Zahar va toksinlar. Batroxotoksin. Mikotoksin. Suv o'ti va dengiz umurtqasizlarining toksinlari


Download 349.5 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2023
Hajmi349.5 Kb.
#1287312
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zahar va toksinlar

Toksinlar — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan T. ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial T. ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz xususiyatlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Ekzotoksinlar juda zaharli. Tozalangan T. bir necha yuz marta faol boʻladi. Ekzotoksinlarning organizmga taʼsiri maʼlum yashirin davrdan soʻng yuzaga chiqadi. Endotoksinlar ancha tez taʼsir qiladi, lekin ularning zaharliligi ekzotoksinlarnikicha emas. Koʻpchilik ekzotoksinlar 60—80° da 10—20 min.da parchalanadi. Endotoksinlar issiqqa juda chidamli — ancha yuqori trada yoki uzoq vaqt qaynatilganda parchalanadi. T. muzlatilganda va muzdan tushirilganda kuchi qirqilmaydi. Ular quritilgan holatda ham yaxshi saqlanadi. Formalin va issiq taʼsirida ekzotoksinlarning zaharlilik xususiyati yoʻqoladi, biroq bunda immunitetning kuchaytirish xususiyati saklanib qoladi. Bir qancha infeksion kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllanadigan anatoksinlarni olish shunga asoslangan.
Zaharlanish, intoksikasiya – zaharli moddaorganizmga og’iz, me’da ichak, nafas yo’llari orqali kirganda, teridan so’rilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda ro’y beradigan kasallik holati. Organizm foliyatining idan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yo’l bilan kirganligi, uning miqdri (dozasi), fizik mexanik-kimyoviy holati (gaz, eritma, chang va ҳ. к.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga.
Ekzotoksinlar organizmga kiritilganda kuchli oʻziga xos xossaga ega boʻlgan antitelolar (qarang Immunitet) paydo qilish xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardobni olish va qoʻllash imkonini beradi.
Odamlarda zaharlanishning o’tkir va surunkali xili farq qiladi. O’tkir zaharlanish tasodifiy va qasddan bo’lishi, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli ta’siri tufayliyuzaga kelib, hayotiy muhim faoliyatlarinig izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali intoksikatsiya zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt oz-ozdan ta’sir etishi oqibatida ro’y ; dorilardan bo’ladigan, shuningdek kasb-korga aloqador zaharlanishlar kuzatiladi.


Download 349.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling