rastasiga kirib, yangi kitoblar bilan tanishishdi. Bu yerda hamma
vaqt uchraydigan ba ’zi olimlar, shoirlar, xattotlar bilan gaplashib,
turli mavzularda suhbatlashishdi, talashishdi. Keyin, о ‘zlarining
birnecha kundan buyon o'rganib qolgan joylariga, “Ixtiyoriddin”
q a l’asi tomonga beixtiyor borishdi. Atrofga qalin odam to'plab,
qiziq latifalar bilan hammani qah-qah kuldirayotgan mashhur
devona “mavlono Darvesh Sham’rez”ni biroz tinglashdi. S o ‘ng,
kabobpazningdo ‘koniga kelib, ovqatlanib о ‘tkan-ketganni tomosha
qilib о ‘tirishdi. Zayniddin, о ‘tkinchilardan
-
otliq, piyoda yosh-
qari bir ко ‘p qiziq shaxslarning tarixlarini so ‘zlab, har vaqtdagi
kabi do ‘stini zeriktirmaslikka tirishdi.
Ular kabobpaz do ‘konidan chiqqanlarida, uzoqda qalin
olomonni k o ‘rdilar. Gumonsirab bir-birlariga qaradilar-da, и
tomon yugurdilar. Qorovulxona eshigida To‘g ‘onbek qaqqaygan...
“Nima gap? ” - rangi о ‘chib Zayniddinga qaradi Sultonmurod.
U jah l bilan labini burib, ко ‘zdan yo ‘qoldi. Bir necha daqiqadan
so ‘ng qaytib, Sultonmurodning qo ‘lini turtdi-da, chetga imladi.
-Bilasanmi,-dediulabi-labigategmay, -ishtamom... To‘g ‘onbek
Muzaffar Mirzo nomidan farmon yozib, uning yigitlariga
topshiribdi. Hozir hukmni ijro qilarmishlar.
Sultonmurodshaq-shaq titrab ketdi: “Ha, it To‘g ‘on, g'aflatda
qoldirding bizni!” - dedi-da, peshonasiga urdi. So'ng, birdan
g'azabli hayajondan o'zini y o ‘qotgandek, To'g'onbek tomonga
otildi. Zayniddin uni chaqqonlik bilan quchoqlab oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |