Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoro amirligida madaniy hayot va tarixnavislik
2 Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. –Б.18. 1 Мулла Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Қарши: Насаф, 1992. – Б. 120. 51
Xulosa qilib aytish mumkinki, Buxoro amirligida madaniy hayot a tarixshunoslik maktabida yaratilgan tarixiy asarlar Buxoro amirligi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining deyarli barcha sohalariga doir ma`lumotlarni o`zida aks ettiruvchi muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shu o`rinda ushbu birlamchi manbalarning bugungi kunga qadar yetarli darajada tadqiq etilmaganligi, ayniqsa ulardagi ma`lumotlarning Markaziy Osiyodagi xalqlararo munosabatlar tarixini o`rganishda keng ilmiy muomalaga tortilmaganligini qayd etib o`tish lozim. Shuningdek, Buxoro tarixnavislik maktabi va unda yaratilgan asarlar bugungi kun tarixiy tadqiqotlari uchun nazariy-uslubiy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, ulardan ilmiy tadqiqotning ob`ektivlik, izchillik, tahliliy- tanqidiy yondashuv kabi tamoyillarini chuqurroq tushunishda foydalanish mumkin. Albatta, tarixiy davr hamda muhit tufayli yo`l qo`yilgan kamchiliklar va sub`yektiv jihatlarni e`tibordan qochirmaslik muhim. Xonliklar tarixini o`rganish XIX asrning o`rtalaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e`tiborini o`ziga jalb qilib kelmoqda. Hozirgi kungacha xonliklar tarixi bo`yicha amalga oshirilgan va yaratilgan ilmiy asarlar hamda ilmiy tadqiqotlarning salohiyati juda katta. O`tgan bir yarim asr mobaynida xonliklar tarixini o`rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda (XX asrning 50-80 yillarida) tarixiy jarayonlar va tarixiy voqelikni ob`yektiv baholamaslik holatlariga yo`l qo`yildi. Xonliklar tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda XIX asrning 30- yillaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e`tiborini o`ziga jalb qilib kelayotgan xonliklar tarixining o`rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yo`nalishi, davr va boshqa xususiyatlariga ko`ra bir necha guruhga bo`lib ko`rib chiqish talab etiladi.
52
Tarixshunoslikning bu tarzdagi davrlashtirilishi natijasida aksariyat hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar va tarixiy voqealarning tahlili amalga oshirilgan. Biroq tarixiy asarlar va ularda voqealarning yoritilishiga bo`lgan munosabatning xususiyatlariga qarab bu davrlarning har birini alohida yana kichik davrlarga yoki guruhlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixiy tadqiqotlarning masalaga kontseptual – metodologik yondashuv xususiyatlariga ko`ra quyidagi davrlarga bo`lib o`rganishni tavsiya etish mumkin: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuvi hamda Tarix Instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risidagi farmonidan so`ng mamlakatimizda tarixni o`rganishga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi. Tarixchilar oldiga o`zbek davlatchiligi tarixi, o`zbek xalqining shakllanishi tarixi kabi masalalarni chuqur va ilmiy asoslangan holda, qo`lyozma hamda arxeologik manbalarga asoslangan holda o`rganish birinchi o`ringa ko`tarildi. Shundan buyon bugungi kungacha yaratilgan ilmiy asarlar, risolalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarida tarixni o`rganishning yuqorida ko`rsatib o`tilgan jihatlariga katta e`tibor berilmoqda.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling