Mavzu: Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari Bajaruvchi
Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari
Download 205.47 Kb.
|
[Kurs ishi] turizmni xaritalashtirish
Markaziy Osiyolik olimlarning sayohati marshrutlari
So‘ngi yillarda turizmning tez sur’atlarda o‘sishi va ta’sir doirasining kuchayishi dunyo mamlakatlari o‘rtasida aloqalarning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, turizm jahon va milliy iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Turizm mintaqaviy daromadning o‘sishi, infrastrukturaning shakllanishi, yangi ish joylarini yaratish orqali bandlik muammosini hal qilish, davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirgan holda, mintaqaviy rivojlanishning barcha tamonlariga ta’sir etadi. Shunday ekan oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri mamlakatimizda mintaqaviy turizmni rivojlantirishdir. Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantrish evaziga o‘z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko‘payishini ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqaro aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko‘payadi va h.k. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli shou dasturlarda qatnashadilar. Bularning hammasi naqd pul, ko‘p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining ko‘payishini ta’minlaydi. Shu sababdan turistik resurslarning turizm faoliyatida iqtisodiy mazmuni oshib boradi. Shunday qilib, turistik resurslar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari resurslar mamlakat hayotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Buning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta’minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ladilar va ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o‘zlarining an’ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar. Turistik resurslarning iqtisodiy ahamiyati yana shundan iboratki, mamlakat tabiati ham turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakat ekologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlari qo‘llaniladi, tabiat resurslaridan turistlarning rohatlanishi uchun foydalanladi, manzarali maydonlarning yaratilishi imkoniyatini tug‘diradi, suv, havo, o‘rmonlarning tabiiy holda saqlanishi uchun harakat qilinib, turistlarni jalb qilinadi. Turizm sohasi hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining muhim qismi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga amaliy ta’sir etib kelmoqda, shu bilan bir qatorda, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Turizm sohasining mahalliy aholi hamda xorijiy fuqorolarning mazkur mamlakat(mintaqa)larning tarixi, tarixiy arxitektura obektlarlari, mahalliy aholining urf-odatlari, an’analari bo‘yicha intellektual salohiyatini oshirishi, ularning dam olish, davolanishi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga bevosita ijobiy ta’sir etib kelmoqda. Turizm xizmat sohasi iqtisodiyot, jamiyat hamda tabiat bilan hamohang tarzda rivojlanib kelmoqda. Hozirgi paytda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi funksiyalarda ifodalash mumkin: milliy foydani yaratish; yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish; davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba; aholi farovonligini oshirish; iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish; mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish; investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni; tibbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish. Mintaqaviy turizm iqtisodiyotning o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib, ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi ichki mahsulotining ko‘payishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan soha hisoblanadi. Hozirgi paytda turizm juda muvozanatsiz holatda rivojlanmoqda. Turistlarga sifatli xizmat ko’rsatishni tashkil qilish - dunyoning deyarli barcha shaharlarida joylashgan yirik turistik firmalar va turagentliklar tizimining faoliyati vazifasi hisoblanadi. Xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish va xizmat ko’rsatish dasturini ishlab chiqishda majmuali yondashuv to’g‘ri loyihalashtirishni taqozo etadi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, mamlakatimiz hududlaridagi ko‘pgina turistik firmalarda turizm faoliyatiga jiddiy munosabatda bo’lmaslik holatlari va rivojlanish umuman yo’qligi bilan birga yil davomida turistlarga xizmat ko‘rsatish hajmining pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda. Shuningdek, ayrim turistik resurslardan foydalanish darajasi ham unchalik yaxshi emas. Mamlakatimizda turistik resurslar, ulardan foydalanish va umuman turizm sohasi yetarli darajada yaxshi rivojlanishiga erishish uchun birinchi navbatda ushbu sohani mintaqalar darajasida rivojlanishga erishmog‘imiz lozim. Mintaqaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Mintaqaviy turizm mavsumiylik xususiyatga ega bo‘lib, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga qisqa muddatda harakatining sodir bo‘lishi bilan belgilanadi. Bunda odamlar yakka bo‘lib emas, balki guruh-guruh bo‘lib harakatlanadi. Mintaqaviy turizmning bu xususiyati, ta’kidlanganidek, qisqa muddatliligi. Ko‘p hollarda bu 2-3 kun, asosan, dam olish kunlariga to‘g‘ri keladi. Ta’til davrida bir haftalik, o‘n kunlik turistik sayohatlar ham bo‘lishi mumkin. Uning mavsumiyligi shundaki, ko‘p hollarda tabiat qo‘yniga sayohat qilish bahor, yoz va kuz oylarida amalga oshiriladi. Ayrim turistik yurishlar qish manzarasini tomosha qilishga qaratilgan bo‘ladi. Umuman olganda bahor, yoz oylari sayohat uchun qulay fasllar bo‘lib hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlashimiz kerakki, mamlakatimizning ayrim mintaqalaridagi turistik resurslaridan kunlarning juda sovib yoki isib ketishi nuqtai nazaridan foydalanish darajasi pasayadi yoki umuman yo‘qoladi; Turistlarning doimiy yashash joyidan boshqa joyga borishi tushuniladi. Ishlab pul topish maqsadidagi harakati bunga kirmaydi. Bu harakat bitta hudud, bir mamlakat ichida va mamlakatlararo ham bo‘lishi mumkin; Mintaqaviy turizmga faqat bo‘sh vaqtida dam olish, uni faol o‘tkazish usuli sifatida qaralishi ham uning o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Ko‘p hollarda boshqa hududlarda sayr qilish, tomosha, o‘rganish kabi holatlar odamlarni xizmat safariga jo‘natganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerda maqsad ma’lum ishni bitirishga qaratilganligi tufayli uni turizmga kiritib bo‘lmaydi; Mintaqaviy turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma’naviy, ruhiy va intelektual ahamiyati ham juda katta. Bu ham mintaqaviy turizmning o‘ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi; Mintaqaviy turizm mintaqalar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mintaqaga daromad keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi, mintaqa aholisini ish bilan ta’minlash darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli tomoshalar qiladilar. Hammasiga naqd pul, ko‘p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining ko‘payishini ta’minlaydilar. Shunday qilib, mintaqaviy turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mintaqaviy turizm umumiy iqtisodiy o‘sishga, kam rivolangan mintaqalaming rivojlanishiga ko‘maklashadi. Yaxshi rivojlanmagan mintaqalarda turistik markazlarni ochish ko‘pgina davlatlaming asosiy usuli hisoblanadi. Tog‘ va qishloq joylarida turistik markazning tashkil qilinishi shu joylarning o’zlashtirilishiga, aholi turmush sharoitining yaxshilanishiga yordam beradi. Xalqaro va milliy darajada mintaqaviy turizmning rivojlanishi ko‘plab qishloq joylariga yangicha hayot olib kelishi, aholining jipslashuviga ko’mak berishi va shu joyning o’zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga katta turtki bo‘lishi mumkin. Mintaqaviy turizm rivojining kelajagini aniqlash uchun avvalo, mintaqaning moddiy-texnik bazasi, u yerdagi turistik resurslar hajmi va holati, turistik mahsulotga bo‘lgan talabni chuqur o‘rganish lozim. Bu ishda turistik resurslarning bahosini xaddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Masalan, ma’lum bir mintaqadagi tarixiy yodgorlik faqat shu joyning o‘zi uchungina kiziqarli bo‘lishi mumkin, xalqaro maydonda esa boshqa ko‘plab yodgorliklarning oldida mazkur yodgorlikning u qadar ahamiyati bo‘lmasligi va turistlarni o‘ziga jalb qilmasligi mumkin va shuning uchun ham bunday mintaqalarda moddiy-texnika bazani yaratishdan ko‘p foyda olish amri mahol. Turistik resurslarni baholashda, qo‘shni mintaqadagi resurslarni ham hisobga olish kerak buladi. Shunday qilib, qoloq mintaqada barpo etilgan turistik markaz uning rivoj lanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu kabi rivoj lanishning tashkil etilishi kelgusida iqtisodiy disproporsiyaning chuqurlashuvini keltirib chiqaradi. Turizm mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish sohasida ixtisoslashgan mintaqa va mamlaktlarga milliy foydani qayta taqsimlash imkoniyatini yaratadi. Turizmni rivojlantirish ko‘plab olisdagi aholisi kam va sanoati past darajada rivojlanayotgan lekin o‘zining tabiati, tarixiy-madaniy obektlari bilan o‘ziga tortadigan mamlakatlar (mintaqalar)ning yuqori sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi. Turizm mintaqa va mamlakatlarning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi katalizator vazifasini bajaradi. Turizm sohasi iqtisodiy faoliyatlardan tashqari aholining mehnat qobiliyatini rekreatsiya orqali qayta tiklash, keng miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, madaniy bilish va jamiyatni estetik rivojlantirish kabi qator ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi. Umuman olganda mamlaktimizda bu sohani rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qaralib, bu borada bir qancha ishlar olib borilmoqda xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rag‘batlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar natijasida turistik faoliyat subektlarining soni ko‘paymoqda. Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko‘p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. So‘nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to‘g‘ri kelmoqda. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirishga davlat darajasida qarab, barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, turistik resurslarga boyligi buning tasdig‘idir. Download 205.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling