Mavzu: Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari Bajaruvchi


Download 205.47 Kb.
bet6/8
Sana03.12.2023
Hajmi205.47 Kb.
#1806679
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
[Kurs ishi] turizmni xaritalashtirish

1.3.1 -jadval.
Tabiiy resurslarning guruhlanishi

Tabiiy resurslarning guruhlanishi

  1. Kelib chiqishiga ko‘ra:

  • tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);

  • biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);

  • axborot beruvchi - tabiatdan o‘ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo‘lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra:

  • mineral suvlar;

  • botqoqlar;

  • tuzlar;

  • o‘rmonlar.

  1. Resurslarning tugashi darajasiga ko‘ra:

  • tugaydigan tabiiy resurslar, ular o‘z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo‘linadi.

  • tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to‘lqinlari, suvlar kiradi.

  1. O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra:

  • qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‘rmonlarni misol keltirish mumkin, o‘rtacha 50 yilda qayta tiklanadi.

  • qayta tiklanmaydigan resurslar.

Manba: Muallif tomonidan ishlab chiqildi
Ayrim hollarda tabiiy obektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilinadigan qo‘riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy obektlar “tabiat yodgorliklari” deb e’lon qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘zgarishi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy-tarixiy va madaniy-estetik ahamiyatga ega. Umumiy xarakteriga ko‘ra, tabiat yodgorliklari geologik-geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi. 1.3.4-rasmda tabiat yodgorliklari tarkibi ko’rgazmali berilgan.
Geologik-geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog‘ jinslari, karst voronkalari, relef shakllari, g‘orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog‘da), Qorlug‘ (Ko‘hitang tog‘ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog‘ida), Amir Temur g‘orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin. Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo‘qolib ketayotgan relikt o‘simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin. Peleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi. Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono‘tdi (Temurlang) darasi, Ko‘ksuv daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Katta va Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi. Astronomik tabiat yodgrliklariga yirik meteoritlar tushib izi qolgan joylar kiradi.


  1. Download 205.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling