Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 403.33 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi403.33 Kb.
#1498495
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nitrolovchi reagentlar

MUHIM VAKILLARI
Nitrobenzol-rangsiz yoki och-sarg’ish tusli, achchiq bodom hidli suyuqlik. 5,8 oC da suyuqlanadi, 210,8 oC da qaynaydi. Suvda kam eriydi. Suv bug’i bilan oson haydaladi, 98 oC da qaynaydigan 12 % nitrobenzol tutuvchi azeotrop aralashma hosil qiladi. Nitrobenzol zaharli.
Nitrobenzol sanoatda benzolni nitrolab olinadi. nitrobenzol organik sintezda ishlatiladi, undan asosan anilin olinadi.
Nitrotoluollar-toluolni 30-40 oC da nitrolab olinadi. reaktsiya mahsuloti tarkibida 60 % o-nitrotoluol, 36 % p-nitrotoluol va 4 % m-nitrotoluol bo’ladi. Izomerlar bir-biridan muzlatish va fraktsiyalab haydash yo’li bilan ajratiladi. Asosan orto- va para- izomerlar amaliy ahamiyatga ega.
Nitrotoluollar organik sintezda ishlatiladi. Ular qaytarilganda bo’yoqlar ishlab chiqarishda xom-ashyo hisoblanadigan toluidinlar hosil bo’ladi. Metil guruhni oksidlab nitrobenzaldegidlar va nitrobenzoy kislotalar olinadi.
Trinitrotoluol-sarg’ish tusli kristall modda, 80-81 oC da suyuqlanadi, 1,6407. Trinitrotoluol nitrotoluolni yoki dinitrotoluolni 100 % li nitrat kislotasi va kontsentrlangan sulfat kislotasining aralashmasi bilan nitrolab olinadi. Trinitrotoluol amalda ko’p ishlatiladigan portlovchi moddalardan biridir (trotil, tol).
Trinitrofenol (pikrin kislotasi)- sarg’ish tusli kristall modda, 122,5 oC da suyuqlanadi, suvda kam eriydi, achchiq tahmga ega.
Pikrin kislotasi fenolning sulfat kislotasidagi eritmasini nitrolab olinadi. 2,4-dinitrofenol nitrolanganda ham oson pikrin kislotasi hosil bo’ladi.
Pikrin kislotasi sariq bo’yoq sifatida ishlatilgan, portlovchi xususiyati 19-asrda aniqlangan. Pikrin kislotasining tuzlari pikratlar deyiladi. Pikratlar termik beqaror moddalar bo’lib, qizidirilganda portlaydi.
Pikrin kislotasi kuchli elektronaktseptor bo’lib elektronodonor birikmalar-arenlar, fenollar, aminlar bilan kristall holatdagi zaryad ko’chirish komplekslari hosil qiladi. Zaryad ko’chirish kompleksi hosil bo’lish reaktsiyasi organik birikmalarni suyuqlanish nuqtasi bo’yicha identifikatsiyalash uchun qo’llaniladi.

Download 403.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling