Z nishanova, G. Alimova


umumlashtirish yuzasidan (masalan, hayvonlar, hasharotlar, gullar


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/172
Sana16.09.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1679255
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

umumlashtirish yuzasidan (masalan, hayvonlar, hasharotlar, gullar, 
qushlar, o ‘yinchoqlar va hokazolar haqida) turli vazifalar berish 
yaxshi natijalarga olib keladi. Bolalar bu narsalaming eng muhim 
belgilariga qarab ulami guruhlaiga ajratadilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar 
uchun narsalaming eng muhim belgilari ulaming nima uchun 
qo‘llanishidir. Chunonchi, ularga “sigir qanday hayvon?” deb, savol 
berilsa, ular — “sigir sut beradigan hayvon” deb javob beradilar. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar har bir narsaning nima uchun kerakligini 
shu narsaning asosiy belgisi qilib oladilar. “Ot qanday hayvon?” deb 
savol berilsa, ular “ot minadigan hayvon” deb javob beradilar.
Ma’lumki, bog‘cha yoshidagi bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar. 
Ko‘pgina narsalami bilishga quiblari yetmasa ham atroflaridagi turli 
narsa va hodisalaming mohiyati, paydo bo‘lishi hamda sababiy 
bog‘lanishlariga qiziqadilar. Ular hamma narsaning siridan xabardor 
bo‘lgilari keladi. Bu ulaming bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan 
intellektual qiziqishlaridir.
Bog‘cha yoshidagi tafakkumi rivojantirishda turli didaktik va 
ta’limiy mashg‘ulotlaming roli g‘oyat kattadir. Masalan, katta guruh 
bolalari bilan o ‘tkaziladigan son-sanoq (hisoblash) mashg‘ulotlari, 
nutqni o‘stirish mashg‘ulotlari ularda tafakkuming taqqoslash, analiz 
va sintez qilish xususiyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Lekin shuni 
unutmaslik kerakki, bolalar ana shunday ta’limiy mashg‘ulotlarda 
narsa va hodisalami shunchaki passiv o‘zlashtirib, faqat ulaming 
nomlarini esda olib qolish bilan cheklansalar, tafakkur qilish 
qobiliyati yaxshi rivojlanmaydi.
Shunday qilib, bog‘cha yoshidagi davrda bolalaming tafakkuri 
jadal rivojlanadi va uning bundan keyingi o ‘sishi maktab yoshida, 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling