Ijtimoiy malakalar – ijtimoiy hayotda faol ishtirok yetish va jamoa orasida o‘zini tuta bilish malakalari.
Iste’dod – inson qobiliyatlari taraqqiyotining yeng yuksak darajasini ta’minlovchi tug‘ma tabiiy imkoniyatlar yig‘indisi.
Ish usullarini tasvirlash – mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarida alohida ish usullari yoki malakalarni ularning bajarilish tartibi bo‘yicha tasvirlashdan iborat tekshirish metodi.
Itoatgo‘ylik – o‘zidan kattalarga bo‘ysunish yoki ularning izidan chiqmaslikdan iborat ijobiy xarakter xislati yoki odat.
Ixtiyoriy harakatlar – impulsiv va avtomatlashgan harakatlardan farq qilib, maqsadga muvofiq ravishda bajariladigan ongli harakatlar.
Ish qobiliyati – shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi.
Iroda kuchi – shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi uni amalga oishirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qaror qabul qilish teziligi va uni o‘z vaqtida ijro yetishi bilan belgilanadigan iroda sifati.
Irodasi bo‘shlik – shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Insoniylik – o‘zaro muomala va munosabatlarda insonga xos bo‘lgan barcha ijobiy fazilatlarga rioya qilishdan iborat xarakter xislati.
Irodaviy zo‘r berish – maqsadni amalga oshirish uchun ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda iroda kuchi.
Kuchsiz tip – nerv tizimining arzimagan yoki minimal qo‘zg‘ovchilar ta’siriga ham bardosh bera olmasdan himoyaviy tormozlanishga o‘tishidan iborat sifat ko‘rsatkichi.
Kamtarlik – shaxsning atrofdagi kishilar bilan oddiy muomalada o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘zgalarni hurmat qilishi maqtanmasligi kabi bir qancha ijobiy sifatlar bilan belgilanadigan xarakter xislati.
Do'stlaringiz bilan baham: |