"... Italiyadan keltirilgan rotatsion qolip mashinasi... ”
o‘matilgani aytiladi. Keyingi jumlada esa “rotatsion qolip
mashina” go‘yo sinonimi “dastgoh” bilan almashtiriladi. Birinchi
gapdagi termin ayni bir narsa ma’no ifodasini bersa, ikkinchi
o‘rindagi sinonimi umumiy tushunchani ifoda etadi, nima ekanligi
ham noma’lumdir. Shuning uchun bu parchada takror tamoyili
o'rinli hisoblanadi.
Mazmuniy uzilishni bartaraf etishda aytish mumkinki, muallif
bilan muharrir ijodiy hamkorligi yuzaga keladi. Bu ayniqsa adabiy
72
asarni anglash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Biror
asarni yaratganda barchasini muhayyo etish hammasini ikir-
chikirigacha bayon qilish o‘quvchi uchun zerikarlidir. Agar biror
chizgi yoki birin-ketin chizgilar, qandaydir nozik ishora, nimagadir
qilingan sha’ma, shubha yo‘qki, o‘quvchi uni tushunadi yoki o‘zi
o‘ylab topadi. Shuning uchun muallif xayolat ummonini butkul
o‘zi qamrab olmasligi, o‘quvchiga ham bu ummonda erkin suzishi
uchun, kengliklar qoldirishi kerak.
Baholash vaqtida matnni boshqacha - noto ‘ g‘ ri talqin etilishining
oldini olish uchun intilib, uni haddan tashqari siqib suvini chiqarish
- quritib yuborish ham uni o‘quvchi uchun qiziqarsiz qilib qo‘yishi
mumkin. Biroq, muharrir uchun boshqa yana bir xavf mavjud.
U ham bo‘lsa, matnda o‘quvchi to‘ldira olmaydigan darajada
mazmuniy uzilish qoldirishdir.
Gazetada bosilgan materialdan olingan quyidagi parchani diqqat
bilan o‘qib chiqamiz:
“M a’lumki, nashriyot raqamlari xalqaro standard ISBNni
boshqarish uchun ISBN xalqaro agentligining har bir mamlakatda
Do'stlaringiz bilan baham: |