Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt


Download 39.63 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi39.63 Kb.
#1204978
  1   2   3
Bog'liq
Z.M.Bobur tavalludi foy. uchun


Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt

O’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.


Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat o’z zamonasining, balki butun dunyoning buyuk shaxslari qatorida tarix zarvaraqlaridan munosib o’rin egallagan. Uning buyukligi

Javoharlaʼl Neru“Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan”.
Monstyuart Elfinston“Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U oʻz zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir”.
Rumer Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan boʻlsa-da, u oʻz saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga koʻtarildi. Oʻz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu oʻlkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi”.
Pirimqul Qodirov“Bobur Mirzo soʻz bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni oʻzi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida oʻgʻli Humoyunga “Boburnoma”ni tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi:
Bu olam aro ajab alamlar koʻrdum,
Olam elidin turfa sitamlar koʻrdum,
Har kim bu “Vaqoyiʼ”ni oʻqir, bilgaykim,
Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne gʻamlar koʻrdum.
“Vaqoyiʼ” – “Boburnoma”ning dastlabki nomi edi. Bobur oʻz zamonasida boshdan kechirgan barcha koʻrguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq koʻrsatiladi. Uning eng zoʻr istagi: “Vaqoyiʼ”ni oʻqiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar.
“Boburnoma” ham “Temur tuzuklari” kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi”.
Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi».
Bobur portreti, 1605—1615 yillar. Ushbu surat Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Download 39.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling