Motor
moylari
ifloslangan
yonilg* idan
foydalanilganda,
shuningdek, yonilg* i yonishi uchun havo so‘rilganda u bilan birga
kiradigan changlar hisobiga ham ifloslanadi. Traktor yer xaydaganda,
ekin ekkanda, avtomobillar grunt yo'llar va dalalardan yurganda
motor moyida juda ko‘p abraziv aralashmalar to‘planadi.
Motor moylarini
almashtirish muddatlari texnik xizmat
ko’rsatishgacha bosib o ’tiladigan masofa davriyligiga binoan
belgilanadi. Motor moylari ma’lum vaqt o ‘tgandan so‘ng shu
sistemaga muvofiq almashtiriladi.
Motor moylari 1-TXK vaqtida almashtirilib turiladi. Yuk
mashinalari va yengil mashinalar uchun bu muddat bosib o ‘tilgan
yo‘lning uzunligi (texnik xizmat ko‘rsatishning davriyligi) bilan,
traktorlar, qurilish va melioratsiya mashinalari uchun esa ishlangan
motosoatlar soni bilan belgilanadi.
Haqiqatan ham, moyni o‘z vaqtida almashtirish uchun texnika
ishlangan vaqtni (kilometrda bosib o‘tilgan yo‘l, motosoatlar,
sarflangan yonilgi miqdorini) hisobga olib borish kifoya. Dvigatellami
ishlatishga oid zavod instruksiyalaridan ma’lumki, traktor, masalan,
480 soat ishlangandan so‘ng yoki avtomobil 9000 km yo‘l yurgach,
unga yangi moy quyish zarur.
N A ZO R A T S A V O L L A R I
1 .Moylarga qanday ekspluatatsion talablar qo‘yiladi?
2. Dizel dvigatellarida qanaqa moylar ishlatiladi?
3. Karbyuratorli dvigatellarida qanaqa moylar ishlatiladi?
4. Motor moylari klassifikatsiyasining mohiyati nimadan iborat?
5. Dvigatel ishlaganda moylar qanday o ‘zgaradi?
6
. Xorijiy motor moylari qanday klassifikatsiyalanadi?
7. Normalanadigan sifat ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |