disalarga tushuntirish beradi. Masalan:
Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482) - mashhur tarixchi,
sayyoh, olim. Tafsir, hadis, fiqh ilmlari hamda tarix, til va ada-
biyot, geografiya va astranomiya bo'yicha chuqur m a’lumot ol-
gan. Markaziy Osiyo, Afg ‘oniston va Ozarbayjonda mavjud bo 7-
gan siyosiy ahvolga va qisman temuriylar davlati poytaxtlari
- Samarqand, Xirot shaharlaridagi madaniy qurilishlar, Mirzo
Ulug ‘bekning ilmiy, siyosiy faoliyatiga oid та ’lumotlar keltirilgan
“Matlai sa ’dayn va majmai bahrayn ” asari mavjud.
Zamaxshariy,AbulqosimMahmudibn Umar ibnAhmad (1075
1144) - xorazmlik tilshunos, tafsir va hadis olimi, adib. Arab tili
va adabiyoti, islom tarixini yaxshi bilgan, xattotlik san ’atini puxta
egallagan. Hadis, fiqh, tafsir, aruz, adabiyot, til, geografiyagaoid50
dan ortiq asar muallifi. “Al mufassal”(Gramatikaga oid mufassal
kitob), “Al un-muzaj” (Namuna), shuningdek “Muqaddimot ul-
adab”(Adab ilmiga muqaddima), “An-nasouh us-sig‘ar val-ba
volig‘ ul-kibor”(Kichiklarga nasihatlar va uluglar yetukligi),
“Devon ul-Zamaxshariy” va b.
Ko‘rsatkichlami tuzish noshirlik ishida, odatda, nashriyotlarda
tahririyatga yuklatiladi va ular bilan maxsus tayyorgarlikka ega
hamda muayyan malakaga ega boiganlar shug‘ullanadi. Ba’zan
bu vazifani muallif bajaradi. Tahrir qilish muharrir zimmasiga
yuklatiladi. Lekin ko‘rsatkichlami tahrir qilish uchun muharrir
kitob apparatining bu unsuriga qo‘yiladigan talablami, ko‘rsatkich
tuzish qoidalarini yaxshi bilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |