Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi


Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri


Download 6.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/50
Sana06.09.2023
Hajmi6.74 Mb.
#1673450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
cholg\'u ijrochiligi

1.1.Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri. 
Fanning maqsadi: Maqsad – talabalarning o`quv jarayonida 
olgan bilimlarini mutaxassis sifatida mujassamlashtirish, keyingi 
o`qituvchilik faoliyatida cholg`u asboblarida ijro etishni tashkil qilish 
yo`llarini, talaba va o`quvchilarning o`qishdan bo`sh vaqtlarini to`g`ri 



tashkil qilish, madaniy merosga to`g`ri yondoshishga, ularning 
tafakkur va hissiyotlarini rivojlantirib borib, g`oyaviy – badiiy va 
ma‘naviy tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko`rsatish. 
«Madaniyat va san‘at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash 
to`g`risida» dasturidagi nazariy va amaliy mashg`ulotlarni texnik 
vositalardan foydalanib, o`tkazish ta‘lim samaradorligini oshiradi. 
O`qish 
jarayonida 
kafedralardа 
tashkil etilgan fonetekadan 
foydalaniladi. 
Fanining vazifalari – «Musiqiy ta‘lim mutaxassisligi» bo`yicha 
talabalarni 
cholg`u 
ijrochiligi 
tarixi, 
shakllantirilishi 
haqida 
ma‘lumotga ega bo`lishi, ansambllarni tashkil qilish haqidagi nazariy 
va amaliy bilimga ega bo`lish, ijrodagi usullar (cholg`u zarblari, 
shtrixlari). Doira usullari, bezaklardan unumli foydadana olish, 
cholg`ular ijrosida unison va ko`p ovozli musiqiy asarlarni o`rganish, 
tahlil qila olish, cholg`ular haqida qiziqarli so`hbatlar o`tkaza olish, 
umum ta‘lim maktablarida turli xil ansambllarni tashkil eta olish, 
repertuar tanlay olish, konsert chiqishlarini uyushtirish malakalarini 
egallashdan iborat. musiqiy-estetik va musiqiy-pedagogik faoliyatga 
tayyorgarlikni shakllantirish; musiqiy-estetik qarashlar, did va 
talablarni shakllantirish. 
1.2. Fаnni o`zlаshtirishgа qo`yilаdigаn tаlаblаr. 
«Cholg`u ijrochiligi» fanini o`zlashtirsh natijasida talabalar 
quyidagi bilim, ko`nikma va tasavvurlarga ega bo'lishi lozim:

Cholg`u 
ijrochiligi 
san‘atining 
yaratilish 
tarixi, 
cholg`ushunoslikning nazariy va amaliy tamoyillari, ijro diapozoni, 
ularning xususiyatlarini bilishi kerak; 
- Cholg`u ijrochiligida ijro etish jarayoni, repertuarlarini optimal 
tanlash, ijro texnikasi va ijro xususiyatlariga ko`ra asarlarni tanlab 
ajratib olish ko`nikmalariga ega bo`lish kerak; 
- Cholg`u ijrochiligi va mutaxassisligi fani talabalar tanlagan 
asarlarni qoidalar asosida ijro etish xususiyatiga ko`ra, falsh ijrosiga 
yo`l qo`yilmasdan, alohida ishlash va cholg`u ijrochiligiga rahbarlik 
qilib, boshqara olish malakalariga ega bo`lishi kerak. 




Download 6.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling