Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari
Download 6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.
' — -
245 kattalashgandek t u y u la d i. Mana shu holatni Oybek zo‘r badiiy did va o‘ziga xos uslubda bayon etadi. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, ijodkorning tili va uslubi oddiy xabar, kitobxon bilan personajlar o‘rtasidagi kommunikatsiya tilidan butkul farqlanadi- U hamma bilgan, hamma eshitgan, hamma qo‘llay oladigan tildan o'zining badiiy go‘zalligi bilan tubdan farq qiladi. T a k ro rla s h va mulohaza uchun savollar 1. Matn tahlili nima? 2. Badiiy nutqda ko‘chma ma’noli so‘zlarning o‘mi va ahami- yati qanday? 3. So‘zning denotative va konatativ ma’nosini qanday tushu- nasiz? Xulosa Noshirlik ishi ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati sifatida hamisha rivojlanish, takomillashishni boshdan kechiradi. Chunki fan va texnologiya muntazam rivojlanib borar ekan, albatta, nashr jara- yoniga ta’sir etmay qolmaydi. Bunga kitobat ishi, nashr ishining uzoq tarixi yaqqol dalildir. Biz darslikning birinchi qismida nashriyotlaming yaqin'o‘t- mishdagi va bugungi kundagi holatiga to'htalib o‘tdik. Qo‘lyozmaning vujudga kelishidan tortib, to kitob shaklini olib dunyo yuzini ko‘rgunicha qanday jarayonlardan o‘tishi, shuningdek, asosiy jarayonlami yoritishga harakat qildik. Tabiiyki, axborot ayirboshlash nihoyatda jadallashgan bizning davrimizda noshirlik ishi bo‘yicha ham ko‘p islohotlar oldin- da, nashrning har bir jarayoni shubhasiz, yangi texnika va tex- nologiyalar bilan yanada takomillashib, murakkablashib boradi. Shvmga ko‘ra ayrim jarayonlar qo‘shilib ketsa, yangi alohida o‘ziga hos jarayonlar yuzaga keladi. Bular barchasi faqat ta’limdagina emas, balki amaliy faoliyatda ham tinmay izlanish, tadqiq etishni taqozo etadi. Shu ma’noda mazkur darslik nashr jarayonining asosiy bosqichlarini o‘rganish borasidagi ilk urinish bo‘ldi. Bundan buy on nashr jarayonining asosiy bosqichlarini tadqiq etuvchi, yuz berayotgan yangiliklami o‘zida aks ettiruvchi qator malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsjyalari va boshqa qator ishlar amalga oshadi degan umiddamiz. Ijod laboratoriyasi deganda, tabiiyki, umumiy fikrlar aytiladi. Lekin har qanday umumiylikka xususiylikdan borgan ma’qul ko‘rinadi. Shu ma’noda biz ushbu qo‘llanmada umuman ijod laboratoriyasi haqida fikr yuritgan holda uni ochib berish uchun xususiy ijod laboratoriyalariga murojaat etdik, ya’ni fikr isboti uchun Oybek, Abdulla Qodiriy, ijodi laboratoriyasiga nazar tashladik. Aslida har bir ijodkoru xoh dongdor bo‘lsin, xoh o‘rtacha bo‘lsin individual ijod olamiga ega bo‘ladi va mana shu olamining kengligi, yuksakligi darajasiga ko‘ra ijod sohasida o‘z maqomiga ega bo‘ladi, ya’ni uning ijodkorlik salohiyati belgilanadi. Oybek ham boshqa o‘zbek ijodkorlari, xususan, Abdulla Qodiriy izidan borib, o‘zbek romanchiligining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘sha olgan, o‘zbek badiiy adabiyotini badiiy tasvir imkoniyatlaridan ijodiy foydalanib, uni yuqori kengliklarga olib chiqqan adibdir. G‘afur G‘ulom asosan poetik ijodkor esada prozada ham zabardast. Shular tufayli o‘zbek adabiy tilining olmasdek yangi qirralari ochilib, jilolar rang-barangligi ortadi. Hozirgi kunga kelib ijod laboratoriyasi janr jihatidan boy v^ uslublari ham rang-barang. Adabiyotimizning bugungi yuksak badiiy darajasi ijodning barcha sohasida, u badiiy ijod bo‘ladimi yoki publisistik ijod bo'ladimi, yuksak saviyada bo‘lishini ta’min eta oladi. Boisi Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Qutlug4 qon”, “Navoiy” asarlari, G‘afur G'ukmwmg “Shym bola” sining har biri alohida ijod laboratoriyasi si&tida tedqwi etishga loyiq. Mana shulami chuqur o‘rganib, so‘ng ijod laboratoriyasi xususida so‘z yuritish joizdir. Yuqoridagi adiblar har hirining ijod laboratoriyasi misoli daryolardek bir dengizda tutashadi. Bu dengiz esa o‘zbek ijodchiligi dengizidir. Bu dengiz hamisha unga sho‘ng‘imoqchi bo‘lgan g‘avvoslami o‘z ajoyibotlari bilan lol qoldiradi. Ijodkor bo‘laman degan inson borki, bu dengizdan - ijod laboratoriyasidan o‘rganishi kerak. Ammo faqat o‘rganibgina qolmay, uni o‘z individual ijodiyotidagi yangi-yangi topilmalar bilan boyitishi ham farz, ham qarz hisoblanadi. Shunda ijodning manguga daxldor namunalari dunyoga keladi, kelgusi ijodkor avlod uchun ibrat bo‘lib qoladi. FANNI 0 ‘ZLASHTIRISHGA OID QO ‘SHIMCHA TOPSHIRIQLAR 1. Adabiy tahrir-mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy-adabiy faoliyat shakli sifatida. 2. Adabiy tahrimingadabiy-ijodiyfaoliyatjarayonigadaxldorligi. 3. Matn yaratish va uni mukammallashtirishda muharrir mas’uliyati. 4. Xattotlik va kitobat san’atining tarixiy takomillashuvi jarayonlari hamda adabiy tahrir an’analari. 5. Muharrir va muallif hamkorligi. 6. Qo‘lyozmani baholash turlari va mezonlari. 7. «Taqriz yozish» tushunchasi va taqriz yozish tamoyillari. 8. Matn tushunchasi va uning tavsifi. 9. Matn turlari va ulaming o‘ziga xosligi. 10. Qo ‘ lyozma matnini tushunish, tahlil etish va takomillashtirish tamoyillari. 11. Muallif tahriri va muharrir tahriri. Ulaming umumiy va farqli jihatlari. 12. Tahrir turlari, maqsadi va vazifalari. 13. Qo‘lyozma matnini o‘qish va tuzatish bosqichlari. 14. Bayon turlari: tavsifi, tihlili, tahriri. 15. Rivoya (hikoya) va uning tahriri. 16. Tasvir va uning tahriri. 17. Mulohaza va uning tahriri. 18. Ta’rif va uning tahriri. 19. Matbuot matni tahriri va bayon turlari. 20. Matnni tuzatishning asosiy qoida va tamoyillari. 21. Tuzatish turlari: tavsifi, vazifalari. 22. Tuzatish belgilari va ulardan foydalanish yo‘llari. 23. Tahriming mantiqiy mezonlari. 24. Matn tahriri usullari. 25. Matn tahririda dalillash, isbotlash jarayoni. 26. Qo‘lyozma matnida uchraydigan mantiqiy-mazmuniy nuq- sonlar va ulaming tahlili hamda tahriri. 27. Matbuotda uchraydigan mantiqiy xatolar tahlili va tahriri. 28. Matn kompozitsiyasi va unga qo'yiladigan asosiy talablar. 29. Asar rejasi va kompozitsiyasi. 30. Matn janri va uning kompozitsion o'ziga xosligi. 31. Matn kompozitsiyasining janriy-uslubiy ko‘rinishlari. 32. Matbuot va kitob matnlarini ruknlash. 33. Asos tushunchasi va ulaming turlari. 34. Dalil-matn mazmunining asosi. 35. Matn asoslari va ma’lumotlarini tekshirish usullari va man- balari. 36. Sarlavha va uning tarkibiy qismi: turlari va vazifalari. 37. Gazeta matni sarlavhalari. 38. Sarlavha va matn munosabati. 39. Gazeta sarlavhalari majmuini tarkiblash va tartiblash tamo- yillari. 40. Sarlavhaning til, uslubiy xususiyatlari. 41. Sarlavha tanlashda asosiy nuqsonlar va ulaming tahrir qilish qoidalari. 42. Matnni til va uslub jihatdan tahrir qilishning asosiy talablari. 43. Matndagi an’anaviy bo‘lmagan qo‘llash, konstruksiya, 251 majoziy, timsoliy ifodalami baholash hamda tahrir qilish mezonlari. 44. So‘z tanlash va qo‘llash, jumla tuzish, matn yaratishda uchraydigan xato va nuqson turlari hamda ulaming tahriri. 45. Matniy-mantiqiy izchillik, uni ta’minlash va takomillashti- rish usullari. 46. Kitobat san’atida unvon va bildirgich apparati turlari, ulaming tavsifi hamda tahriri. 47. Turli nashrlaming turlari va ulaming tahriri. 48. Nashriyot va matbuot tahririning o‘ziga xosliklari. 49. Ilmiy ommabop nashrlar tahriri tamoyillari. 50. Tahrirda muallif uslubini saqlash masalasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling