Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Dasturning umumiy shaklini Windows Forms ilovasi shaklida loyihalash


Download 98.61 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi98.61 Kb.
#1596985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HasanGaniev

1. Dasturning umumiy shaklini Windows Forms ilovasi shaklida loyihalash

Biz avval dasturimiz ish tushirilganida paydo bo’ladigan birinchi oynaning shaklini, ya’ni formasini yaratib olmog’imiz darkor. Buning uchun SharpDevelop dasturlash muhitini ishga tushiramiz. New Project degan oynadan Windows Application bandini tanlaymiz. Oynaning quyi qismida yaratayotgan loyihamizga nom beramiz, masalan HasanGanievKursIshi deb nom beramiz va Create tugmasi yordamida yangi proyekt yaratamiz



Sharp Developer dasturlash muhiti taklif etgan dastur elementlari qo’yiladigan oynaning HasanGanievKursIshi degan nomini Kurs ishi topshiriqlartini bajarish (talaba Hasan Ganiev) deb o’zgartiramiz. SharpDevelop dasturlash muhitining Design qismiga o’tganimizda ekranning o’ng tomonidagi Properties panelida aks etgan bizning MainForms oynamizning xususiyatlaridan Apperance => Text xossasini Kurs ishi topshiriqlartini bajarish (talaba Hasan Ganiev)ga o’zgaramiz. Natijada bizning oynamiz sarlavhasi o’zgaradi. Formamizning o’lchamini kattalashtiramiz. Buning uchun Properties panelidan Layout → Size xossasini 800;600 ga o’zgartiramiz. Formamiz o’lchami foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilmasligi uchun esa Apperance → FormBordrStyle xossasini FixedDialogga o’zgartiramiz.

Bu formaga berilgan birinchi, ikkinchi va uchinchi masalalarni hal qilish oynalariga (formalariga) o’tishni tashkil qilish uchun 3 ta tugma qo’yishimiz kerak. Buning uchun Sharp Develop dasturlash muhitining ekranning chap tomonida joylashgan Tools oynasidan Button elementidan 3 tasini sichqoncha yordamida ilovamizning yuqoridagi formasiga qo'yamiz, natijada ushbu manzaraga ega bo’lamiz:



Endi mazkur button1, button2, button3 tugmalari ustidagi nomlarni o’zgartirish uchun ularni birin-ketin sichqoncha bilan tanlab va har tanlaganimizda SharpDevelop muhitining Properties oynasidan Apperance→Text xossasini birin-ketin mos ravishda quyidagi yozuvlarga almashtiramiz:

Download 98.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling