Ammo mantiqan mulohaza yuritsak, kimdir muallif asarining
sifatiga baho berishi, qo‘lyozma nashr uchun yaroqlimi yo‘qmi
aniqlashi kerak-ku! Agar shunday bo‘ lmasa, kim har jihatdan - til va
uslub, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy jihatdan
maqbul bo‘lmagan qo‘lyozmalar dunyo yuzini ko‘rmasligiga
kafolat beradi? Bu o‘rinda biz muharrimi nazoratchi (uenzor)ga
tenglashtirmoqchi emasmiz. Faqat muharrir mas’uliyatini ta’kid
etmoqchimiz, xolos.
Ma’lumki, muallif matni bo‘yicha muharrirlik ishlarini amalga
oshirish adabiy faoliyatning asosiy bosqichidir.
“Muharrimi muallifning yordamchisi sifatida ko‘rish” ayrim
tadqiqotchilaming ishlarida ko‘rinib qoladi. Lekin muharrir
muallifning yordamchisi deyish, bizningcha judanam to‘g‘ri emas.
Bunda gap so‘z ma’no ifodasida emas, balki faoliyat to‘g‘nsida
boradi. Agar muharrir yordamchi vazifasini bajaruvchi bo’Isa,
uning faoliyati qo‘lyozmani nashrga topshirgan kundan to‘xtagan
bo‘lur edi. Vaholanki, muharrirlik vazifasiga keng ta’rif ( ayniqsa
vaqtli matbuotda) berilayotgan bugimgi kunda ham muallif
asarining
matnini
tahlil qilish, baholash hamda tuzatish uning
asosiy m^buriyati bo‘lib qolmoqda. Bu majburiyatni uddalash
uchun muharrir matn haqidagi bilimlarini matn nazariyasini, matn
tahlili va tahririning
ilmiy
asoslarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi
talab etiladi.
Awalo shuni aytish joizki, matn so‘zi ham o‘ziga yarasha ko‘p
ma’noli. Filologik ta’limda uning ma’nosi uch xil izohlanadi.
Birinchi izoh ancha umumiy: matn nutq jarayonining ongli suratda
tashkil etilgan natijasi, muayyan mazmunni ifoda etish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |