Mavzu: Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari Bajaruvchi


О‘zbekiston mintaqalariga xos turizm turlari va ularni rivojlantirish imkoniyatlari


Download 205.47 Kb.
bet7/8
Sana03.12.2023
Hajmi205.47 Kb.
#1806679
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
[Kurs ishi] turizmni xaritalashtirish

О‘zbekiston mintaqalariga xos turizm turlari va ularni rivojlantirish imkoniyatlari

Mamlakatimizda sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqilqan:

  • an’anaviy yo’nalishlar: Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Toshkent va Toshkent-Samarqand-Buxoro-Shahrisabz-Toshkent. Bu yo’nalishlar mamlakatimizdagi eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog’liq;

  • ekologik turizm yo’nalishlari: Orol dengizi va Orolboyi ekologik regioni, Chimyon-Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Kitob geologik qo’riqxonasi va Zomin qo’riqxonasi kabi mamlakatimizdagi qo’riqxonalar. Bu yo’nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog’liq;

  • arxeologik turizm yo’nalishlari: Qoraqalpog’iston, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand hududdari bo’ylab, mazkur yo’nalishda yurtimiz tarixiga oid o’zida uzoq o’tmishning sir-sinotlarini yashirgan eng qadimiy arxeologik yodgorliklar bilan tanishishni maqsad qilib qo’yadi;

  • ekstremal turizm yo’nalishlari: Chimyon, Farg’ona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo’ylab;

  • diniy turizm yo’nalishi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Termiz-Dalvarzintepa-Termiz-Toshkent kabi mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog’liq.

O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qal’a majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo merosi” ning maxsus royxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol oynaydi.
Turistlarni o’ziga jalb qiluvchi tarixiy va zamonaviy o’bektlar, rekratsion dam olish joylari mamlakatimiz hududi boyicha notekis joylashgan bo’lib, shartli ravishda 6 ta rekratsion mintaqaga ajratish mumkin.

Toshkent turistik mintaqasiga Toshkent sahri va Toshkent viloyatidagi muhim dam olish maskanlari joylashgan hududlar kiritiladi. Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri va o’zining 2200 yilligini nishonlagan azmi Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, ayni paytda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy qiyofadagi betakror shahardir.
Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.
Shuningdek, poytaxt viloyatda ham dam olish uchun qulay bir qator maskanlar tashkil qilingan, misol tariqasida Chimyon tog’ sport kompleksi, Chorbog’ dam olish markazi, Toshkent dengizi (Tuyabo’g’iz suvombori) kabi dam olish mumkin bo’lgan rekrasion manzillar kiritilgan bo’lib, aynan ushbu maskanlardan mahalliy va chet el sayyohlari dam olish, davolanish hamda boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin.
O’zbekiston durdonasi hisoblangan Farg’ona vodiysi o’zining maftunkor maskanlari bilan alohida o’rin egallaydi. Qadimiy Qo’qon va Marg’ilon shaharlari bilan birga so’lim Shohimardon, Chortoq va mashhur Chust, Rishton o’ziga kishilarni jalb qilganidek, zamonaviy qiyofadagi Andijon, Namangan va Farg’ona nafaqat mahalliy, balkim xorijlik mehmonlarni ham o’ziga tortadi.
Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol oynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi”deb nom old. Hozirgi kunda Samarqand aholisining soni ko’pligi jihatidan mamlakatimizda ikkinchi o’rinda turuvchi maftunkor shahar bo’lib,qadimda u “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan dunyoning ko’pgina Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand - buyuk davlat hukmdori Amir Temur davrida temuriylar davlati poytaxti etib tanlangan keyin o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bobosini an’analarni davom ettirdiva shahar beqiyos darajada gullab yashnadi. Bugungi Samarqand yanada go’zal va maftunkor, shahardagi qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralar orqali har qanday kishi qadim tarixning nafasini his etish va undan ma’naviy oziqa olishi mumkin.
Shahardagi Registon maydoni takrorlanmas me’moriy obidalar majmuasi bo’lib, qadimda bu maydon savdo va ijtimoiy markaz vazifasini bajargan. Bu yerdagi Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari yaxlit uyg’unlikda kishilarni o’ziga yanada rom aylaydi. Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy. Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar jumladan: Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Xonim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek yana bir qancha tarixiy yodgorliklar, shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilayotgan bo’lsa, ushbu manzilning zamonaviy qiyofasi hamda namunali turistik xizmatlarning a’lo darajada yo’lga qoyilganligi sayyohlarda mamlakatimiz haqida ijobiy fikrlar uyg’onishiga sabab bo’lmoqda.
Mazkur turistik mintaqaga yana Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarni, Kitob qo’riqxonasi, imom Buxoriy maqbarasi (Chelak qishlogidagi) hamda bir qator tabiiy rekrasion dam olish maskanlarni kiritish mumkin.
Mamlakatimizning eng janubiy o’lkasi Surxondaryo o’ziga xos tabiatga va ko’pgina tarixiy obidalarga ega. Subtropik iqlim va baland tog’lar o’lka tabiatida uhim o’ziga xoslikni shakllantirgan. Rang-barang tabiat mo’jizalariga monand ravishda viloyatning ming yillik tarixidan boxabar qiluvchi ko’hna arxeologik obidalari ichida At-Termiziy maqbarasi, Jarqo’rg’on minorasi, Dalvarzintepa yodgorligi sayyohlarni o’ziga keng miqyosda jalb qilib kelmoqda. Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga oyilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashhur joy. Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashhur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud. Boysun qirlarida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Boysun bahori” nomli folklor-etnogragfik jamoalar festivali nafaqat mahalliy, balkim chet ellik mehmonlarni ham o’ziga jalb qilmoqda.
Qadimiy ushbu shaharning yoshi 2500 yildan ortiq bo’lib, o’zida 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro mahalliy va chet ellik sayyohlarning eng sevimli joylaridan biridir. Buxoro amirlarining mustahkam qarorgohi Ark, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Labi hovuz kabi yodgorliklar bilan birga mustaqillik yillarida bunyod qilingan Buxoroning ming yillik tarixini aks ettituvchi shahar monimenti, muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridir.
Mintaqaning ikkinchi kichik markazi Karmanadir, unda ajdodlarimiz tomonidan bunyod qilingan tarixiy obidalari bilan birga, ming yillik tarix sir-sinoatlarini o’zida jamlagan Sarmishsoy qoyatoshlaridagi rasmlar, Qizilqum bag’ridagi geologiya toshloq o’rmoni ham ko’pchilikni o’ziga jalb qiladi.
Ushbu turistik rekratsion mintaqa Xorazmshohlar davlatchiligining boy tarixiy obidalari hamda Amudaryo sohillaridagi to’qayzorlarida tashkil qilingan “Amudaryo rezervati”, shunigdek Orolboyi ekologik mintaqasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. Xiva “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida oylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qal’aga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi xuddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.
Xivada O’zbekistondagi eng baland minora Islom-Xo’ja minori joylashgan bo’lib aksariyat sayyohlar ushbu tarixiy obidaga chiqishni orzu qiladilar hamda unda turib butun shaharni tomosha qilish imkoniga ega bo’ladilar. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo’lib, ulardan eng nomdori marosimlar o’tkaziladigan, xon dam oladigan va xon haramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-hovli saroyidir. Ichan-Qal’a baland devor bilan o’rab olingan-ki, mazkur devor balandligi 10 metrdan ortiq va kengligi 2 ta ot arava bir vaqtning o’zida harakatlangudek qilib ishlangan. Shahardagi o’nlab muzeylar qadim tarixdan boxabar qilib turadi.
Qoraqolpog`iston mazkur turistik mintaqaning ikkinchi ajralmas qismidir, yohud bu hududdagi mungli qal’alar hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtadir. Bu yerda joylashgan Ayozqal’a, Tuproqqal’a, Guldursinqal’a, Katqal’a, Shilpiqqal’a, Yanboshqal’a, Hozlimxon-Suluv tarixiy yodgorliklari hamda Sulton Uvays maqbarasi, shuningdek Nukus shahridagi Savetskiy nomidagi muzey mahalliy va chet ellik sayyohlarnio’ziga jalb qilib kelmoqda. Yuqoridagi turistik mintaqalarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadga keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozim.
О‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga kо‘tarish borasida, avvalo kо‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bо‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos kо‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rish orzusida yashaydilar. Kо‘p mamlakatlarda О‘zbekiston о‘zining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. О‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol “Sharqning javohirlari” deb atash mumkin. О‘zbekistonda mintaqaviy turizmni rivojlantirishda viloyatlardagi imkoniyatlarni о‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi funksiyalarda ifodalash mumkin:



  • milliy foydani yaratish;

  • yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;

  • davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba;

  • aholi farovonligini oshirish;

  • iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish;

  • investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni;

  • tibbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish.

Mintaqaviy turizm iqtisodiyotning o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib, ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi ichki mahsulotining ko‘payishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan soha hisoblanadi. Hozirgi paytda turizm juda muvozanatsiz holatda rivojlanmoqda.
Mamlakatda mintaqaviy turizmning tez sur’atlarda rivojlanishiga erishish uchun Respublika bo‘yicha faqat Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkentga e’tibomi kuchaytirmasdan balki boshqa mintaqalar bo‘yicha ham turizmni rivojlantirishning tegishli chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uning ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Bunda albatta mintaqalarda turizmning rivojlanishi, turistik resurslardan samarali foydalanish va turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqaruv organlarining samaradorligini oshirish lozim.

Turistik sanoat – iqtisodiyotning shunday tarmogʼi boʼlib, unda insonlarning kasbiy faoliyat bilan shugʼullanishdan tashqari har qanday maqsadda ular keladigan mamlakatda pul toʼlab bir joydan ikkkinchi joyga vaqtincha oʼtib yurishlari paytidagi ehtiyojlarini qonirishni taʼminlovi ishlab chiqarish komplekslari mujassamlashgan.


Turizm sanoatini bir qator mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqaruchi korxonalar majmui tashkil qiladi. Bu mahsulotlar va xizmatlarsiz tarmoq faoliyat koʼrsatishi mumkin emas. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:
joylashtirish boʼyicha xizmat koʼrsatadigan korxonalar: mehmonxonalar, motellar, kempinglar, ijaraga beriladigan xususiy tuzilmalar, pansionatlar, dam olish uylari va h.k.);
agar joylashtirish korxonalarining ajralmas qismi boʼlsa, umumiy ovqtlanish korxonalari (mehmonxonalardagi restoranlar, pansionatlar va dam olish uylaridagi oshxonalar);
turistik yoʼllanmalarni tashkil qilish va sotish bilan shugʼullanadigan turistik firmalar;
turistik tashishlarni taʼminlaydigan transport tashkilotlari;
turistik sanoat mutaxassislarini tayyorlash vamalakasini oshirish boʼyicha oʼquv yurtlari;
turizm sohasidagi axborot va reklama xizmatlari;
turizmni boshqarish organlari: davlat organlari (mamlakatda turizmni rivojlantirishni boshqarish), ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tijorat v xususiy tashkilotlar;
turistik talabga ega mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
turistik talabga ega chakana sotish bilan shugʼullanuvchi korxonalar.
Turizm sanoati uchun, boshqa tarmoqlarda boʼlgani kabi ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, kooperatsiyalashuvi va jamlanishi xosdir.
Ixtisoslashuv turli shakllarda namoyon boʼladi (joylashtirish, ovqatlanish, koʼngil ochish, yangi turistik xizmatlarva sh.k.). Turistik xizmatlarni yaratish va ularni realizatsiya qilish tobora koʼpayib borayotgan har biri oʼz faoliyatini alohida mahsulotlarni, yarimfabrikatlarni tayyorlash, xizmatlarning aniq turini taqdim etish, turistik xizmat koʼrsatishning maʼlum funktsiyalarini bajarishda jamlaydigan tarmoqlar, korxonalar, firmalar va tashkilotlarning ishiga aylanib bormoqda.
Turizmga chearadosh tarmoqlarda ham ixtisoslashuv jarayoni kechmoqda: qurilish va arxitektura, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʼjaligi, transport shular jumlasidandir. Ular turistlarga xizmat koʼvrsatishda ishtirok etayotgan korxonalar oʼrtasidagi xoʼjalik aloqalarining murakkablashuviga olib keladi. Ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish zarurati yuzaga keladi, yaʼni ularning koopreatsiyalashuvi zarurati.
Turizm sanoatidagi koopretsiyalashuv turistik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishga ixtisoslashgan, lekin mustaqil boʼlgan korxonalar oʼrtasida doimiy iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish shaklidir. Bu predmetli, funktsional, mintaqaviy, milliy va xalqaro asoslarda uzoq muddatli hamkorlik shaklida namoyon boʼladi.
Kooperatsiyalashuvni amalga oshirishda tashabbuskor rolni turistik korxonalar oʼynaydi, chunki ular turistik mahsulotni yaratadilar, taklif qiladilar va realizatsiya qiladilar. Koopreatsiyalashuv – shunchaki maqsad emas, balki turistik xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash, vaqtni, kuch va mablagʼlarni tejash vositasidir.
Turistik ishlab chiqarish va isteʼmol sohasidagi kooperatsiyalashayotgan tomonlar oʼrtasidagi hamkorlikning asosiy uslubi ularning mustaqil iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirishdir.
Kooperatsiyalashuv mintaqa ichida va mintaqalararo boʼlishi mmkin. Bimrinchi holatda iqtisodiy aloqalar bitta turistik mintaqa hududi bilan chegaralanib qolishi mumkin, ikkinchi holatda esa – ikki yoki undan ortiq mintaqaniqamrab oladi.
Tarmoqqa taalluqliligiga qarab kooperatsiyalashuv mintaqa ichidagi va tarmoqlararo, qanday maqsadni koʼzlavb amalga oshirilayotganligigag qarab esa – ishlab chiqarish (turistik mahsulotni yaratish) va mahsulot oʼtkazuvchi (turistik mahsulotni ilgari surish va realizatsiya qilish) boʼlishi mumkin.
Turistik xizmatlar koʼrsatuvchi korxonalarning koopreatsiyalashuvini murakkab deb atashadi. Bunga sabab oʼz ixtisoslashganligining xususiyatiga koʼra ular bir-biri bilan mustahkam ishlab chiqarish aloqasida boʼladilar. Kooperatsiyalashuv vositachilik korxonalari va turizmni tashkil qilish korxonalari orasida, masalan maxsus turistik transport korxonalari oʼrtasida boʼlishi mumkin. Murakkab kooperatsiyalashuv odatda korxonalar oʼrtasidagi aloqalarning barqarorligi va doimiyligi bilan (tomonlar oʼrtasidagi qaramlikning zaifdarajadaligi tufayli) ajralib turadi, oddiy kooperatsiyalashuv, qoida tariqasida, vaqtinchalik xususiyatga ega.
Xalqaro miqyosda turistik korxonalar va tashkilotlar oʼrtasidagi kooperatsiyalashuv qoʼshma korxonalar tuzish shaklida amalga oshiriladi.
qoʼshma korxona – turistik xizmatlar yaratish va realizatsiya qilish boʼyicha firmalararo kooperatsiyalashuvni tashkil qilish shakli boʼlib, bunda koopreatsiyalashayotgan firmalar birgalikda tashkil qilingan, yangi yuridik mustaqil birlikka oʼz moddiy-texnik bazasining, kadrlar potentsialining, mahsulot oʼtkazish tarmogʼining, shuningdek oʼz mijozlarining bir qismini beradi.
Turistik maqsadlarda insonlarning ommaviy bir joydan ikkinchi joyga oʼtib yurishlari turistik sanoatda ishlab chiqarishni jamlashga (kontsentratsiyalash) asosiy sabab boʼldi. Bu jarayon uchun avvalambor firmaning oʼrtacha hajmi kattarishi xosdir. Yirik ishlab chiqarish kichik korxonalar va firmalarga qaraganda samaraliroq. Buning boisi u yuqoriroq iqtisodiy samara va mahsulot oʼtkazish bozorlarini nazorat qilish imkoniga ega.
Turistik sanoatda ishlab chiqarishni jamlash ham alohida ishlab chiqarish birliklarini yiriklashtirish, ham birlashish doirasida koʼplab korxonalarni jamlashtirish, masalan mehmonxona komplekslarini yaratish, turistik firmalarning qoʼshilib ketishi kabi yoʼllar bilan roʼy beradi.
Turizmda jamlash butunlay yangi texnikadan foydalanish, xodimlar sonini va mazkur banda ketadigan xarajatlarni qisqartirish uchun qulay sharoit yaratadi. Mehmonxona birlashmalarida boshqaruv va xonalar fondlarini taqsimlash tizimini avtomatlashtirishni joriy qilish maʼmuriy va boshqaruv xarajatlarining kamayishiga, korxonalarning bir maromda ishlashiga olib keladi. Bu esa oxir-oqibatda yo mehmonxona xizmatlariga narxlarning kamayishi va tegishlicha talabning ortishiga, yoki (doimiy narxlar mavjud boʼlganda) – foyda ulushining koʼpayishiga olib keladi. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish funktsional vazifalari jihatidan bir-biri bilanbogʼliq boʼlgan firmalarni birlashtirish yoʼli bilan ham, bevosita ishlab chiqarish umumiyligiga eag boʼlmagan kompaniyalarning qoʼshilib ketishi natijasida ham roʼy beradi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʼlgan umumiy aloqalarga ega tarmoqlarning qoʼshilib ketishiga dunyodagi yirik aviakompaniyalarning turistik va mehmonxona firmalarini yaratganligi misol boʼla oladi. Neftь kompaniyalari, toʼqimachilik va oziq-ovqat sanoati birlashmalari ham turizmga kapitallar qoʼymoqdalar.
Keyingi yillarda yashirin shaklarda jamlash rivojlanib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunda yirik turistik va mehmonxona firmalari oʼz faoliyati tuzilishiga periferik oʼrta va kichik korxonalarni kiritmoqdalar. Ular rasman yuridik mustaqillika ega boʼlsalarda, aslida ushbu yirik korxonalarning strukturaviy tuzilmalari hisoblanadi.
Turizm sohasidagi jamlashning eng yuqori shakli diversifikatsiya hisoblanadi. Bu – isteʼmolchilarga taqdim etilayotgan xizmatlarning turlari va sifatini modifikatsiyalash va kengaytirish maqsadida tarmoqlararo birlashmalar va komplekslar tuzishdir. Bunday birlashishning xususiyati shundan iboratki, diversifikatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan korxonalar va obʼektlar oddiy koopretsiya bilangina bogʼlanib qolmasliklari va bir-biri bilan raqobat qilmasliklari kerak.
Hozirgi vaqtda tor ixtisoslashgan tarmoqlar, jumladan turizm ham ehtimol tutilgan siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va boshqa salbiy taʼsirlar tufayli faoliyatining juda beqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun yirik, ilji boʼlsa tarmoqlararo birlashmalar tuzish talab qilinadi. Ular faoliyatning yanada samaraliroq boʼlishini va mahsulot oʼtkazish bozorlarini nazorat qilishni taʼminlashlari mumkin.
Turizm sanoatini diversifikatsiya yoʼli bilan yiriklashtirish quyidagilar hisobiga roʼy beradi:
 funktsional jihatdan (ishlab chiqarish, turistik mahsulotni ilgari surish va oʼtkazish) oʼzaro bogʼlangan alohida tuzilmalarni birlashtirish. Bunga misol keyingi vaqtlarda aviakompaniyalarning turistik firmalar va mehmonxona komplekslari bilan birlashganligi boʼlishi mumkin;
• turizm bilan bevosita umumitylikka ega boʼlmagan tarmoqlar, kompaniyalar va firmalar kapitalarining qoʼshilishi. Bularga neftь, metallurgiya, koʼmir, oziq-ovqat savdo va sh.k. tarmoqlar kiradi.
Oʼzbekistonda yirik tarmoqlararo birlashmalar va komplekslar tuzish kuzatilmoqda. Ular tarkibiga turistik faoliyat bilan birga quyidagi faoliyat turlari ham kiradi:
• mehmonxona tipidagi obʼektlardan foydalanish, mehmonxona servisining barcha turlarini birlashtirish;
• oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashni yaratish (qishloq xoʼjalik mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashni ham qoʼshgan holda);
• oʼyin, tomosha va sport tadbirlarini tashkil qilish va oʼtkazish;
• yoʼlovchilarni mamlakat ichida va xalqaro tashish;
• fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va ularni muhofaza qilish xizmatini koʼrsatish;
• ichki va xalqaro savdoda tijorat, brokerlik va marketing faoliyatini olib borish, sugʼurtanig har xil turlari;
• koʼchmas mulk va transport vositalarini ekspertiza qilish va baholash;
• tashqi iqtisodiy faoliyat;
• yarmarkalar, koʼrgazmalar tashkil qilish va oʼtkazish.
Hozirgi sharoitlarda turizm sohasi uchun diversifikatsiya jarayonining nafaqat alohida tarmoqlar, balki milliy chegaralardan ham chiqishi xos boʼlib bormoqda.
Ixtisoslashgan korxonalardan farqli ravishda diversifikatsiyalashgan korxonalar faoliyatining xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
• ularning siyosatining, strategiyasi va taktikasining birlashishi;
• marketingni markazdan xoli ravishda rejalashtirish;
• har bir struturaviy tuzilma tmonidan mahsulotlar v xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish, ularning assortimenti va oʼtkazish bozorlarini kengaytirish;
• markazlashgan moliyaviy faoliyat va uning nazorat qilinishi;
• xizmatlarning alohida turlariga narxlarni pasaytirish, foyda ulushini oshirishning yuqori ehtimolliligi.
Turizmni ilgari surish – turistik mahsulotga boʼlgan yuqori talabni shakllantirish va bu mahsulotni sotish hajmlarini oshirishga qaratilgan usullar va uslublar majmuidir. Bu dastur asosida quyidagi elementlar yotadi: marketin strategiyasi, taqsimlashning marketing kanallarini bilish, mavjud reklama-axborot ishlari, smeta hajmlari. Bunday dastur odatda uch yildan besh yilgacha boʼlgandavrga ishlab chiqiladi. Unda amalaga oshirilishi zarur boʼlgan reklama-axborot tadbirlarining turlari, ularning hisob-kitob narxi yillar boʼyicha koʼrsatiladi. Smetaga odatda doimiy sarflar kiritiladi, masalan turli mamlakatlarda va mahalliy turistik axborot byurolarida vakolatxonalarini saqlashga ketadigan chiqimlar.
Reklamaning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
• mijoz va turistik tashkilotning ishonchini shakllantirish (obroʼ, nufuz yaratish);
• turistik mahsulotlar va xizmatlarning assortimenti haqida xabar berish;
• reklama qilinayotgan mahsulotlar va xizmatlarning boshqalarnikimga qaraganda ustun ekanligiga ishonch uygʼotish;
• turistlarda faqat ushbu turistik tashkilotning mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishga mayl uygʼotish.
Uning quyidagi turlari bor: kataloglar, risolalar va prospektlar, ommaviy axborot vositalaridagi reklama, koʼcha reklamasi, turistik mahsulotni sotish punktlaridagi reklama.
Reklamaning barcha turlari uchun quyidagilar xosdir:
• ommaviy axborot vositalari qoʼlaydigan toʼgʼridan-toʼgʼri boʼlmagan aloqa shakli;
• har bir shaxsning mazkur axborotni qabul qilishdagi individual xususiyatlarini hisobga olmagan holdagi ommaviy aloqa shakli.
Reklamaning maqsadi – eʼtiborini jalb qilish, axborot berish, isteʼmolchini maʼlum tarzda harakat qilishga undash, shuningdek mahsulotni bilvosita ilgari surayotgan oʼz agentiga murojaat qilisha undash.
Koʼplab turistik korxonalar umumiy savdodan tushgan daromadning 5 dan 25 % gacha reklamag sarflaydilar.
Reklamadan tashqari turistik mahsulotni ilgari surishda sotuvlarni qoʼllab quvvatlash katta oʼrin tutadi. Bu – mahsulot (xizmatni) xarid qilganlik yoki sotganlik uchun qisqa muddatli undovchi ragʼbatlantirish choralaridir. Xizmatlarni sotayotgan xodimlarga moʼljallangan ragʼbatlantirishlar va bu xizmatlarni sotib olayotgan mijozlarga moʼljalangan ragʼbatlantirishlar mavjud.
Sotuvlarni qoʼllab quvvatlash uslublari quyidagilardan iborat:
1) bosma materiallar – risolalar, prospektlar, afishalar, transparantlar;
2) maxsus taklif-chegirmalar, konkurslar, lotoreyalar, mukofotlar, esdaliklar.
Turizmni ilgari surish dasturi turistik tashkilot va jamoatchilik oʼrtasida yaxshi oʼzaromunosabatlar oʼrnatilish va taʼminlanishiga qaratilgan tadbirlarni («Pablik rileyshnz») nazarda tutishi kerak. Ularning maqsadi – firmaning ijobiy nufuzini yaratishdir.
«Pablik rileyshnz» yordamida turistik mahsulotlarni ilgari suriq vositalari quyidagilar hisoblanadi: matbuot uchun xabarlar, matbuot konferentsiyalari, prezentatsiyalar, suratli hikoya qilib berishlar, yarmarkalar, hujjatli filьmlar, homiylik va xayriya faoliyati.
Shunday qilib, turizmni ilgari surishq va reklama kompaniyasini rejalashtirish bosqichida shu maqsadlarga ketadigan xarajatlar hisoblab chiqiladi va makonda (bir vaqtning oʼzida bir nechta reklama vositasidan foydalanish) va zamonda (reklamani oʼtkazish muddatlari va davomiyligi) reklamani joylashtirish va oʼtkazish boʼyicha aniq rejalar tuziladi.
Soʼnggi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlarga qaramay, mamlakatimizdagi turizm sanoati yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishni koʼpaytirib borayotgan xalq xoʼjaligi tarmogʼi boʼlib qolmoqda. Bunday tendentsiyani BTT uslubikasi boʼyicha bajarilgan hisob-kitoblar ham tasdiqlaydi. Bunday hisob-kitoblar taqdim etilgan turistik xizmatlarning koʼp yillik hisobot maʼlumotlari asosida amalga oshirlgan. Tahlil natijalari mutahassislarga turistik xizmatlarning hajmi, demakkai ulardan olinadigan daromadlar hajmi ham kelgusida ortadi, deya bashorat qilishlariga imkon bermoqda.
Oʼzbekiston katta turistik potentsialga ega va jahon turistik bozorida oʼz mavqei bor mamlakat. BTT maʼlumotlariga qaraganda, 2010 yilda dunyodagi turistlar soni 1 mlrd. kishidan ortadi, turizmdan olinadigan daromad esa 1550 mlrd. АqSh dollariga yetadi.
Tarixdan maʼlumki, Uzbekiston Yevrosiyoning boglovchi yulining chorraxasida joylashgan. Ushbu xolat respublikaning tashki siyosati strategik yunalishini kengaytirish, yevrosiyo iktisodiy va madaniy kuprigi-da muxim rolь uynaydi. U Osiedagi siyosiy barkarorlik, xukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iktisodiy siyosat iktisodiy isloxotlarning asosi xisobolanadi. Eksportga yunaltirilgan iktisodiyotni rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri - turizm industriyasidir. Turizm - bu ishbilar-monlik soxasining muxim xususiyatlaridan biri bulib xorijiy turistlar doimiy okimini jalb kiladi. Buning natijasida respublikaga zarur bulgan valyuta tushumini taʼminlaydi. Xal=aro turizmni zamonaviy, ilmiy asoslangan щolda amalga oshirish \oyasini ruyobga chikarish XIX asrning 40-yillariga tы\ri kelgan bыlib, bu jarayon sanoatning rivojlanishi va ishlab chikarishning takomillashuvi bilan bo\li=dir. Bu va=tga kelib, turistik sayoxatlar poezdlar, avtomobillar va paroxodlarda amalga oshirila boshlandi, ular avvalgi transport vositalalaridan tubdan far= =ilishi bilan xarakterlidir. Insonlarning meщnat =obiliyatini sa=lash va rivojlantirishga =aratilgan ijtimoiy strategiyaning muщim soщalaridan biri bыlgan turizmning sezilarli darajada faoliyat kыrsatishi uchun yetarli shart-sharoitlar aynan shu davrda paydo bula boshladi. Bu davrda i=tisodiy tomondan ыzini ыnglab olgan mamlakatlarda kishilar olamni kengro= bilish ma=sadida dunyoning turli xil burchaklariga sayoxat =ila boshladilar. Zamonaviy, xar tomonlama puxta ishlangan reja asosida turizmning yangi bos=ichini dunyoda birinchi bыlib asli duradgor bыlib ishlagan Buyuk Britaniyalik Tomas Kuk 1841 yilda boshlab berdi. Tomas Kuk oldingi kasbini tashlab, bor imkoniyati bilan xal=aro sayoxatlarni tashkil etish uchun yangi kasbni ijod eta boshladi.
Tomas Kuk zamonaviy turizmni Аngliyaning ikki shaщri orasida amalga oshirdi. U “Temperake” (Yashil Oy) jamiyati aʼzolarining Dolngborg shaщrida ichkilikka karshi kurash masalasiga bagishlangan anjumanga olib borish uchun poezdni ijaraga oldi. “Midlard Railways” shirkati bilan shartnoma tuzgan Kuk birinchi marta maxsus borish-kaytish chiptalarini bostiradi va Lankastr-Dolngborg orasidagi yыl sayoxatini eng takomillashtirilgan щolda amalga oshirishga erishdi. Bu sayoxatning narxi kishi boshiga bir shillingdan tы\ri keldi. Bu narx usha paytda eng arzon xisoblanar edi. Uning uzi щam bu jamiyatga aʼzo bыlgani uchun sayoxatdan foyda olmadi, lekin kilgan xayrli ishdan nafakat jamiyat aʼzolari, balki bosh=a kishilar щam manfatdor bыlgani uchun Kuk bu ishni katta biznesga aylantirishga karor kildi.
Tomas Kuk 1846 yili faoliyatini rivojlantirish ma=sadida kushni davlat bыlgan Shotlandiyaga poezd va paroxodda sayoxatlar uyushtirdi. Bu sayoxatlar muvaffakiyatli chikdi. Endi bunday sayoxatlar dasturlarini ishlab chikib pul topish Kuk va uning ugli uchun biznes faoliyatiga aylanib ulgurgan edi. Kuk 1860 yilda London shaщrida dunyoda birinchi bыlib ыzining xususiy turistik korxonasini ochdi va bu korxona “Thomas Cook Travel” nomini oldi. Bu turistik korxona xozirgi kunda ham uz faoliyatini davom ettirib kelmokda. Kuk va uning ugli firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib Shimoliy Аmerikaga щam sayoxat uyushtirishni boshlab, tajribalar orttirdi va maʼlum ijobiy natijalarni kulga kiritdi. Kuk Shimoliy Аmerikaga olib borgan turistlar guruщini Nʼyu-York, Vashington, Richmond, Buyuk Kullar soxillari, Ichki Urush щududlari, Kentukki, Niagara sharsharasi va Monterial bыylab sayoxat kildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha щududlariga sayoxatlar uyushtirilishi natijasida “Sayoxat kilmokchi bulsangiz Tomas Kukka murojaat =iling” degan shior paydo bыldi va bu shior butun dunyoga tarkala boshladi.
Xal=aro turizmning rivojlanishi, shu bilan birgalikda turfirma va turagentliklarning faoliyati Birinchi Jaxon urushi boshlanishi bilan tыxtab koldi. Turt yillik urush tugashi bilan, 1919 yildan boshlab xarbiy samolyotlarning fukarolarni tashishga moslashtirilishi natijasida turistik firma va turagentliklarning faoliyati yana jonlana boshladi. Xal=aro turizmning =is=a va=t ichida ыzini tiklab olishi va rivojlanishiga bir =ator yetarli asoslar bor edi.
Аvvalo, turizm rang-barang taassurotlardan xosil bыlgan fikr va tasavvurlarni yanada boyitadi, insonlarning ruxiy щolatiga taʼsir etadi va ularning faol meщnat faoliyatini davom ettirishiga zamin yaratadi. Insonning shaxs sifatida kamol topishida щam turizmning aщamiyati katta. Turizm kishilarning atrof-muxit, safardan olgan taassurotlari asosida ularning intellektual madaniyatini oshirib, shu orkali kishilarning ijtimoiy madaniyati =anday darajada ekanligini kыrsatib bermo=da. Rivojlangan mamlakatlarda oila byudjetining salmokli щissasi xal=aro sayoxatlar va dunyo xal=lari urf-odatlarini ыrganish va turistik xizmatlarni sotib olish uchun sarflanayotgani soщaning kelajagini belgilaydi.
Oʼzbekistonda turizmning rivojlanishiga toʼsqinlik qiladigan sabablar quyidagilar boʼlishi mumkin :
• mehmonxona va transport xizmati koʼrsatish darajasining, turistlarning ovqatlanishi va dam olishi tizimining jahon standartlari darajasiga mos kelmasligi;
• xizmat koʼrsatish darajasi ancha past boʼlgani holda ularning narxini oshirib yuborish;
• milliy marketing axborot tizimi va reklamaning har xil shaklari yoʼqligi;
• koʼplab turistik firmalar xodimlari malakasining bugungi kun talablariga javob bermasligi va bu firmalarning asosan xorijiy turizmga moʼljal olishi.
Iqtisoiy munosabatlarning transformatsiyalashuvi sharoitlarida turizmni rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirishning muhim omili xoʼjalik yuritishning yangi shakllarini izlash hisoblanadi. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan anʼanaviy shakllar faoliyat koʼrsatmoqda. Аgar yoʼllanmalarning narxi doimiy oshib boradigan boʼlsa, dam oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitlarda Oʼzbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi. Ichki turizmni rivojlantirish, yoshlar, aholining kam taʼminlangan qatlamlari, urush va mehnat veteranlari oʼrtasida turistik-ekskursiya faoliyatini yaxshilash, taqdim etiladigan ijtimoiy qatlamlarning sifatini oshirish masalalari ham hal qilinishini kutmoqda.

Uzbekistonda ichki va xalkaro turizmni rivojlantirish uchun respub-lika raxbariyati va xukumati bir kator chora-tadbirlarni ishlab chikmokda. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi prezidentining 2.06.95. yildagi «Uzbekiston Respublikasining Buyuk ipak yulini tiklashda katnashuvini faolllashtirish va Uzbekistonda xalkaro turizmni rivojlantirish tugrisida»gi farmoni, Uzbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining 3.06.95 yildagi № 210 sonli «Uzbekiston Respublikasida xalkaro turizm-ning zamonaviy ifratuzilmasini tashkil kilish tugrisida»gi karori va boshkalar.


Xukumatning asosiy roli, Uzbekistonda turizmni rivojlantirish uchun kulay shart - sharoit yaratishda namoyon bulmokda. Xukumat tomonidan talab doirasidagi konun va karorlar kabul kilinmokda, rivojlanishning xukukiy asoslari yaratilmokda.
Uzbekiston Respublikasi prezidenti I.А. Karimovning 1992 yil «Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va jaxon bozorining turindustriyasiga kirish tugrisida»gi farmoni ushbu tarmokda uzgartirish kiritishga start berdi. Turizmni rivojlantirish dasturiga binoan, davlat tomonidan turizm milliy madaniyatni, iktisodiyotni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida karalmokda.
Turizm soxasida davlat siyosatining asosiy yunalishlari kuyidagilarda namoyon bulmokda:
-respublika iktisodiyotining asosiy tarmogi bulmish turizmni rivoj-lantirish uchun kulay sharoit yaratish;
-turizm soxasida bir kancha kulayliklarni taʼminlash;
-turizm soxasida xukukiy va normativ bazalar yaratish;
-turizmda rakobatni takomillashtirish;
-keng kamrovdagi turizm potentsialini yaratish va targibot ishlarini olib borishdan iborat.
Turizm korxonalarini konuniy aktsiyalashtirish amalga oshirildi. Misol tarikasida «Uzbekturizm» milliy-kompaniyasining bir kator obʼektlarini xususiylashtirishni olishimiz mumkin. «Uzbekturizm» milliy kompaniyasining 75 % dan kuprok obʼektlari xususiylashtirildi. Turistik yoʼnalishlarning paydo boʼlishi va shakllanish omillari har xil boʼlib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm soxasi uchun birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba imkoniyati hisoblanadi (ishchi mutaxassis boʼlishi mumkin, lekin maxsus bilim va tajriba boʼlmasa turizmda ish ketmaydi), turmaxsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, klimatik ob-havo sharoitlariga, tarixiy va arxeologik holda arxitektura joylarining sifat koʼrsatkichlariga, milliy oʼyinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab yoʼnalishlar shakllanadi.
Turistik yoʼnalishlarni shakllantirishning asosiy omillarining umumlashtirilgan shakli boʼlib quyidagi guruxlar hisoblanadi: turistlarni qabul qiluvchi transportlar, mexmonxona va restorandagi joylar, kadrlarning soni va sifati, turistlarga koʼrsatiladigan turmaxsulotlar soni va sifati, turmaxsulotlarni reklama qilish soni va sifati. Turizmda yoʼnalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy oʼsishiga quyidagi gurux omillar taʼsir qiladi:
-siyosiy omillar, ikki davlat oʼrtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;
-iktisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infrastrukturaning sifati, iqtisodiy yengilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari;
-tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va koʼllar, yer osti davolovchi suvlar, togʼlardagi chiroyli manzaralar;
-ilmiy-texnik omillar, zamonaviy xizmat koʼrsatish yoʼllari va usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar;
-yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus maʼruza matnlarining mavjudligi va h.k.
Yukorida kayd kilinganidek, davlat siyosatining asosiy yunalishlaridan biri - turizm faoliyatini amalga oshirish va rakobatni kuchaytirishga karatilgan. Shu tufayli, turizm iktisodiyotida xususiy tarmokni rivojlantirishga keng yul ochib berildi.
Respublika xukumati turizm soxasida tadbirkorlik faoliyatini ragbatlantirmokda. Bundan tashkari, turizm sanoatida xorijiy investitsiya-lar uchun barcha kulayliklar yaratilmokda. Jumladan. Uzbekiston Respublika-sining solik konunchiligiga binoan xorijiy investorlarga bir kancha kulayliklar berilgan. Ularga kuyidagilar kiradi:
1.Davlat axamiyatiga ega investitsiyalar xukumat tomonidan kafolatlanadi. Taʼkidlash lozimki, bu turizm soxasining barcha tarmoklarida tadbirkorlikni iktisodiy barkarorlashtirishning bakuvvat dastagi xisoblanadi.
2.Toshkent, Samarkand, Buxoro va Xiva shaxarlari xududida yangidan tashkil topgan turizm korxonalari birinchi foydani olguncha barcha soliklardan ozod kilinadi. Fiskal imtiyozdan tashkari, turizm biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy ragbatlantirish stavkali imtiyozli kreditlar berish, yangi turizm obʼektlarini kurish uchun ssudalar berish yulga kuyilgan
Taʼkidlash lozimki, davlatning aosiy kapital kuyilmalari turizm soxasi rivojining zaxirasi xisoblanadi. Buxoro va Xiva shaxarlarining 2500 yilligini nishonlash jarayonida «Uzbekturizm» milliy kompaniyasi 100 dan ortik turizm obʼektlarini taʼmirladi va zamonaviy kurinishga keltirdi. Ushbu obʼektlar saklash za xorijiy sayyoxlarga kursatish uchun xokimiyatlarga ijaraga berilgan.
Uzbekiston Respublikasi xukumati mamlakatda turizm infratuzili-shini rivojlantirishga xam xarakat kilmokda. Vazirlar maxkamasining №210 sonli «Xalkaro turizm infratuzilmasini rivojlantirish tugrisida» gi karoriga binoan «Uzbekturizm» milliy kompaniyasi transport, soglikni saklash va kurilish tarmok vazirliklari bilan birgalikda mamlakatda yangi turizm tarmogini rivojlantprish servis xizmat kursatish sifatini oshirishga xarakat kilmokda. Uzbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining transport alokalari infratuzilmasini takomillashtirish maksadida №450 (19.12.96 yil) «Uzbekiston Respublikasi magistral yullarida 2000 yilgacha bulgan davrda avtoservis infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tugrisida» karori kabul kilindi. Ushbu karorga binoan Buxoro, Xiva, Samarkand va Toshkent shaxarlarida 100 mln. sum mikdordagi avtoservis komplekslari kurilishi amalga oshirilmokda.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining № 40 (21.02.97 yil) «Uzbekiston Respublikasining 1997 yil uchun investitsion dastur tugrisida»gi karoriga binoan turizm soxasida yangi obʼektlar kurish reja-lashtirildi. Bular, birinchidan, «Buyuk», «Biznes-markaz» va respublika viloyatlarida yangi mexmonxonalar kurish; ikkinchidan, Tonkent. Samarkand, Buxoro va Urganch shaxarlaridagi aerovokzallarini taʼmirlash; uchinchidan, Toshkent-Samarkand-Buxoro avtoyullarida yangi servis markazlarini kurish; turtinchidan, «Uzbekturizm» milliy kompaniyasi kupgina obʼektlarini tijorat banklari kreditlari xisobiga taʼmirlash davom etmokda.
Uzbekiston Respublikasi xukumati raxbarligida «Uzbekturizm» milliy kompaniyasi Butunjaxon turizm tashkiloti bilan birgalikda va BMT rivojlanish dasturi kumagida «Uzbekistonda turizmni barkaror rivojlantirish» milliy proektini ishlash uchun xalkaro ekspertlar guruxini tuzdi. Ushbu guruxga Maykl Jozef Mak Nalti boshchiligida Uzbekiston, Buyuk Britaniya, Irlandiya, АKSh va xindistonlik yukori malakali mutaxassislar kirdi. Proektning asosiy maksadi - mamlakatga kup mikdorda xorijiy sayyoxlarni jalb kilish, turizm tadbirkorligini daromadli tarmoklardan biriga aylantirish, mutaxassis kadrlar taerlashni takomillashtirish. Rakobatbardosh va kuchli turizm soxasi bilan jaxon bozoriga chikishdan iborat. Xorijiy ekspertlarning baxolashicha, Uzbekistonda turizmning yillik usishi 7 % ni tashkil kiladi.
Shunday kilib, turizm soxasida davlat siyosatini asosiy yunalishi turizmni respublika iktisodiyotining daromadli tarmogiga aylantirish, turizm soxasida xukukiy va normativ bazasini shakllantirish uchun kulay sharoit yaratishga karatilgan. Uzbekiston raxbariyati turizm faoliyatini amalga oshirish, rakobatni takomillashtirish uchun barcha kulaylik va imkoniyatlarni yaratmokda. Davlat siyosati turizm soxasini rivojlantirish uchun dikkat-eʼtibori servis xizmat kursatish sifatini oshirish, zamonaviy turizmni yaratish, keng kamrovdagi turizm potentsialini yaratish va targibot ishlarini olib borishga karatilgan.

Har kanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Tannarx auditining maqsadi xususan


quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobida tannarx bilan bevosita bog’liq xarjatlarning holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniyligini tekshirish.
Tannarx auditini rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar bilan belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik
tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Tannarx auditini rejalashtirish ham quyidagi bosqichlarga bo’linishi lozim:
a) mahsulot tannarx auditini dastlabki rejalashtirish;
b) mahsulot tannarx auditining umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) mahsulot tannarx auditi dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonada auditorlik tekshiruvini shuningdek tannarx auditini o’tkazish ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik va o’rta biznes korxonalariga taaluqli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida tannarx auditi dasturini batafsil tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta bo’lib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq kilishlari mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin.
Mahsulot tannarxi auditining umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, mahsulot(ish, xizmat) bilan bog’liq dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va ahamiyatlilik darajasini aniqlash, mahsulot tannarxini auditi bo’yicha dasturni tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga takdim etish va xokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim. Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Shundan kelib chiqib, auditor tannarx auditini o’tkazish uchun uning muddati va grafigini tuzib olishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
- kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida) va haqiqiy mexnat xarajatlari;
- ahamiyatlilik darajasi;
- auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;
- auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
- auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliyaxujalik faoliyati bilan tanishtirish ;
- auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
- auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz faoliyatida mahsulot tannarxi bo’yicha 100% hujjatlar va jarayonlarni to’liq tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur. Tannarx auditi rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini xujalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim
uchastkalarini batafsilrok tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish, auditorning tekshiruv chog’idagi xatti - xarakatlari mijoz korxona rahbariyati uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan xujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan takdim kilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir. Standartga muvofik tannarx auditining rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda mahsulot tannarxi hisobi to’g’ri olib borilayotganligi bo’yicha barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riknoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining tannarxga oid bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha xatti-xarakatlari aks etirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan
nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturni har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xotimasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalteriyada tannarxning to’g’ri hisobga olinishini, xarajatlarning to’g’ri aks ettirilishini, moliya-xujalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya xisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Mahsulot tannarxi auditini rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalteriyada mahsulot tannarxiga tegishli va davr xarajatlari xisobining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash. Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
- tannarx auditini o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;
- bajariladigan ishlar hajmi;
- auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish xamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
- o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
- maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
- tekshiriladigan korxona faoliyatida mahsulot tannarxini hisobga olgan holda yangi konunlar, nizomlar, yo’riknomalar va boshka aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi;
- tekshiriladigan korxonaning xarajatlar hisobi tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlash;
- ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi;
- ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
Ishchi hujjatlarning tafsiloti tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi. Mahsulot tannarxi auditorlik tekshiruvini rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi:
a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish;
b) tekshiriladigan korxona iktisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish.
Korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik shakllariga, balki karorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga xam bog’lik. Bashkaruv jarayonini bilish nafakat auditorga zarur
bo’lgan materiallarni to’plash uchun, balki uning hisobotidan asosiy foydalanuvchilarni aniqlab, uning ishlaridagi xatarli vaziyatlarni to’g’ri baholashda ham unga yordam beradi. Tekshiriladigan korxonaning maksadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir. Korxonaning maqsadlarini aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur: mahsulotlar va xizmatlarning asosiy turlari; boshqa korxonalar, guruxlar bilan birlashishga oid yoki korxonaning sotib olish, sotish bo’yicha rejalari; ilmiy tadkikot va tajriba konstruktorlik sohasidagi yirik korxonalar; rejalashtirilgan kapital qo’yilmalar; yangi bozorlarga chiqish rejalari; axborot texnologiyasidagi o’zgarishlar, soliqlarni rejalashtirish strategiyasi. Mijozning muomalalari haqidagi ma’lumotlar auditorga o’zining xatarli holatlarini to’g’ri baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o’tkazishga ketadigan vaqtni tejashda yordam beradi. Tekshiriladigan korxonaning mahsulot tannarxini shakllantirish bo’yicha hisob yuritish siyosatini bilish auditorga har xil schyotlarni tekshirishning samarali metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Eng muhimi, auditor amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda tekshirilayotgan korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni xujjatlar aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari qanday taqsimlanayotganligini ko’rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari (o’zaro bog’lanishlari) qabul qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi kabi masalalarni bayon qilish lozim. Ko’pchilik auditorlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart,
markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo’ysundirilgan va shuning uchun uni bayon qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto’g’ri fikrga ega. Ular bunday fikrga asoslanib auditni rejalashtirishning bu qismiga etarli e’tibor bermaydilar. Bunday yondoshuvga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib keladiki, unda turli korxonalar nafaqat o’z xususiyatlarini, balki namunaviy schyotlar va registrlar nomi ostida ham xatolarini yashiradilar. Masalan, 1010-1090 «Materiallar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarni balansda hisob baholarida aks ettirish hollari ko’p uchraydi. Hisob yuritish siyosatidagi «ishlab chiqarish zahiralarining hisobi ularning o’rtacha sotib olish bahosi bo’yicha yuritiladi» degan yozuv ostida nafaqat o’rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma xil usullari, balki ulardan to’g’ridan - to’g’ri voz kechish va materiallarni korxona uchun eng qulay bo’lgan baholarda hisobdan o’chirish va shunga o’xshashlar yashirinishi mumkin. Buxgalteriya xodimlari korxonada yuritiladigan oborot
vedomostlari va shunga o’xshashlarni jurnal-orderlar deb tushunib, hisob jurnal-order shaklida yuritilishini tasdiqlashlari ham mumkin.
Har bir auditor, garchi bitta mahsulot tannarxi auditorlik tekshiruvida to’lik ishtirok etgan bo’lsa ham, buxgalteriya hisobida xarajatlarni tartibga solish va soliqqa tortishning mavjud tizimida istalgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalterlik (moliyaviy) hisobotining u yoki bu darajadagi xatolarga yo’l qo’ymasligi o’ta murakkab ekanligini tushunib etadi. Auditor bunday xatolarni aniqlaganida quyidagi vazifalarni xal etishi lozim:
- buxgalterlik hisobotidagi xarajatlar bilan bog’liq xatolarning buzib ko’rsatilishini bayonini yozish;
- buxgalterlik hisobida xarajatlar hisobining qonunchilik bilan belgilangan koidalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan yoki ataylab buzilgan hollar aniqlanganida auditorlik tashkiloti qanday ish tutishi xususiyatlarini aniqlash;
- buxgalteriya xisobotining ishonchliligiga ta’sir qiladigan xatolar auditor tomonidan aniqlanganligi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti mas’uliyatlarini bir-biridan ajratib belgilash;
- buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning buzib ko’rsatilish xavf-xatari omillarini aniqlash. Ko’pincha auditor mahsulot tannarxi auditini o’tkazish chog’ida buxgalteriyada xarajatlarning tannarxga qanday maqsadlarda ataylab xatolar kiritilganligini aniqlashga urinib, unga
xos bo’lmagan funktsiyalarni zimmasiga olishga xarakat qiladi (balki buxgalterlik hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazli maqsadlar ko’zlangan bo’lishi mumkin). Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining buxgalterlik hisobotida xatolar paydo bo’lishiga olib keladigan, ataylab qilingan xatti-xarakatlari (yoki loqaidliklari) to’g’risida xulosa qilish faqat vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini auditor hisobga olishi zarur. Auditor
uchun muhimi aniqlangan xatolarning axamiyatli yoki axamiyatsiz ekanligi. Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha tegishli buxgalteriya hujjatlariga tegishli o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor audit jarayonida aniqlangan
buxgalterlik hisobotidagi buzib ko’rsatilgan faktlar to’g’risidagi ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak. Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham shuni
unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab va bilmasdan buzishlarning yuzaga kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni bartaraf qilmaganligi yoki kechikib to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari javobgardir. · korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish
majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinishi;
- mahsulotlarni to’lik va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan yo’qotishlar
(jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
- chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning bajarilishi;
mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar;
- mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar bajarilmasligi
oqibatida ko’rilgan zararlar;
- xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik hisobi va dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
Hisob siyosatida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Materiallarni sotib olish va tayyorlashni hisobga olish tartibi:
Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni hisobdan o’chirish usullari:
- xar bir birligining tannarxi bo’yicha.
- o’rtacha tannarx bo’yicha (AVECO).
- moddiy ishlab chiqarish zahiralarining birinchi sotib olingan tannarxi bo’yicha navbati bilan (FIFO) Xarajatlarni va muomala sarflarini hisobga olish uslubi:
- maxsulotlar tannarxini shakllantiradigan xarajatlarni hisobga olish (2010,2310,2510) balans schyotlarida amalga oshiriladi.
- to’liq bo’lmagan ishlab chiqarish tannarxi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va hisobdan o’chirish tartibi.
Kelgusi davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi:
- bir tekisda;
- mahsulot hajmiga mutanosib ravishda.
Boshqaruv va tijorat sarflarini tan olish tartibi:
- hisobot yilida ular to’lik tan olinadi.
- sotilgan va sotilmagan tovarlar (maxsulotlar) o’rtasida taqsimlanadi.
Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi. Nazorat tizimining ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan,
shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat. Agar auditorning fikricha, ichki nazorat tizimi ishonchli bo’lsa, bunda u tekshiruv ob’ektlaridan birortasi
bo’yicha schyotlar yoki muomalalarni tekshirishni to’lik yoki qisman ichki nazorat tizimining ishlashini tekshirish natijasi bilan almashtirishi mumkin. Agar, ichki nazorat tizimi ishonchli va sezilarli darajada izdan chiqmasdan ishlayotganligini aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik
ma’lumotlarida ham katta xatolar yo’q deb taxmin qilishga haqlidir. Agar mabodo ichki nazorat tizimi samarasiz bo’lsa, auditor uning kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli vaziyatlarni bartaraf
qilish uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi lozim. Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim.
O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan taxlikali vaziyatlarni baholashda to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Lekin, u agar butun
auditning taxlikali vaziyatlarini qulay deb baholagan bo’lsa, shuningdek, korxonaning ichki nazorat tizimini ham ishonchli deb bilmasligi lozim.
Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor olingan ma’lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot
tayyorlab, unda quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va printsiplari; rahbariyatning ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ichki nazoratga taaluqli kandaydir maxsus talablar yuk. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baxolashda ikkita omilga tayanadi:
- ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun ham bir xil - buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash; - auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza qilish natijalarini aks ettirish zarur. Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi auditni rejalashtirish, shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Nazorat muhitining ahvoli rahbarlarning ish uslubi, ularning dunyo qarashi, nazorat va xodimlar ustidan nazorat maqsadini tushuntirish tizimining samaradorligiga bog’lik.

Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:


1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib
tashlangan holda);
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
3. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi;
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom-ashyo va materiallar,butlovchi
buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar,ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi. Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati ularni sotish,foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib,mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur.. Shuningdek,mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan qo’shimcha narx(ustama)dan,ta’minlovchi,tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan,shu jumladan
brokerlik xizmatlari bilan birga,bojlar va yig’imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur. Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish,xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi
sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi. Auditor tomonidan hisob siyosatiga mos ravishda material xarajatlari tannarxga olib borilishini ham tekshirish lozim.

«ZIYONUR AUDIT» auditorlik tashkiloti auditori tekshirishda buxgalter qaysi usuldan foydalanib materiallarni tannarxga olib borayotganligiga e’tibor bergan. Yuqoridagi misolda korxonada hisob siyosatiga muvofiq FIFO usulidan foydalanish lozim bo’lsada, unga rioya qilinmagan. Bu erda oy oxiriga qoldiq 366600 so’m (12*28300+1*27000) bo’lishi lozim edi. Tabiiyki, mahsulot tannnarxida ham 61100 so’m tafovut vujudga keladi. Bu mahsulot tannarxini


oshishini ta’minlab to’lanishi lozim bo’lgan soliqni kamaytiradi. Bu esa ancha salbiy vaziyatga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlarining tarkibi «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan. Mahsulotlar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli,ishbay ishlar uchun naryadlar,hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish,madaniy-maishiy va sh.o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash
xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulotlar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim. Auditor xatoliklarni aniqlash bilan birga ish haqi hisoblashda maqbul yo’llar bo’yicha takliflar ham berishi lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida 15 ta ishchi band bo’lib, soatbay ish haqi stavkasi – 1500 so’m va bu normativ stavka bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga korxonada premiyali (rag’batli) to’lov turi ham mavjud, unga ko’ra 100% dan oshgan samaradorlik darajasining yarmi miqdorida soatbay ish haqiga nisbatan to’lanadi, ya’ni agar samaradorlik darajasi 110% ni tashkil etsa, soatbay ish haqi 1575 (1500+1500*5%) so’mni tashkil etadi. Oy davomida korxonada 154 ta kompyuter 172 soatda yig’ildi. Normativ bo’yicha esa soatiga 0,7 ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. Bunda norma bo’yicha korxonada 120ta kompyuter yig’ilishi
lozim edi. Korxonada esa soatiga 0,9 (154:172) ta kompyuter yig’ilgan. Ya’ni samaradorlik 130% ni (0,9:0,7) tashkil etgan. Ishchilarga norma doirasida 258000 (172*1500) so’m to’lanadi, shu bilan birga 38700 (172*1500*15%) so’m rag’batlantirish summasi ham to’lanadi. Korxonalarda bunday usullarni qo’llash korxona samaradorligini oshirishda albatta sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari elementiga byudjetdan tashqari
majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulotlar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx,yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda
ishlaydigan ishlovchiga bergan 80000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 24%- 19200 so’m, bandlik xizmatiga 2,5% - 2000 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 80000 s ,Dt 2010 Kt 6520 - 19200 so’m,Dt 2010 Kt 6530 – 2000 so’m).Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib,jami 101200 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa
tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi. Moddiy rag’batlantirish summasi ( 80000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha ajratmalar
(19200 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan,korxonaning o’z mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi elementi bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi. Ta’kidlash joizki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga
amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul; Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish usuli); Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul); Kamayib boruvchi qoldiq usuli. Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim. Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o’zgarmaganligiga, agar o’zgargan bo’lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqqa o’zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar
ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar ob’ektlarining butun foydali xizmat qilish muddati davomida to’xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining qaroriga muvofiq qayta jihozlash (rekonstruktsiya) va zamonaviylashtirish (modernizatsiya) uchun o’tkazilgan, hamda konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalar bundan mustasno. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash yillik summasi quyidagicha aniqlanadi:
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usulda -muayyan asosiy vosita ob’ektining dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yori va foydali xizmat qilish muddatidan kelib chiqib aniqlanadi. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish usuli) bo’yicha amortizatsiya hisoblash faqat asosiy vositadan foydalanish natijasiga asoslanib, uni hisoblash chog’ida vaqt oralig’i rol o’ynamaydi. Masalan, stanokning dastlabki qiymati 800000 so’m,qoldiq qiymati 50000 so’m va foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarishi lozim bo’lgan mahsulot esa
60000 dona mahsulot. Bunda 1 dona mahsulotga to’g’ri keladigan amortizatsiya xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
Dastlabki qiymat - qoldiq qiymat = 800000 – 50000 = 12,5 s ish birligi hajmi 60000 Bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 12,5 so’mga ko’paytirilib, bir yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Masalan, stanok birinchi yili 10000 ta mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Demak, birinchi yil uchun amortizatsiya summasi: 10000 ta x 12,5 = 125000 so’m.
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul) muayyan asosiy vositaning foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar yig’indisi asosida aniqlanib, ushbu yig’indi hisob-kitob koeffitsienti uchun maxraj qilib olinadi. Foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar soni esa surat qilinib, kamayib borish tartibida teskari joylashtiriladi. Masalan, stanokning xizmat muddati 5
yil. Xizmat yillari yig’indisi (kumulyativ son) 15 ga teng (1+2+3+4+5 q 15). Har yil uchun amortizatsiya hisoblash koeffitsienti esa quyidagicha bo’ladi (2.4jadval).
So’ngra har bir koeffitsient (kasr) amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirilib, tegishli yil uchun amortizatsiya summasi aniqlanadi.

Xulosa.
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlarga qaramay, mamlakatimizdagi turizm sanoati yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishni koʼpaytirib borayotgan xalq xoʼjaligi tarmogʼi boʼlib qolmoqda. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan anʼanaviy shakllar faoliyat koʼrsatmoqda. Аgar yoʼllanmalarning narxi doimiy oshib boradigan boʼlsa, dam oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitlarda Oʼzbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi.



  1. Download 205.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling