Zafar Diyor hayoti va ijodi. Reja


Download 27.8 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1571994
1   2   3
Bog'liq
Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi

Onaga ta’zim


Siz chig’anoq kabi o’zingizdan so’ng
Qoldirib ketasiz duru javohir.
Jannat oyog’ingiz ostida, demak,
Bizning boshimizning ustida zohir.
Madhingiz quyoshu oygacha yetgan,
Ne-ne donishmandlar yonib aytganlar.
Sizdan kimki ketsa sahroga ketgan,
Chamanzorga qaytgan sizga qaytganlar.

Pushkin


Sevgi, hasrat kuychisi,
Asov daho, jo’shqin ruh
Chalib o’tdi yangroq soz,
Mangu sharaf topdi rus.
Makkor bir zamon edi,
Har yonda nayrang, o’yin.
Muhabbat lirasini
Sindirdi qora quyun.
Tanho edi. Tug’ilmas
Endi, Pushkin boshqa yo’q.
Ammo kezib yuribdi
Shoirga otilgan o’q…
Shukur Sa’dulla tarjimai holi

So’z va donishmand


El ichra nomi baland,
Har ishda fazli ayon,
Yashar edi donishmand –
Toza tiynat, pokdomon.
Kimdir: “Olam iborat, –
Desa, – molekuladan”,
“Yo’q, so’zdan bu imorat”, –
Derdi sirli kularkan.
So’z uning ko’z o’ngida
Oqar edi chuldirab,
Goh qorong’u osmonda
Chaqnar edi guldirab.
“Bu dunyoni yoritib
Turgan ham so’z”, derdi u.
“Inson dardin aritib
Turgan ham so’z”, derdi u.
“So’z aynisa, diyonat
O’lgani shu”, der edi.
“So’z qaynasa, qiyomat
Bo’lgani shu”, der edi.
Neki yaralmish bari
So’zning jismu tanidir,
So’z – chig’anoq gavhari,
Ko’ngil – so’z Vatanidir.
Bir so’z bor so’z avvali,
Joy olgan dil to’ridan,
Qolgan barcha so’z, asli,
O’sha so’zdan o’rigan.
Yursa ham, o’tirsa ham
Faqat o’sha o’yida,
Yashar edi donishmand
Shu tanho so’z ko’yida.
Jon kabi edi aziz
O’sha so’zning diydori,
Oxir, yiqildi holsiz,
Ketdi tandan madori.
O’ngimidi, tushi yo
Bilmas, harchand urindi,
So’z jamoli ko’ziga
Elas-elas ko’rindi.
Quvonchidan ko’ksini
O’rtab ketdi hayajon,
Chorladi shogirdlarin
Huzuriga o’shal on.
Dupur-dupur jon qushi
Depsidi qanot qoqib,
Boshidan uchib hushi,
Tildan qoldi, boyoqish.
Yosh aylandi ko’zida:
Sevinch yoshi, g’am yoshi.
O’krar edi donishmand
O’pkasi to’lib-toshib.
So’zga qovushmay labi
G’o’ldiradi, so’ng so’lg’in:
“Ana u!” degan kabi
Osmonga cho’zdi qo’lin…
…Ustozning ochiq ko’zin
Shogird asta yoparkan,
Ahd qildi: “O’sha so’zni
Bir kun so’zsiz topaman!”

Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling