabatlarni Freyd ta’limotiga asoslanib izohlab berish mumkin. Men Zigmund Freydning “Psixoanaliz ta’limoti”ni insoniyat oldidagi mohiyati bo‘yicha buyuk Eynshteynning “Nisbiylik nazariyasi” bilan bemalol taqqoslagan bo‘lar edim. Agar Nobel mukofoti oluvchilar ro‘yxatida psixologlar ham bo‘lganida edi, bu mukofotni hech ikkilanmay Freydga taqdim qilishardi. Freyd ta’limotidan zavqlanib ketgan bir olim: “Agar Freyd bo‘lmaganda edi, uni o‘ylab topish kerak bo‘lardi” deb xitob qilgan. To‘g‘ri! Freydni jamiyatning o‘zi yaratdi. Freyd va uning ta’limotisiz psixologiyani tasavvur qilish qiyin! Download 42.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling