Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Download 0.6 Mb.
bet94/108
Sana14.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1267294
TuriУчебник
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA ma\'ruzalar matni zo\'ri shu maydalash kerak

Nazorat uchun savollar:
1. Muhandislik psixologiyasining paydo bo’lishiga qanday fanlar asos bo’ldi?
2. Rossiya va G’arb psixotexnikasining rivojlanishida farqlar bormi?
3. Muhandislik psixologiyasining fan sifatida rivojlanishiga hissa qo’shgan tadqiqotchilarni ayting.
4. Hozirgi zamondagi muhandislik va psixologik tadqiqotlarning zarurligini qanday tushuntirish mumkin?
5. Mamlakatimizda va xorijda muhandislik psixologiyasining paydo bo’lishi uchun qachon va qanday shart-sharoitlar paydo bo’ldi?
6. Muhandislik psixologiyasining o’rganish ob’ekti nima?
7. O’zining tadqiqotlarida muhandislik psixologiyasining printsiplari nimalardan iborat?
8. Muhandislik psixologiyasining nazariya va amaliyot sifatida ularning ahamiyatiga ko’ra vazifalarini qanday tashkil etgan bo’lardingiz?
9. Muhandislik psixologiyasining fanlararo aloqasi qanday?
10. Zamonamizning ilmiy-texnik taraqqiyoti bilan bog’liq holda muhandislik va psixologik tadqiqotlarning istiqbolli yo’nalishlari haqida fikr yuriting.

GLOSSARIY


Amaliy faoliyat – insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.
Aqliy ish qobiliyati – aqliy mehnatning biror turini bajarish uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixik funksional imkoniyatlar yig‘indisi.
Aqliy charchash – nerv tizimining potensial yenergiyasining haddan tashqari ko‘p sarflanishi natijasida aqliy ish qobiliyatini pasayishi.
Bilishga qiziqish – shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarni ularning sifat hamda xususiyatlarini, o‘zaro munosabatlarini mohiyatini, shuningdek turli qonuniyatlarini bilib olishga nisbatan doimiy barqaror yo‘nalishidan iborat individual xususiyati.
Bilish yehtiyojlari – bilimlarni yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi.
Bilim – shaxsning bilish faoliyati mahsuli, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalari haqidagi to‘g‘ri tasavvur hamda tushunchalar tizimidan iborat ong mazmuni.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling