etilganlik, axboriylik. Albatta, bu jihatlar muharrir uchun faqat
nazariy jihatdan emas, balki amalda ham muhimdir.
65
Har bir asar, u xoh adabiy bo‘lsin, xoh publitsistik bo‘lsin
yaxlit - bir butunlikda bo‘lishi lozim. Yaxlitlik matnni boshdan to
oxirigacha, go‘yo bog‘lab turuvchi ip bo‘lib hisoblanadi. Shakldan
boshlab mazmuniga tomon о ‘tib, mazkur ipni aniqlash muharriming
birinchi va asosiy vazifasi hisoblanadi. Muharrir matn yaxlitligini
baholashda ikki narsaga asosiy e’tiborini qaratishi lozim. Birinchisi,
matnni uzviy bog‘liq bir butun deb, tahlil qilish, ikkinchisi, uni
tashkil etuvchi unsurlar to‘laqonliligi va aniqligini belgilash.
Matnning yaxlitligiga fikrlar uyg‘unligi hamda matn tuzilishining
aniqligiga ko‘ra yetishish mumkin. Bulardan tashqari materialni
obrazli to‘laligicha idrok etish, fikr mantiqiy rivojlanishining
tushunarliligi, shuningdek, matnning uslubiy bir butunligi ham
uning yaxlitligini ta’minlaydi. Matn tarkibiy qismlarini tahlil
qilish, muharrirdan awalo, tahlil ob’ektini bilish uchun chuqur va
har tomonlama bilimga adabiy til, adabiy til uslubiyatidan yuksak
iqtidorga ega bo‘lish talab etiladi.
Tahririy tuzatish jarayonida matn yaxlitligi bir nutqiy qismdan
ikkinchisiga o‘tishida mazmuniy jihatdan ayniylik saqlanishini talab
etadi. Matnni boshidan to oxirigacha diqqat bilan o‘qib chiqmasdan,
darhol tuzatishga kirishib ketish salbiy oqibatlarga olib kelishi tahrir
amaliyoti tomonidan allaqachon isbotlangan. Shunga ko‘ra mjitnni
tuzatishga kirishishdan oldin uning kamchiliklarini to‘lig?icha
belgilash, mazmunini aniqlash lozim. Xabami bir marta o‘qiysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |