Zafar Diyor hayoti va ijodi. Reja


Download 27.8 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1571994
1   2   3
Bog'liq
Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi

Qaldirg’och qosh


Boshima tushmish bu savdo qoshidan,
Aylanurman hech ketolmay qoshidan.
O’smani qo’ymish yaratganning o’zi,
Aylanay ham o’zi, ham naqqoshidan.


Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabda o`qib yurganidayoq badiiy adabiyotga ishtiyog’i kuchli bo`lgaн Sh.Sa`dulla o`z ijodini 30-yillardan boshlaydi. 1932-yilda bosmadan chiqqan “Hayqiriq” nomli ilk to`plami yosh shoirning kelajagiga umid va ishonch uyg’otadi. Shundan keyin ketma-ket “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq”, “Sen nima qilding?”, “Shohista”, “Dumsiz tulkilar” to`plamlari e`lon qilinadi.
Shoir she`rlari, asosan, kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`lib, hayotdagi voqea-hodisalar, narsa-buyumlar mohiyati, ko`rinishi va ahamiyati haqida muayyan tushuncha – bilim berishga qaratilgan. Bu jo`n tushuncha bo`lmay, kichkintoylarning hayot haqidagi qarashlariga, tasavvurlariga to`la-to`kis hamohangdir. Ayni paytda, o`sha qarash va tasavvurlarni to`ldirib, yanada boyitishga xizmat etadi.
Masalan, yuqoridagi tilga olganimiz “Yomg’ir yog’aloq” she`rining birinchi to`rtligida yomg’ir yog’gach, o`tloqla ekinlarning quloq chiqarishi to`g’risida umumiy ma`lumot beriladi. Ikkinchi to`rtlikda esa yomg’iр yoqishi bilan bog’liq manzara chiziladi. To`g’rirog’i, kitobxon diqqati tanish bo`lsa-da, unchalik e`tibor beravermaydigan manzaraga jalb qilinadi. Ya`ni yomg’ir suvlarining tarnovlardan oshib, shoshib tushib, ariqlarga quyilishi haqida gap ketadi. Ammo u oddiy ma`lumot emas. Tarnovlardan oshib, shoshib tushishi kichik kitobxon ruhiyatiga juda mos keladi. Shu bois, u kitobxonga ma`lumot berish bilan birga zavq ham bag’ishlaydi, fikr uyg’otadi.
Sinchiklab ko`zdan kechirilsa, Sh.Sa`dulla she`rlaridagi voqeabandlik xalq Og’zaki ijodining samarali ta`siri natijasi ekanini fahmlash qiyin emas. Darhaqiqat, shoir qator xalq ertaklarini qayta ishlab, “Dumsiz tulkilar”, “Ikki sandiq”, “Uch tulki”, “Qargavoy”, “Tulki bilan Turna” nomlari ostida chop ettiradi. O`zi ham “Ikki donishmand”, “Ayyor chumchuq”, “Laqma it”, “Och bo`ri, sho`x qo`zi va qirchang’i” kabi talay ertaklar yaratadi. Adibning “Kachal polvon”, “Yoriltosh” asarlari ham xalq og’zaki ijodidan ruhlanib yozilgan. Filologiya fanlari doktori O.Safarov: “Xalq ertaklari ustidagi qizg’in amaliy ijodiy faoliyat jarayonida Shukur Sa`dulla ko`p narsa o`rgandi, xalq ijodiy laboratoriyasining aslahalari bilan qurollana bordi, xalq tiliga xos donolik, burrolik, samimiylik, qochirimdorlik barcha sirlaridan voqif bo`la bordi”, deganida tamoman haqdir.
Bolalar adabiyoti xususida so`z yuritganda uning tarbiyaviy vazifani bajarishiga hamisha alohida urg’u beriladi. Aslida shunday bo`lishi tabiiy. Negaki, u nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushunishga, hayotni va o`zligini anglashga, axloq-odobga o`rgatadi. Bu xususiyat, shubhasiz, SH.Sa`dulla asarlariga ham taalluqlidir.
Misralardagi hijolarning qisqaligi (har misra 5 bo`gindan iborat) va to`q qofiyalarning (yog’aloq-o`tloq-quloq; oshib-shoshib-toshib va hokazo) qo`llanishi she`rning badiiy soddaligini, misralarning ovoz uzmay, bir zarb bilan o`qilishini ta`minlaydi.
Kezi kelganda, shoirning “Tulki bilan g’ozlar”, “Mitti”, “Uloqcha”, “Bola bilan to`rg’ay”, “Chuchvarа qaynaydi”, “To`rt fasl” kabi she`rlariga tarbiyaviy ruhni nihoyatda ustalik bilan singdirgani holda “Ozoda”, “Mening ayam”, “Dastyor qiz” singari ayrim asarlarida quruq pand-nasihat darajasiga tushirib, qo`yganini ham ta`kidlash zarur. “Ozodaliging uchun rahmat” deb olqishlash yoki “to`g’ri o`tir”, “to`g’ri yur” qabilida dakki berish adabiyotning vazifasiga kirmaydi.
Tasvirda qisqalik, ravonlik ijodkorning kichik hikoyalariga ham xos etakchi xususiyatdir. Ular, hatto, hajm jihatidan kichik she`rga teng bo`lib, mag’zi to`q va u yoki bu masala haqida kitobxonda yaxlit tasavvur uyg’otishga qodir. Masalan, chol bilan bolaning suhbati shaklidagi “Anqov” hikoyasi bor-yo`g’i bir necha satrdan iborat. Ammo uning katta-yu kichikka xos anqovlik illati haqida ma`lum tushunchа berishiga shubha yo`q. Har qanday illatning bolalikdan boshlab shakllanishi nazarda tutilsa, bu xildagi asarlarning tarbiyaviy qimmati yanada ortadi. Yozuvchining “Qaysar bolalar” hikoyalarida ham u yoki bu illat yorqin ko`rsatiladi.
Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling