Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Download 0.6 Mb.
bet84/108
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267294
TuriУчебник
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak

Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko‘rinishlaridan biridir. Biroq birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo‘nalgan (muhandis-tadqiqotchi, muhandis-o‘qituvchi, muhandis-konstrkutor).
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me’yoriy to‘plamiga ega bo‘lgan shaxsning ichki tavsifnomasidir.
Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga to‘qnash keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga qay darajada to‘g‘ri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yetarlimi? Yuqoridagi savollarga javob berish shaxs kasbiy ta’limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi.

  • Kasbiy tanlov – insonning aniq kasbga, ish joyiga yaroqliligini aniqlovchi omildir. Kasbiy tanlov 4 jihat bo‘yicha farqlanadi: tibbiy, fiziologik, pedagogik, psixologik.

  • Tibbiy kasbiy tanlov tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni tekshirish orqali amalga oshadi.

  • Fiziologik tanlov -insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda samarali tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi va boshqalar kiradi.

  • Pedagogik kasbiy tanlov -ishchining maxsus bilimlarini shakllanganligiga baxo berish orqali amalga oshiriladi, malaka va amaliyot kasbiy ko‘nikmalar tekshiriladi.

  • Psixologik tanlovda - verbal testlar va so‘rovnomalardan, metodik suhbatlardan foydalaniladi. Bu insonning qobiliyati, yo‘nalganligi, kasbiy yo‘nalishi, motivasiyasi, qiziqishlari va layoqatini tekshiradi.

Kasbiy tanlov insonga mavjud faoliyatning yo‘nalishlari haqida tavsiyalar beriladi, ularning psixologik, psixofiziologik, fiziologik xususiyatlari natijalari, psixologik, psixofiziologik, tibbiy diagnostikaga asoslangan bo‘ladi
Hozirgi kunda shaxs oldidagi kasbiy tanlov jarayoni keng qamrovlidir. Shu bilan birga ushbu tanlovni cheklovchi qator sabablar mavjud. Ushbu omillar orasida shaxsga bog‘liq bo‘lmagan obektiv va muayyan shaxs xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan subektiv omillar ham mavjud.
Obektiv omillar sirasiga eng avvalo, shaxsning sog‘lomlik darajasi kiradi. Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan talablarni qo‘yadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta’lim olish uchun moddiy ta’minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni o‘zlashtirish hamda moddiy mablag‘ sarfini talab qiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling