Z. M. Islomovning siyosiy rejimlar to’g’risidagi fikrlari to’g’rimi?
Download 212.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat va huquq nazariyasdi
6-kazus Турли олим ва ҳуқуқшунослар сиёсий режимларни ҳар хил таснифлашади. Жумладан, Аристотел фикрича, бу тушунча тўғри ва нотўғри режимларни қамраб олади. Хусусан, тўғри режимлар: 1) монархия; 2) аристократия; 3) тимократия. Нотўғри режимлар: 1) тирания; 2) олигархия; 3) демократия. Маурисе Дувергернинг фикрича, а) очиқ ва авторитар; б) демократик, автократик, монократик (диктаторлик); в)
директория (коллектив бошқарув) каби режимлар мавжуд. З.М.Исломовнинг ишларида барча сиёсий режимлар, биринчи навбатда, икки хил кўринишдаги катта гуруҳга – демократик ва демократияга зид режимга бўлиниши кўрсатилган. Сиёсий режим турлари, ёндашувларини таҳлил этинг. Фикрингизни амалий мисоллар ва олимларнинг қарашлари билан асосланг.
Javob. E’tiborimizni yuqoridagi kazusga qaratadigan bo’lsak uni yechish uchun IRAC texnikasidan foydalanamiz. Dastlab biz IRAC texnikasining I ya’ni ISSUE qismidan foydalanamiz. 1. Siyosiy rejim o’zi nima? 2. Aristotelning siyosiy rejimlar to’g’risidagi qarashlari qanchalik to’g’ri? 3. Siyosiy rejim to’g’risidagi Maurise Duvergerning fikrlari qanchalik asosli? 4. Z.M.Islomovning siyosiy rejimlar to’g’risidagi fikrlari to’g’rimi?
Endi biz kazusni yechishda IRAC texnikasining R- (Rule/ Relevant) qismidan foydalanamiz bunda biz kazusni yechish uchun bizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qayerdan olishimiz kerakli ko’rsatib o’tiladi.
1. Sh.A.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi” 2. Z.M.Islomov “Davlat va huquq nazariyasi”
A ya’ni Analysis qismida yuqorida berilgan savollarga javob beramiz. 1. Siyosiy (davlat) rejim(i) bu – siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qo’llaniladigan usul, uslub, vositalar yig’indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o’zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo’ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o’z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo’yicha amalda qanday rol o’ynaydi degan savollarga javob beradi. 2. Aristotel o’z qarashlarida siyosiy rejimni to’g’ri va noto’g’ri rejimlarga bo’ladi. Xususan, to’g’ri rejimlarga monarxiya, aristokratiya, timokratiya noto’g’ri rejimlar tiraniya, oligarxiya, demokratiya. Aristotelning qarashlarini yaxshiroq anglash uchun avvalo bu tushunchalarga ta’rif bersak. Monarxiya (lotincha monos – yakka, arxe – hokimiyat) – bunda, qoida tariqasida , oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda hokimiyat meros orqali o’tadi. Aristokratiya ( yunoncha aristokratiya – yaxshilar hukmronligi) 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur mutafakkirlari – Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keying ilk davlatlarda eng imtiyozli tabaqa. Timokratiya (time – baho, qiymat demakdir) ya’ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyat. Noto’g’ri rejimlar: tiraniya ko’plab odamlar qo’lida bo’lgan mulkka egalik qilish huquqi. Oligarxiya ( yunoncha oligarchia – ozchilik hokimiyati) davlat boshqaruvi shakli bo’lib unda siyosiy va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Bu terminni dastlab yunon olimlari Aristotel va Platon o’z asarlarida aristokratiya tugatilishi oqibatida vujudga keladigan davlat tuzumi shaklini ifodalash uchun qo’llashgan. Demokratiya ( yunoncha demos –xalq, kratos – hokimiyat ) barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniyatiga ega siyosiy tizim. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan bo’ladi. Yuqoridagi Aristotelning fikrlari asosan u yashagan davrga taaluqli ekanligini ko’ramiz. Ya’ni bu fikrlar o’z davri uchun to’gri deb ayta olamiz. 3. Maurise Duvergerning fikrlarida a) ochiq va avtoritar b) demokratik, avtokratik, monokratik( diktatorlik) v) direktoriya (kollektiv boshqaruv) kabi rejimlar mavjud. Ochiq rejim bu siyosiy hokimiyatda bo’layotgan ishlar qonunlarning qabul qilinishida ommaning ishtiroki ta’minlangan rejimni aytish mumkin. Avtoritar rejim huquqiy axloqiy asoslarga ega bo’lishi mumkin lekin bunday davlat xalqni boshqaruv ishlariga jalb etmaydi. Demokratik rejimda yuqorida aytib o’tilganidek xalq hokimiyati tushuniladi. Avtokratik rejim yakka shaxs va jamoa avtokratiyasiga ajaratiladi. Jamoa avtokratiyasi o’z navbatida aristokratiya va oligarxiyaga yakka shaxs avtokratiyasi esa despotiya, mustabidlik, shaxsiy hokimiyatga bo’linadi. Umumiy olib qaraganda avtokratiya hokimiyat tepasida turgan yakka shaxs yoki jamoa manfaaatlariga xizmat qilishini aytib o’tish mumkin. Diktatura ( lot dictatura – cheklanmagan hokimiyat ) davlat hokimiyatini nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha.Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimdagi hokimiyatda , bir shaxs – dictator yoki bir necha shaxslarning qo’lida markazlashadi, siyosatda zo’ravonlik va terror kuchayadi. Direktoriya hokimiyatni kollektiv ya’ni jamoaviy bo’lib boshqarish. 4. Z.M.Islomovning fikricha siyosiy rejimlar birinchi navbatda , ikki xilda ko’rinishdagi kata guruhga demokratik va demokratiyaga zid rejimga bo’linadi. Demokratiyaga zid rejim uch turdan – totalitar , fashistik va avtokratik turlardan iborat. Demokratiyaning oz’i sotsial demokratik va liberal demokratik turlarga bo’linadi. Xulosa ornida shuni aytishim mumkinki men bu yondashuvlar ichida Z.M.Islomovning fikrlariga qo’shilgan bo’lardim. Davlatning oz’i jamiyat tarkibidagi bir qism hisoblanar ekan u jamiyatning manfaatlariga ya’ni unda yashovchi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Davlat hokimiyatining tepasida demokratiyaning ya’ni xalq hokimiyatining vakillari tursagina bu davlat demokratik bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Sh.Saydullayev “Davlat va huquq nazariyasi” Z.M.Islomov “ Davlat va huquq nazariyasi” Sayt: uz.m.wikipedia.org Download 212.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling