Mavzu: Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari Bajaruvchi
Download 205.47 Kb.
|
[Kurs ishi] turizmni xaritalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
- Adabiyotlar ro`yxati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI «Iqtisodiyot» fakulteti “Turizm(Faoliyat turlari bo’yicha)” yo’nalishi sirtqi bo`lim 193- guruh talabasi Po`latov Azizbekning “Turzimda xaritalashtirish va turistik marshrutlar ishlab chiqish” fanidan Kurs ishi Mavzu: Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari Bajaruvchi: Po`latov A Ilmiy rahbar: Kuralbayev J Reja Kirish…………………………………………………………………3 Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari ………..…4 Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar…..........................9 Turizm resurslari……...................……………………….…………13 О‘zbekiston mintaqalariga xos turizm turlari va ularni rivojlantirish imkoniyatlari……………………………………………..….………17 Xulosa…………………………………………………….………......36 Adabiyotlar ro`yxati………………………………………....……...36 Kirish Mamlakatimiz hududlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashning muhim omillaridan biri – bu, ularning raqobatbardoshlik omillaridan oqilona foydalanishdan iborat. Hozirgi vaqtda dunyo olimlari va mutaxassislari mintaqalar raqobatbardoshligini oshirishning asosiy mexanizmi sifatida mintaqaviy klasterlarni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga katta e’tibor berishmoqda. Biroq, bu borada yagona qarash va fikrlar mavjud emasligini ham ta’kidlash lozim. Mamlakatimizda turizm industriyasi tez sur’atlarda rivojlanish bosqichiga kirdi. Shunga qaramasdan, mintaqaviy turizm bozori raqobatbardoshligini oshirish, yangi imkoniyatlarni yaratish bо‘yicha bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, mintaqalarda turizm bozori klasteri shakllanishini asoslash, uning istiqbolli strategik yо‘nalishlarini aniqlash va amaliyotda qо‘llash juda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu innovatsion g‘oyani amaliyotga tatbiq etish mintaqalarni barqaror, yuqori sur’atlarda о‘sishi uchun katta turtki bо‘ladi. O‘zbekiston mintaqalarida (jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlarida) saqlanayotgan har bir davrga xos bo‘lgan va sivilizatsiyaning o‘ziga xos 400 dan ortiq me’moriy va tarixiy-madaniy obidalari, arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib ularning ko‘pchiligi YUNESKOning Butunjahon madaniy meroslar ro‘yxatiga olingan. Bu shundan dalolat beradi-ki, mamlakatimiz mintaqalarida yetarlicha turistik imkoniyatlar mavjud va ularni o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunning asosiy masalalaridan bo‘lib hisoblanadi. Download 205.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling