Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va foliyati (1483-1530)


Download 0.65 Mb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1028824
1   2   3   4
Bog'liq
Zaxiriddin Muhammad Bobur - 810-22 (wecompress.com)

Boburnoma
“Isfara viloyati to‘rt bo‘luk ko‘hpoyadir: bir Isfara, yana bir Vorux, yana bir So‘x, yana bir Hushyor…”, “…So‘x bila Hushyor-ko‘hpoyalariga kelib, bir yilg‘a yovuq tanqislik bila o‘tkarib, Kobul azimati qildim”. 
Aytish mumkinki, “Boburnoma” har tomonlama ajib asar. Birinchidan, u avtobiografik-Bobur hayoti, zamondoshlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ikkinchidan, asar o‘sha davr geografiyasi, madaniyatshunosligi, san’ati, hattoki, o‘simliklar olami haqida ham ma’lumotlarga boy. Qiziq jihati shundaki, asarda 1508 yildan 1519 yilgacha bo‘lgan biror voqea kuzatilmaydi. Bu balki muallifning xohishi yoki qo‘lyozmaning turli sabablarda yo‘qolgan bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu asar Boburning har tomonlama yetuk, ziyrak, zukko shaxs bo‘lganidan dalolat beradi. Ayniqsa, asardagi hikmatlar qadrlidir. Unda sharqona donishmanlik aks etgan. Masalan: “...har kimdin yaxshi qoida qolg‘on bo‘lsa, aning bilan amal qilmoq kerak”, “agar ota yomon ish qilg‘on bo‘lsa, yaxshi ish bilan badal qilmoq kerak” kabi nasihatlar ham uchraydi.
Boburnoma asosida bir qator badiiy asarlar yaratilgan. Xususan, fransuz adibasi Flora Anna Stilning “Boburxon”, yana bir fransuz adibi Fernard Grenard “Bobur”, amerikalik yozuvchi Harold Lembning “Bobur yo‘lbars” romanlari. Hindistonlik Muni La’l boburiylar tarixiga asoslanib 6 ta roman yozgan. O‘zbek adabiyotida esa Oybek, Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sulton, Xurshid Davron kabi yozuvchilar Boburga atab qissa-romanlar yozgan.
Bobur 1530 yilda, 49 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida el og‘zida mashhur bir hikoyat yuradi. Farzandi Humoyun xastalanib yotib qolganda u, azbaroyi muhabbati zo‘rligi tufayli o‘z hayotidan kechib, Humoyunga bag‘ishlagan ekan. Aytadilarki, Humoyun sog‘ayib ketibdi, Bobur esa bir necha kundan so‘ng qazo qilibdi.
Boburning muborak jasadi Qobulga olib kelingan va hayotlik chog‘ida sevgan bog‘iga dafn etilgan. Nihoyat, u o‘zi orzulagan gullarga… shu tariqa yetishdi.
Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamg‘armasi (1993.23.12) Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib o‘tdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur ma’lumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (Z. Mashrabov, S. Shokarimov: «Asrlarni bo‘ylagan Bobur»; S. Jalilov: «Boburning Farg‘ona davlati», «Bobur va Andijon»; Qamchibek Kenja: «Hind sorig‘a»; X. Sultonov: «Boburning tushlari», «Boburiynoma»; R. Shamsuddinov: «Boburiylar izidan», «Boburiylar sulolasi»; T. Nizom: «Uch so‘z»), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: «Bobur izidan», «Muqaddas qadamjolar»; T. Ro‘ziev: «Bobur salomi», «Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya»; T. Hamidov: «Iftixor» va h.k.) yaratildi. Jamg‘armaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), O‘sh (Qirg‘iziston), Toshkent, Namangan (O‘zbekiston) shahrilarida bo‘limlari mavjud. 1998 yil Jamg‘armaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, G‘aybulloh as-Salom, Ne’matilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afg‘oniston), Ma’murjon To‘xtasinov, Ravshan Mirtojiev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzaevga berildi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling