(indeksi); nashriyot annotatsiyasi; referat va b.
Kitob va broshyuralarda nashr bildirgichlar asosan bosh (titul)
varaqda yoki uning orqa tomonida joylashtiriladi, ba’zan muqovada
ham beriladi.
Kitob apparati haqida jumalistika ta’limi magistrantlariga
umumiy tushunchaga ega bo‘lishlariga muvofiq keladigan darajada
ma’lumotlar jamlandi. Ulaming har biri, alohida va birgalikda
muhim vazifani bajaradi, nashr sifatini oshiradi.
59
Kitob apparatining unsurlari turli shaxslar tomonidan tayyor-
lanadi, shunga ko‘ra muharrir, hech bir mubolag‘asiz aytish mum-
kinki, bu ishda yetakchi vazifasini o‘taydi. U kitob shaklini, un-
surlarini tayyorlashda faol qatnashadi. Kitob apparatini tuzish bo‘-
yicha muharrir faoliyatining xususiyatlari, aytish joizki, tuzuvchi
faoliyati bilan ko‘p jihatdan o'xshashib ketadi.
Yana bir muhim talab qo‘lyozmaning hajmi shartnoma shart-
lariga muvofiqmi yo‘qmi ekanligini tekshirishdir. Bir qarashda
jiddiy muammo emasdek tuyulgan bu ish oson ko‘chmaydi. Eng
tajribali muallifning ham har bir sahifaga matnni me’yori bilan
joylashtirishga erishishi mumkin bo'lavermaydi. Qo‘lyozmada
to‘liq bo‘lmagan sahifalar ko‘pgina uchrab turadi yoki, aksincha,
zichlashib ketgan (satrlar soni oshib ketgan yoki bir satrdagi bel-
gilar soni me’yoridan ko'payib ketgan) bo‘ladi. Ayniqsa, tas
vir, chizma, portret, xarita, jadval va boshqa qo‘shimcha mate-
riallar joylashtirilgan betlar hajmini hisoblashning o‘ziga xos
murakkabliklari bor. Bunday vaqtda hisoblashning muallif taboq
hajmini aniqlashdan boshlagan ma’qul. Agar qo‘lyozma hajmi
aw al belgilanganidan oshib ketgan bo‘lsa, ortgan hajm ilmiy yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |