Boburni “Boq`i Boburdagi “ ramziy qabri .
Qobul . Afg`oniston.
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen, Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen. Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim, Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen. Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen. Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul, Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen. Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo, Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen… Qani Bog’i shamol kezgan yellaring, Qirlarda kekkaygan qirg’ovullaring. Eslab ezilmasmu endi dillaring, Nega yig’lamaysan ahli Andijon? Qirq yil chorla g’ordan chiqmaydi Bobur, Chiqsa ham bag’ringga sig’maydi Bobur. Hindu quchogida uxlaydi Bobur, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Siz-zobit, dastini cho’zgan dunyoga, Siz-shoir, mangu bir alanga yoqqan. Nainki bandalar, sizning siymoga, Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan. Ayting, ne topdingiz siz kezib dunyo, Hanuz boqisharlar sho’rishga to’lib. Shoirsiz, yaxshisi qolingiz Mirzo, Mushfiq yirtingizda bir shoir bo’lib. Shuni ta’kidlamoqchimizki, Bobur ijodi ulkan dengiz. Unda biz toza va nurli obi hayotning mavjlanib turganini ko’ramiz. Ularning asarlari va hayot yo’li biz uchun doimo о’rnak. Barchangizni buyuk ajdodlarimiz ruhi tark etmasin.
E'tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |