I.2. Buxoro amirligida xattotlik va kitobat san’ati
O‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lgan madaniy
merosida xattotlik va kitobat san’ati alohida o‘rin egallaydi. Arablar istilosidan
so‘ng O‘rta Osiyoga islom dini bilan bir vaqtda kirib kelgan arab yozuvi qisqa
fursatda rasmiy yozuvga aylantirilishi natijasida arab alifbosi estetik zavq
beruvchi san’at asari darajasiga ko‘tarildi. Bu yozuv namunalarida yozish
xattotlik (kalligrafiya) nomi bilan keng shuhrat qozongan. Mazkur soha tobora
keng rivojlanib bordi. Katta hunar va san’at hisoblangan bu soha egalari tarixda
xattot yoki kotib nomi bilan mashhur bo‘lib, o‘z mahoratlarini asrlar davomida
takomillashtirib bordilar.
Xattotlik san’ati islom dini va ilm fan markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroda
ham keng rivojlangan bo‘lib ko‘p asrlik an’ana va tajribaga ega edi. Davlat va
xo‘jalik ishlariga oid hujjatlar, ilmiy-badiiy asarlarning barchasi arab yozuvida
1
Do'stlaringiz bilan baham: |