Qudasi Muhammadali Abduqunduzov, aktyor
Download 430.55 Kb.
|
Usmon Azim
Usmon Azim, asl ism-sharifi Azimov Usmonqul (1950.13.8, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg . Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976-1989), Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib Usmon Azim, asl ism-sharifi Azimov Usmonqul — Oʻzbekiston xalq shoiri, dramaturg. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989-1990). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991-1994). 2003-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy hodim Ijodi Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dars“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Gʻaroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Gʻussa“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) nasriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan. Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan. Oilasi Qudasi — Muhammadali Abduqunduzov, aktyor. Qizi — Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi Sen, bu kunlar o’tmaydi, dema, Umr — mangu: ketmaydi, dema, Parizodim, bu dunyo — sayyod. Qismat bizga yetmaydi, dema, Hijron vayron etmaydi, dema — Sen ketgan kun tugaydi hayot. Lablaringda sassiz aytar dod Es-hushidan ayri tabassum… Qara, qanday chiroyli bu kun — Tumanlaru bulutdan ozod! Xuddi so’nggi nafasday aytgum: — Ketma! Ketsang, tugaydi hayot! Seni ko’rmoq uchun telbavor yuribman ko’ngil taraflarda. Yo’llaringga qarab qovjirab turibman ko’ngil taraflarda. Tosh dunyolaringdan sen qachon kelasan ko’ngil taraflarga? Ko’ngilsizim, hech ishing tushmaydimi ko’ngil taraflarga? Qush nimadir dedi yaproqqa — Barg tushundi, tushunmadim men. Faqat ko’rdim — tani titroqda. Sezdim: holi — zilziladan keng. Bog’ nimadir dedi tuproqqa — Muhim bir gap… Anglamoq mahol. Unga soya tashlab turmoqqa Yana ruxsat so’rar. Ehtimol. Ko’shiq aytdi maysaga ariq, Bulut toqqa nimadir dedi. Bu suhbatlar mag’zini yorib, Dardlarini tushunsam edi! Ari gulga ochdi dilini, Yel daraxtni quchoqlab suydi… She’r, kel! Sensiz dunyo tilini Bir lahzada unutib qo’ydim. Yulduzlar sen uchun porlar ehtimol. Sen uchun ehtimol bahorlar kelar. Ehtimol bu dunyo sen uchun yaralgan… Anov, taqdir esa — Faqat sen uchun. Nega u tashlandiq uy kabi g’arib? Nechun taqdiringda yashamayapsan? Uni birovlarga nechun topshirding Download 430.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling