Zafar Diyor hayoti va ijodi. Reja


Download 27.8 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1571994
  1   2   3
Bog'liq
Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi


Zafar Diyor hayoti va ijodi.


Reja:


1. Shukur Sa’dullaning hayoti va ijodi.
2. Shukur Sa’dulla ijodida ilgari urilgan g‘oyalar.
3. Shukur Sa’dullaning she’riy asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi.

Shukur Sa’dulla - shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir, kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan, insonning kelajak taqdiriga, hayot yo‘liga ko‘p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo‘yilishi dolzarb masala ekanligini uqtira olgan noyob qalb egasidir.


Bolalik qisqa muddatda kechsa-da, uning taassurotlari, yodi umrbod esda qoladi. Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabda o‘qib yurganidayoq badiiy adabiyotga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan Sh.Sa’dulla o‘z ijodini 30-yillardan boshlaydi. 1932-yilda bosmadan chiqqan «Hayqiriq» nomli ilk to‘plami yosh shoirning kelajagiga umid va ishonch uyg‘otadi. Shundan keyin ketma-ket «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», «Sen nima qilding?», «Shohista», «Dumsiz tulkilar» to‘plamlari e’lon qilinadi.
Kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan Sh.Sa’dulla asarlarining katta qismini syujetli, voqeaband she’rlar tashkil etadi.
Sinchiklab ko‘zdan kechirilsa, Sh.Sa’dulla she’rlaridagi voqeabandlik xalq og‘zaki ijodining samarali ta’siri natijasi ekanini fahmlash qiyin emas. Darhaqiqat, shoir qator xalq ertaklarini qayta ishlab, «Dumsiz tulkilar», «Ikki sandiq», «Uch tulki», «Qarg‘avoy», «Tulki bilan Turna» nomlari ostida chop ettiradi. O‘zi ham «Ikki donishmand», «Ayyor chumchuq», «Laqma it», «Och bo‘ri, sho‘x qo‘zi va qirchang‘i» kabi talay ertaklar yaratadi.
Adibning «Kachal polvon», «Yoriltosh» asarlari ham xalq og‘zaki ijodidan ruhlanib yozilgan. Kezi kelganda, shoirning «Tulki bilan g‘ozlar», «Mitti», «Uloqcha», «Bola bilan to‘rg‘ay», «Chuchvara qaynaydi», «To‘rt fasl» kabi she’rlariga tarbiyaviy ruhni nihoyatda ustalik bilan singdirgani holda «Ozoda», «Mening ayam», «Dastyor qiz» singari ayrim asarlarida quruq pand-nasihat darajasiga tushirib, qo‘yganini ham ta’kidlash zarur.
Adibning «Komandirning boshidan kechirganlari», «Kachal polvon», «Aziz qishlog‘im» qissalari o‘zbek va rus tillarida qayta-qayta nashr qilindi. «Yoriltosh», «Afsonani yenggan qiz» ertak-pesalari uzoq yillar teatrlarimiz sahnasidan tushmadi.
Sh.Sa’dulla ko‘p qirrali ijodkor edi. Jahon va rus adabiyotining namoyandalaridan G.X.Andersenning qator ertaklari, A.Pushkin, S.Marshak, S.Mixalkov, K.Chukovskiyning she’r va ertaklari, L.Tolstoy, B.Jitkov, V.Oseyevalarning qissa va hikoyalari Shukur Sa’dulla tarjimasida o‘qib kelinmoqda.
Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tugildi. U 7 yoshga to‘lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so‘ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o‘qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi.
Sh. Sa’dullaning dastlabki she’rlari, asosan, kattalarga mo’ljallangan. Ular shoirning o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she’rlari 1932-yilda „Hayqiriq“ nomi ostida maxsus to‘plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O‘n bir she’r va bir kichik poemani o‘z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ham ramziy xarakterda edi. Bu davrda Samarqandda (1929-yilning boshida) bolalar adabiyoti to‘g‘risida kengash bo‘lib o‘tadi. Kengash Sh. Sa’dullaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Unda quvnoq bolajonlaming baxtiyor hayotini ifodalash tuyg‘usi kuchayadi.
Toshkent va Buxoro o‘quv yurtlarida taiim olayotgan Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Sulton Joialar bolalar uchun yozish an’anasini boshlab bergan edilar. Sh. Sa’dulla ular bilan bir safda turib, ijod qila boshladi. 1931-yilda O‘zbekiston Davlat nashriyotining bolalar va yoshlar adabiyoti boiimiga muharrirlikka ishga taklif etiladi.
1950-yilda Sh. Sa’dulla I. Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri S. Marshakning „She’r va ertaklar“ asarini o‘zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Sh. Sa’dulla daniyalik mashhur ertakchi G. X. Andersen, rus yozuvchisi N. A. Nekrasovning asarlarini, L. Tolstoy va B. Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M. Kvitko, A. Barto, M. Mirshakar, O. Bedyorov, M. Fayzulina she’rlami, V. Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B. Gorbatovning „Bo‘ysunmaganlar“ (1953), V. Oseyevaning „Vasyok Trubachev va uning o‘rtoqlari“ (1954) povestlarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim“ (1966) asarini ona tilimizga taijima qilgan.


AYIQ
O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.
Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.
Farqim shu: men qo‘g‘irchoq,
Bolalarga o‘yinchoq!
BUZOQ

Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Sigir bolmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!


TOYCHOQ

Toychog‘im bor — uchqur ot,
Quralay ko‘z —tulpor zot.
Egar-jabduq uraman,
Minib, olg‘a suraman.
O‘zi yog‘och, yoli qil,
Ovunchog‘im, olg‘a yel!


ULOQCHAM

Kichkina qora — uloq,
O‘ynar oshib umbaloq,
Men bilan inoq, o‘rtoq.
Ko‘kat bersam yamlaydi,
Orqamdan hech qolmaydi.
Kappalaydi o‘t bersam,
O‘ynaydi quloch kersam,
Suzadi musht o‘qtalsam.
Boshchasida shoxi bor,
Dumchasida oqi bor



Ishq oyati


Bog’ yo’lida yotgan bir varaq qog’oz
E’tiborim tortar, qo’lga olaman.
Bir betda bor-yo’g’i to’rtta so’z, xolos:
“Sevganman, sevaman, sevib qolaman!”
Yozganmi aytishga topolmay jur’at,
Kim u kuygan ko’ngil? O’yga tolaman.
Yetib bordimikan egasiga xat:
“Sevganman, sevaman, sevib qolaman!”.
Bog’ hayrat ichida tebratar boshin,
Shamol tegajoqlik qilib boladay
Xatni olib qochar va o’qir shoshib:
“Sevganman, sevaman, sevib qolaman!”
Qushlar ham basma-bas chug’urlar jo’shib,
Men endi ularning tilin bilaman:
“Hamisha aytilar faqat bir qo’shiq
Sevganman, sevaman, sevib qolaman!”
Menim-da, ishim bir shu qushlar ila,
Dilda takror aytib saboq olaman:
“Ey yor, eshit so’zim, keldim aytgali,
Sevganman, sevaman, sevib qolaman!”.

Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling