bog‘liklik muharrir xotirasida birdek saqlanishi lozim. Aks holda
qo‘lyozma qoniqarli baholanmagan bo‘ladi.
Matn tahlili yoki tahriri paytida biror so‘z qo‘shimcha aniq-
lashtirishga muhtoj bo‘lsa, darhol shunday aniqlik kiritish kerak va
mazkur so‘z boshqa - ikki xil ma’noda ifoda berishi mumkinligi
haqida ogohlantirish maqsadga muvofiqdir.
Matn unsurlariaro bog‘liqlik (jipslik)ni ta’minlovchi vositalar
turli, faqat nisbatan kam hollarda grammatik vositalar shunday
vazifani bajaradi.
Rasmiy hujjatlar, ilmiy asarlar matnlarida birinchi o‘rinda
inantiqiy uyg‘unlik (bog‘liqlik) turadi va bu aniq seziladi. Badiiy,
shuningdek publisistik (ayniqsa badiiy-publitsistik asarlarda matn
unsurlariaro bog‘liqlikni obrazlar tizimi ta’minldaydi, ko‘pincha
bu fikran bog‘lanadi.
Gazeta sahifasidagi qisqacha xabarda bosh tamoyil kam so‘zdan
foydalanib, ko‘p ma’lumot etkazish hisoblanadi. Har bir jumlaga
mustaqil xabar etkazuvchi sifatida qarash mumkin. Jumlalararo
bog‘liqlik esa joylashish tartibiga ko‘ra, mantiqiy ketma-ketlik
asosida yuzaga chiqadi.
Axboriy materiallarda matn unsurlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning
tamoyillaridan biri takrordir. Bu ham o‘quvchiga mazmunni nazar-
dan qochirmasligiga imkon beradi. Bunday takrorlar uslubiy
ortiqchalikning namoyon bo‘lishi deb hisoblanmaydi, agar yetak-
chi, asosiy ma’noni ifoda etuvchi so‘z takror kelsa. Bunday so‘z-
laming takrorlanishini qaytariq yoki xato sanab, uni sinonimi bilan
almashtirish fikming aniqligi, aniq ifoda yo‘qolishiga, terminning
ma’nosiga putur etkazishga sabab bo‘ladi. Masalan, gazetadagi bir
xabarda
Do'stlaringiz bilan baham: |