Z. M. Yakubov cholg`u ijrochiligi
Download 6.74 Mb. Pdf ko'rish
|
cholg\'u ijrochiligi
“Tor” - sakkiz raqamiga o`xshatib yog`ochdan o`yilgan kosasiga
uzun dasta o`rnatiladi. Kosa ustiga teri qoplanadi. Dastaga 22-23 ta ichak parda bog`lanadi. Ilgarigi torlarda 17-19 pog`ona tovushqatorda bog`langan pardalar bo`lgan. Hozirgi tor esa 12 pog`onali tovushqatorga ega. Torda uch 173 jyft asosiy tor va ikkita qo`shimcha tor bor. Ozarbayjon torining notalari yozilishiga nisbatan kichik sekunda past tovush beradi. Sozlanishi – eshitilishi bo`yicha birinchi oktavadagi Lya, ikkinchi oktavadagi Re-diyez, kichik oktavadagi Re-diyez, birinchi oktavadagi Sol‟-larga. Torning umumiy uzunligi 800-900 millimetr bo`lib, uni yakka holda, ansamblda va orkestrda chalinadi. “Ud” - yunonlarning Lirasi kabi Sharq xalqlarida mashhur bo`lgan cholg`u sozidir. Qadimiy musiqa nazariyalari, musiqa haqidagi asarlarda tor va tuzilishini Ud cholg`u sozi asosida tushuntirilgan. Udning milodiy I asrda ham mavjudligi aniqlangan. XVII asrda yashagan olim Darvishali Changiy o`zining risolasida Ud – cholg`u sozlarining podshosi deb ta‘kidlaydi. Chunki uning mayin, muloyim, yoqimli tovushi, ovoz hajmining kengligi, o`sha davrdagi boshqa cholg`u sozlaridan ajralib turar edi. Darvishalining yozishicha, udda 12 juft sozlanuvchi ipak tor bo`lgan. Hozir Ud Arman, o`zbek, tojik xalq sozandalari orasida qo`llanilib kelinadi. “Chang” – O`rta Osiyo xalqlarining qadimiy urma cholg`u sozi. Sadosi baland bo`lgani uchun ilgarilari faqat cholg`u kuylarni ijro etishda ansamblga qo`shganlar, chunki, davomli jaranglovchi sadosi ashulani buzgan. Changning unisonga sozlangan uchtadan tori bo`lib, ovoz hajmi katta oktavadagi Sol‟- dan ikkinchi oktavadagi Vi-ga qadardir. Ilgari xalq o`rtasida qo`llangan Changning tovushqatori diatonik tartibda bo`lgan. Notalar eshitilishiga nisbatan, oktava yuqorida, skripka kalitida yoziladi. Changni rezinka qoplangan maxsus ingichka cho`p bilan urib chalinadi. XVII asrda musiqa olimi Darvishali Changiy Changning juda qadimiy cholg`u asbobligi va undan kasallarni davolashda foydalanilganligini yozib qoldirgan. Hozirda Chang qayta ishlanib, tovushqatori xromatik, ya‘ni yarim tonlik qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling