Sit Dolor Amet - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sakkizinchi bobi siyosiy huquqlarga bag`ishlangan bo`lib, bu huquqlarni kafolatlaydi. Bu huquqlar quyidagilardan iborat: jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqi (32-modda); ijtimoiy faollikni mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqi (33-modda); kasaba uyushmalariga uyushish; ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi (33-modda); bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi (35-modda). Siyosiy huquqlar – bu odatda, faqat shu davlat fuqarolarining huquqlaridir. Ular davlat hayotida, davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqlarini beradi va tabiiyki, bunday huquqlarga mamlakat hududida yashayotgan yoki hozir bo`lgan barcha odamlar da'vo qilishi mumkin emas. Bu O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tegishli moddalarida begilangan qoidalardan kelib chiqadi.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o’rinni egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bog’liqdir. Siyosiy huquqlarga faqat davlat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin. - Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o’rinni egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bog’liqdir. Siyosiy huquqlarga faqat davlat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin.
- Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularni ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga asosan ma'lum yoshga yetgan fuqarolar ega bo‘ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda chegaralar o‘rnatilishi mumkin (masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilanganligi). Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o‘rnatiladigan ayrim cheklashlar, boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |