Zahiriddin Muhammad Bobur mohir siyosatchi Tole yo’qki jonimg’a balolig’ bo’ldi


Download 19.8 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi19.8 Kb.
#1212628
Bog'liq
insho


Zahiriddin Muhammad Bobur mohir siyosatchi
Tole yo’qki jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi .
O’z yerini qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
Z.M.Bobur

Reja:
1. Zahriddin Muhammad Bobur – yosh davlat rahbari.


2. Bobur buyuk shoh, sarkarda va yetuk siyosatchi.
3. Boburning o’zbek adabiyotdagi o’rni
4. Xulosa

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil Andijonda tavallud topgan. Uning otasi Umarshayx Mirzo Temuriy shahzoda hisoblanmish Abu Saidning o’g’li edi. Zahiriddin Boburning onasining ismi Qutlug’ Nigorxonim edi. Uning bolaligi Andijon va Axsi shaharlarida kechadi. Yoshligidan boshlab turli xil harbiy o’yinlarga qiziqa boshlaydi. Uning keying hayoti ham harbiy jang san’atiga bog’liq bo’lganligi uchun ham otasi uni muntazzam harbiy san’at bilan shug’ullanishi va davlat ishlariga aralashishini xohlardi.Uning otasi Umarshayx Mirzo Abu Said davrida Farg’ona, Toshkent, Sayramga hokimi mutloq etib tayinlaydi. Ammo hayot sinovlari aynan Boburning yelkasiga 12 yoshidan tushdi. Bunga sabab 1494-yil baxtsiz hodisa tufayli otasining vafoti sabab bo’ldi. Chunki u valiyahd sifatida endi davlatni boshqarishi kerak edi. Bobur Mirzoga yaqindan onasi Qutlug’ Nigorxonim va Hojiqozi yaqindan yordam berishdi. O’sha paytda temuriylar davlati inqiroz yoqasiga kelib qolgan edi. Ya’ni davlat har tomonloma inqiroz yoqasiga tushib qolgan edi. Taxt uchun kurash haddan tashqari avj olgan ediki. O’z og’a-inilar bir-birlarini o’ldirishdan ham taft tortishmas edi. Aynan 12-yoshli davlat rahbari o’shanda yosh bo’lishiga qaramasdan o’zining Bobosi taxtini, Bobosi Amir Temur davrida Movarounnahr salohiyatini qaytarishni xohlardi va shu orzu ichida yashardi. 1496-yil U o’zining ilk hujumini amalga oshirdi. Yosh bo’lishiga qaramasdan bunday dov yuraklik bilan harakati taqsinga loyiqdir. Zahiriddin Muhammad Samarqand taxtini egallash uchun Samarqandga 3 marta yurish qildi va ikki marta egallab oldi va uni ma’lum muddat boshqargandan so’ng tashqi kuchlar qistovligida tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Bu yerni tashlab chiqgan bo’lsa hamki, ammo u ich-ichidan buyuk bobosi Amir Temur kabi Movaraounnahrni birlashtirish va uni avvalgi salohiyatini o’stirishnini maqsad qilgan edi. Ammo uning taqdiriga Samarqandda davlat tuzish nasib etmagan ekan va u bu yerlarda 1511-1512-yillar to’liqligicha mag’lubiyatga uchrab tashlab ketadi.


Zahiriddin siyosat maydoniga kirib kelishi nizolarga boy davr edi. U shunday bo’lsa hamki maqsadi uchun, yosh bo’lishiga qaramasdan harakat qilib ko’rdi. U buyuk shoh, yetuk siyosatchi edi. U yoshlik chog’idan fitnalar domida qoldi. Shunday fitnalardan biri Bobur Samarqand taxtiga ega chiqqach, Andijonda qolgan diniy mutaasiblar tomonidan Boburning ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o’tqizishadi. Shunday paytda Bobur o’zining aqliy salohiyati qanchalik o’tkir ekanligini isbotladi. U Samarqand shahridan ko’ra Andijon muhim ekanligini biladi. Chunki o’sha paytda Samarqandga Muhammad Shayboniyxon ham o’z harbiy yurishlarini boshlagan edi. Keyin esa Bobur 1500-yil ukasi Jahongir bilan sulh tuzdi. Va sulh Farg’ona ikkiga bo’linib ketadi. Sirdaryodan shimol tomondagi Axsi Jahongirga , janub tomonidagi Andijon Boburga qoldi. Keyinchalik Bobur Afg’onistonga 1504-yil boradi va o’zining yana bir marta yirik salohiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Bu yerda u Qobul amirligiga asos solgan. U siyosat ila harakat qilar ekan bu yerda o’z qo’shini qoldirdi va Hindiston tomon yuzlandi bu yurish tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan yurish bo’ldi. Chunki U ozchilik qo’shini bilan Dehli Sultonligi qo’shini yengdi. Bu jang 1526-yil 21-aprelda Panipat maydonida ro’y berdi. Va 27-aprel sanasida Dehlida Bobur Mirzoga atalib xutba o’qildi. Va shundan so’ng tarixga yangi bir sulolaga asos solindi va bu Boburiylar imperiyasi deb ataldi. Bobur Hindistonda juda tez mashhur bo’la boshladi. Uning siyosati butun Hindistonni mavh etishga yetdi va uni rivoj etish uchun islohotlar o’tkaza boshladi. Hindiston aholisining qaysi din ekanligidan qat’I nazar barchasi o’z diniga e’tiqod qilishga ruxsat berdi. Va shu orqali U diniy muommolarga yechim topdi. Hindistonliklarga o’z bayramlarini nishonlashga ruxsat ham berildi. U tarixda, Hindiston tarixida oliyjanob va adolatli podshoh sifatida nom qoldirdi. Hindistonni obod etish uchun ham qarorlar chiqara boshladi, ko’plab bog’lar barpo etishga mablag’lar ajratdi. Ammo Bobur Hindistonda ham o’z halovatini topa olmadi chunki uning birdan bir maqsadi ona yurti Movaraunnahrni birlashtirishni maqsad qilgan edi. Shu sababli ham U shayboniy podshoh Ko’chkinchixon bilan diplomatik aloqalarni yo’lga qo’ydi. Lekin buyuk sarkarda, davlat arbobining umri qisqa ekan U 1530-yil 47-yoshida Agrada vafot etdi. Bugungi kunda buyuk shaxsni alqab ko’plab asarlar, romanlar yozilmoqda va birdan bir maqsad ham Zahiriddin Muhammad Boburning o’chmas xotiralarini bizdan keying avloda yetkazishdir. Bu buyuk shaxs haqida ko’plab siyosatchilar ham ijobiy fikrlar berishgan. Misol uchun Hind siyosatchisi va bosh vaziri Javaharlar Neru aytadiki: “ Bobur serg’ayratli, shijoatli, siyosati buyuk bo’lgan Osiyolik yagona podshoh “ deya aytib o’tib ketgan. Bundan tashqari hozirgi kungacha bu buyuk inson uchun, uning xotirasini abadiylashtirish uchun turli xil qaror va qonunlar loyihalari chiqmoqda. Misol uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi qarori qabul qilindi. Qarorning 8-bandiga ko’ra: 2023/2024 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo’nalishlarida Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilishi hamda Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlashi lozimligi keltirilgan. Butun bir davlat rahbari ushbu buyuk inson nomini yanada abadiylashtirishni xohlayotgan va shunga yarasha harakat qilayotgan ekan, biz yoshlar ham bu inson ismiga yarasha harakat qilishimiz zarur.
Zahriddin Muhammad Bobur – shoh va shoir, davlat arbobi va Boburiylar Imperiyasi asoschisidir. Bobur o’zini nafaqat siyosat maydonida, balki adabiyotda ham sinab ko’rdi. Boburdan bizga ko’plab ruboiylar, g’azallar va asarlari me’ros qolgan. U Hindistonda vatan sog’inchida yurar ekan, Vatani uchun, undagi har bir xotiralari uchun she’rlar bitdi. Uning alamli sog’inchlari ila yozilgan g’azallari, ruboiylari bugungi kunda har bir o’zbek farzandi uchun vatanparvarlik ruhini tabriyalay oladi deb o’ylayman. Boburning nomini doimo abadiylashtiradigan omil bu – uning shoh asari hisoblanmish “ Boburnoma “ dir. Boburning bu kitobdan tashqari yana “ Mubayyin “ nomli kitobi ham mavjuddir. Zahriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “ asari – jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik hisoblanadi. O’zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asardir. Bu kitob Bobur tomonidan eski o’zbek tili ya’ni chig’atoy tilida yozilgandir. Bu asar taxminan 1519 yildan 1530-yilgacha yozilgan. Asosan asar 1494-yildan to 1529-yilgacha bo’lgan ya’ni Bobur o’z boshidan kechirgan har bir tashvishli va alamli voqealarini ushbu shoh asarida tasvirlaydi. Men o’ylaymanki, har bir yosh avlod adabiyot sohasida o’zini sinab ko’rishdan oldin, U Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini to’liqligicha o’rganadi. Men qo’rqmasdan ayta olaman Boburning ijodisiz she’riyatga kirishning iloji yuqligini va bu bugungi yosh avlodga vatanparvarlik hissini o’yg’otish, vatanga chin muhabbat ruhida tarbiyalash uchun keng foydalanilmoqda desam ham mubolag’a bo’lmaydi. Agar yosh avlod vatanparvarlik hissini o’zida tuya olmasa , ertaga u barkamol avloddan bz nimani kutishimiz mumkin. U vatan nimaligini bilmasdan turib, o’zining sohasida eng yaxshisi bo’lish juda qiyin. Har bir inson vatan uchun jon berish kerak. Bo’lajak shoirlarning ham ijodi aynan vatan uchun foydali bo’lish kerak. Uning bir misrada ketirgan har bir jumlasi insonni tag-tomirida qaysi yurt, qaysi millat vakili ekanligini doimo esda saqlashi zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, har bir inson o’zi uchun avtoritet deb o’ylaydigan odam, ya’ni o’zini shu kabi bo’laman deb harakat qiladigan inson bu – Zahriddin Muhammad Boburdir. Bobur vatan sog’innchida yurdi, uni bir lahza ham yodidan chiqarmadi. Uning uchun she’rlar bitdi. Men o’ylaymanki haqiqiy o’zbek o’g’loni aynan Boburdek bop’lishi kerak. Bobur o’zining ismi kabi haqiqiy yo’lbarsdir. Chet o’lkalarda butun bir imperiyaga asos soldi. Ammo Mavournahrda bunday qilishnning iloji yuq edi. Chunki tu’g’ishgan aka-ukalar bir birini taxt uchun o’ldirishmoqda. Bunday o’lkada davlatchilik faqat zaiflashishi yoki barpo etishning ioji yuqligi aniq edi. Shunday bo’lsa hamki Bobur buni amalga oshirib ko’rdi ammo taqdir taqozosi bilan bu yerni tashlab chiqib ketdi. Ammo shunda bo’lsa hamki Bobur biz uchun haqiqiy o’zbek farzandi bo’lib qoladi va keying avlodda vatan hissini tuyish uchun yordam beradi deb o’ylayman.


Download 19.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling