Bu ish bilan shug‘ullangan vaqtda muharrir shunchaki, havola ism
yoki narsaga mosligini emas, balki kontekstga amalda muvofiq
ekanligini ham tekshiradi.
Noshirlik amaliyotida ba’zan havola tekshirilganda rukn ham
aniqlashtiriladi, ba’zan esa u tushirib qoldiriladi. Muharrir ko'rsatkich
yordamida kitob matniga tuzatish kiritgan hollar ham bo‘lgan.
58
Xullas, ko‘rsatkichlarni tahrir qilish jarayoni muharrirdan yuk-
sak mas’ujiyat talab etadi. Ko‘rsatkichlami to‘g‘rilash, qisqar-
tirish, qo‘shishdan tashqarii, ular hajmini ixchamlashtirish ham
kerak bo‘ladi. Bunga turli izohlar (havolalar)ni birlashtirib, izoh-
lar tizimidan (qarang., yana qarang., o‘sha joyda, o‘sha asar) foy-
dalanib erishish mumkin.
Chop etilgan asaming nashr bildirgichlari deganda nashmi tav-
siflovchi, uning bezatilishi bibliografiya va h. ga bag‘ishlangan
ko‘rsatkichlar majmui tushuniladi. Kitob apparatining boshqa, ay
rim hollarda umuman berilmaydigan unsurlaridan farqli o‘laroq,
nashr bildirgichlari hech bir istisnosiz har bir nashrda bo£ lishi lozim.
Nashming turi, maqsadi, kimlarga mo‘ljallanganligiga bog‘liq hol-
da Davlat standartida belgilangan tartib va tavsifda bo‘ladi.
Barcha kitoblarda quyidagi nashr bildirgichlar bo‘ladi: nashrda
qatnashgan barcha shaxslar haqidagi ma’lumot (muallif, tuzuvchi,
tarjimon, muharrir, musahhih, rassom va b.); nashr sarlavhasi (no-
mi); sarlavha ostidagi nomlar; jild tartib raqami; turkum raqami;
davriy, davomiy nashr raqami; chiqarilishi (chop etilganlik) ma’*
lumotlari; sarlavha usti ma’lumotlari; kutubxona shifri; nashr ma’-
lumoti; mualliflik huquqi himoyasining belgisi; tasniflash raqami
Do'stlaringiz bilan baham: |