3 –rasm. Umumiy bazaviy sxemada p-n-p turdagi tranzistorning kirishi (a) va chiqish (b) statik xarakteristikalarining oilasi
Chiqish xarakteristikasi (3-rasm, b) o„zgamas emitter toki Ie da kollektor toki Ik ning undagi kuchlanish Uk ga bog„liqligini, ya‟ni Ie const da Ik (Uk) ni ifodalaydi. Bu xarakteristikaning qiyalik burchagi, qancha kichik bo„lsa, tranzistorning chiqish qarshiligi Rchiq. b shuncha katta bo„ladi.
Tranzistorning kirish va chiqish xarakteristikalari statik bo„lishini ta‟kidlab o„tamiz.
Tranzistorning umumiy emitter bilan ulanish sxemasi 2-rasm, b da
ko„rsatilgan.
Sxemaning kirish qarshiligi baza bilan emitter orasidagi kuchlanish Ub ning baza toki Ib ga bo„lgan nisbati bilan aniqlanadi:
Uб
Rkir, e
Iб
Rkir. e qiymatlarining diapazoni odatda 400- 2000 Om ni tashkil qiladi.
Chiqish qarshiligi kollektor kuchlanishi Uk ning uning toki Ik ga bo„lgan nisbati kabi topiladi:
Rchiq. e Uk
Ik
va o„rtacha 25–400 kOm ga teng, ya‟ni umumiy bazali sxemadagiga nisbatan juda ham kichik
Tok bo„yicha kuchaytirish koeffitsienti bu yerda kollektor toki Ik (chiqish
toki) ning baza toki Ib (kirish) ga nisbati kabi topiladi:
Ik
Iб
Shunisi xarakterliki, tok bo„yicha kuchaytirish umumiy emitterli sxemada umumiy bazali sxemadagiga qaraganda o„rtacha 10-100 marta ko„p.
Kuchlanish bo„yicha kuchaytirish koeffitsienti bu yerda xuddi umumiy bazali sxemadagidek aniqlanadi va taxminan unga teng bo„ladi.
KU Uн IkRн Rн
Uкир IбRкир Rкир
Kirish xarakterisikasi (4-rasm, a) emitter bilan kollektr orasidagi kuchlanish Uk o„zgarmas bo„lganda baza toki Ib ning emitter bilan baza orasidagi kuchlanish Ub ga bog„liqligini, ya‟ni Uk const da Ib (Ub) ni ko„rsatadi. Bu xarakteristika qancha tikroq bo„lsa, tranzistorning kirish qarshiligi shuncha kichik bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |