Mintaqaviy turizm resurslari
Turistik resurslar asosiy tuzilishiga ko’ra tavsiflanishi korgazmali tarzda berilgan. Turistik resurslar jozibadorligi, ko’rkamligi, iqlimiy sharoiti, boorish mumkinligi, ekskursion ahamiyati, manzarali tuzilishi, ijtimoiy-demograik tarkibi, qayta ishlab chiqarish darajasi, foydalanishga qodirligi, noyobligi bilan bir-biridan ajralib turadi.
jozibadorligi, ko‘rkamligi;
iqlimiy sharoiti;
borish mumkinligi;
ekskursion ahamiyati;
manzarali tuzilishi;
ijtimoiy-demografik tarkibi;
qayta ishlab chiqarish darajasi;
foydalanishga qodirligi;
noyobligi va boshqalar.
Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko‘ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar. 1.3.3-rasmda rekreasion resurslarning tarkibi ko’rgazmali tarzda berilgan.
|
Rekreasion resurslar
|
|
|
|
|
Tabiiy
|
|
Antropogen
|
|
|
|
Iqlimiy (quyosh radiasiyasi, harorat, yog‘in, namlik, shamol va b.)
Geologik (mineral, dengiz suvlari, shifobaxsh balchiqlar)
Biologik (o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproqlar va b.)
Landshaftlar (tog‘, o‘rmon, sharshara, sohillar va b.)
|
|
Madaniy-tarixiy (madaniy va diniy markazlar, ziyoratgohlar, muzey, milliy bog‘lar, tarixiy obidalar)
Axborot (kutubxona, ko‘rgazmalar)
Sport
Ko‘ngilochar obektlar
Urbanistik
Boshqalar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |