Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Shaxsning rivojlanishida diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazishga


Download 497.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana23.10.2020
Hajmi497.69 Kb.
#136153
1   2   3   4   5
Bog'liq
pedagogik diagnostika va uning oquv-tarbiya jarayoni samaradorligini taminlashdagi roli


 

2.2. Shaxsning rivojlanishida diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazishga 

pedagogik yondashuv 

 

Tajriba  o‘tkazish  davomida  rioya  qilish  kerak  bo‘lgan  talablar  qatoriga  quyidagilarni 

kiritish mumkin: 

1.  Sinaluvchilarga  ko‘rsatmalarni  yozma  ravishda  bir  xil  tarzda  ma’lum  qilmoqlik, 

og‘zaki shaklda berilgan taqdirda esa aynan o‘sha so‘zlar yordamida bir xil tarzda eshittirilishi;  

2.  Biror sinaluvchiga boshqalarga nisbatan hech qanday imkoniyat yaratmaslik; 

3.  Eksperiment  davomida  ayrim  sinaluvchilar  uchun  qo‘shimcha  tushuntirilishlar 

berilmaslik;  

4.  Turli guruhlar bilan bo‘ladigan eksperiment doimo imkon darajasida bir xil vaqtda va 

bir sharoitda o‘tkazilishi;  

5.  Barcha sinaluvchilar uchun topshiriqlarni bajarish vaqti bir xil belgilanishi va hokazo; 

Odatda  metodika  mualliflari  uning  o‘tkazilish  jarayoni  haqida  aniq  ko‘rsatmalar 



 

35 


beradilar. 

Diagnostik  metodikalar  tadqiqot  metodlaridan  shu  bilan  farqlanadiki,  bu  metodikalar 

standartlashgan  holda  bo‘ladi.  Standartlashtirish  -  testni  o‘tkazish  va  bajarishni  baholash 

jarayonining bir xilligidir. U ikki xil tarzda izoh etiladi: eksperiment jarayoniga yakka talablarni 

ishlab  chiqish  va  diagnostik  sinovlar  natijalarini  baholashdagi  yakka  mezonni  (kriteriy) 

aniqlashdan iborat. 

Diagnostik  metodlarni  adekvat  ishlab  chiqish  uchun  eksperiment  o‘tkazish  sharoitlarini 

va  uning  natijalari  tahlilini  maksimal  darajada  standartlashtirish  lozim  bo‘ladi.  Eksperiment 

shartlarini standartlashtirishga quyidagilar kiradi: 

a) eksperimentni o‘tkazish; 

b) instruksiya; 

v) testlashtirish jarayonining tasviri. 

Diagnostik eksperimentlarni standartlashtirish jarayoni o‘tkaziladigan tadqiqotning shart-

sharoitlari, ko‘rsatmalari, blankalari, qayd qilish usullarini bir xil shakldagiligini anglatadi. 

Metodikalarni  standartlashtirishning  yana  bir  muhim  bosqichi  diagnostik  tadqiqotning 

natijalarini taqqoslash mumkin bo‘lgan mezonlarni tanlashdan iborat bo‘ladi. (Chunki diagnostik 

metodikalarning  muvaffaqiyatli  yoki  muvaffaqiyatsiz  bajarishda  oldindan  tayyorlangan 

standartlari mavjud bo‘lmaydi). 

Umuman, diagnostik metodikalarning normaga asoslangan holda standartlashtirilishi - bu 

metodika  mo‘ljallangan  guruhdan  farqlanmaydigan  boshqa  kattaroq  sinaluvchilarda  o‘tkazish 

bilan  amalga  oshirilishidir.  Saralangan  standartlashtirishda  sinaluvchilar  guruhida  maxsus 

normalar  ishlab  chiqiladi,  bunda  ulardagi  xususiyat  berilgan  topshiriqning  nafaqat  o‘rta 

bosqichida,  balki  undan  kam  yoki  ko‘p  jihatli  bosqichida  ham  aniqlanadi.  Natijada  diagnostik 

tajribani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilishining turli bosqichlarini baholash mumkin. 

Bu esa konkret sinaluvchining saralangan standartlashtirishga nisbatan holatini aniqlashga imkon 

beradi.  

Ma’lumotlarni  to‘plash  bosqichi.  Diagnostik  metodlar  yordamida  ma’lumotlar  to‘plash 

jarayoni o‘rganilayotgan xodisa va kishi haqidagi ob’ektiv va sub’ektiv ko‘rsatkichlar to‘plami 

bilan  tanishishdan  boshlanadi.  Barcha  mashhur  psixodiagnostik  metodikalar  mualliflari  tadqiq 

qilinayotgan  sinaluvchining  o‘tmish  va  hozirgi  hayoti  haqida  mukammal  o‘rganib  chiqishga 

katta  ahamiyat  beradilar.  Bu  bilan  tadqiqotning  asosiy  foni  yaratiladi,  tashhis  va  tahlil  uchun 

zarur bo‘lgan shaxsning umumiy obrazi elementlari belgilanadi.  

Vaholanki,  psixodiagnostik  jarayon  «tadqiqotchi-sinaluvchi»  kabi  o‘zaro  munosabat 

tizimini  yaratar  ekan,  adabiyotlarda  ushbu  tizimga  oid  daxldor  turli  o‘zgaruvchanlar  ta’sirini 



 

36 


tahlil  qilishga  diqqat  qilinadi.  Odatda  vaziyatli  o‘zgaruvchanlar,  tadqiqot  va  vazifaning 

o‘zgaruvchan  maqsadlari,  tadqiqotchi  va  sinaluvchining  o‘zgaruvchanlari  ajratiladi.  Bu 

ko‘rsatkichlar  ahamiyati  katta  bo‘lsa-da,  ularning  ahamiyati  tadqiqot  o‘tkazishda,  uni  tahlil 

qilishda va olingan natijalarni qo‘llay bilishda inobatga olinishi lozim. Ma’lumki, testlashtirish 

jarayoniga  kuchli  ta’sir  etuvchi  hamma  omillarni  ham  nazorat  qilib  bo‘lmaydi.  Ammo 

testlashtirish  jarayoniga  tayyorgarlikda  kutilmagan  vaziyatlarni  yuzaga  kelishini  inkor  etish 

hamda ushbu jarayonni bir maromda o‘tkazishni ta’minlashdan iborat. Testdan foydalanayotgan 

psixolog,  sinaluvchi  havola  etilayotgan  topshiriq  va  vazifalarga  barcha  diqqat-e’tiborini 

yo‘naltirilganligiga, ularni hal etishda barcha kuch-quvvatlarini safarbar etishlariga to‘la ishonch 

hosil qilishi kerak.  

Fanda  psixodiagnostik  vaziyatlar  klassifikatsiyasi  yaratilgan  bo‘lib,  V.I.Drujinin  (1990) 

ushbu vaziyatlarning to‘rtta varianti mavjudligini ta’kidlaydi:  

1) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok etish va keyingi bosqichlarni mustaqil tanlovi (psixologik 

maslahat);  

2) tadqiqotda majburiy ishtirok etishi, ammo keyingi harakatlarda mustaqil tanlovga ega 

bo‘lishi (testni ishlab chiqishda talablarni o‘rganish); 

3)  tadqiqotda  majburiy  ishtirok  etish  va  tadqiqotdan  so‘nggi  harakat  tanlovi  bog‘lab 

qo‘yilgan (egallab turgan mavqei talablariga ko‘ra mos keluvchi testlashtirish);  

4) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok, lekin keyingi harakatlar bog‘langan (professional tanlov). 

Shuni qo‘shimcha sifatida aytish kerakki, har qanday psixodiagnostik tadqiqotlar sinaluvchilarda 

tajriba  motivini  faollashtiradi,  uni  minimal  darajaga  olib  kelish  esa  psixolog  vazifalaridan  biri 

hisoblanadi.   

Metodikalarni  tanlash  shunga  asoslanadiki,  ular  iloji  boricha  shaxsning  individual 

xususiyatlarini  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lishi  kerak  bo‘ladi.  Bu  –  o‘z  o‘rnida  diagnostik  yechim  va 

tahlilning aniqligiga sabab bo‘ladi.  

Diagnostik  vazifalarga mos  keladigan  metodikalarni  tanlanishi,  tadqiqotni  o‘tkazilishini 

shakllantirilishi  va  olingan  natijalar  foydalanilayotgan  metodikalar  xususiyatlari  asosida 

aniqlanadigan  bo‘lishi  kerak.  «Xomaki»  baholar  standart  kattaliklarga,  aqliy  koeffitsientlarga 

aylanadi hamda «shaxs ko‘rinishi chizmasi» yaratiladi.  

Interpretatsiya  va  qayta  ishlash  bosqichi.  Psixodiagnostik  sohadagi  ko‘pgina 

mutaxassislar, tadqiqotdan olingan natijalarning miqdoriy baholanishi foydali ekanligi to‘g‘risida 

fikr  bildiradilar.  Ammo  tadqiqot  ma’lumotlarini  umumlashtirishning  qanday  yo‘llari 

ishonchliroq  bashorat  qilishga  olib  borishi  borasida  qarama-qarshi  fikrlar  ham  mavjud:  klinik-

sub’ektiv  tajribaga,  intuitsiyaga  yo‘naltirilgan,  yoki  statistik-ob’ektiv,  kriteriylarga 



 

37 


yo‘naltirilganlarimi? 

Klinik  yondashuv  sifatli  tahlilga  asoslangan  holda  amalga  oshadi.  Uning  muhim 

xususiyatlari  “sub’ektiv  hukm”ga  va  professional  tajribaga  ishonch  bo‘lganligidadir.  “Sof 

holda”gi  klinik  yondashuv  haqiqiy  fikrlashdan  uzoq  bo‘lmaydi.  Statistik  yondashuv  ob’ektiv 

(miqdoriy)  ko‘rsatkichlarni,  ularning  statistik  qayta  ishlanishni  inobatga  olishni  e’tirof  etadi. 

Sub’ektiv hukmning ahamiyati minimumga olib kelinadi. Bashorat empirik jihatdan aniqlangan 

statistik  mos  kelishligi  asosida  amalga  oshadi.  Klinik  va  statistik  bashoratning  samaradorligi 

haqidagi  masala  psixologlar  tomonidan  ko‘p  marotaba  muhokama  qilingan  va  hozirgacha  ham 

munozaralar predmeti bo‘lib kelmoqda. 

Ushbu  munozaralarga  asos  solgan  P.Mil  (1954),  bu  sohada  ancha  tajribaga  ega 

bo‘lganligi  bois  shunday  xulosaga  keladiki,  statistik  bashorat  klinik  bashoratga  nisbatan 

samaraliroq  ekanligini  ta’kidlaydi.  Chunki,  psixolog  inobatga  olishi  kerak  bo‘lgan  diagnostik 

ma’lumotlar  hajmining kengayib borishi avvaliga o‘sishiga, so‘ngra esa bashoratning aniqligini 

kamayib  borishiga  olib  keladi.  Lekin  bu  klinik  yondashishlar  psixodiagnostikada  ahamiyatli 

o‘rin egallamaydi, degani emas. Shaxsni har tomonlama bog‘lanishlar va munosabatlar doirasida 

ta’riflash  vazifasi  turganda  statistik  yondashish  klinik  yondashishning  o‘rnini  bosa  olmaydi. 

Klinik yondashuvga muqobilini topish murakkab. 

Diagnostik tadqiqotlarni to‘laligicha amalga oshirishda asoslangan psixologik xulosalarni 

qilish  zarur.  Ko‘pgina  diagnostik  vaziyatlar  klinik  va  statistik  yondashuvlarning  qarama-qarshi 

taqqoslanishini emas, balki garmonik jihatdan mosligini ta’minlanishini taqozo etadi.  



Ishonchlilik.  Ishonchlilik  -  bu  jarayonning  ob’ektlarga  nisbatan  barqarorligidir. 

Diagnostik  ma’lumotlarning  ishonchliligi  va  sifati  ma’lum  darajada  tekshiruv  metodi  sifatiga 

bog‘liq bo‘ladi. Ular mos keluvchi texnik tekshiruv yordamida avvalo korreksion statik metodlar 

yordamida aniqlanadi. 

Psixodiagnostik  metodning  ishonchlilik  darajasi  uchta  shartga  bog‘liq  bo‘lib,  ular 

quyidagilar: 

 

metodning ob’ektivligi; 



 

test misollarining bir xilligi



 

tekshirilayotgan shaxs xususiyatlarining muvozanatlashganliligi; 



Metodning  ob’ektivliligi  -  bu  olingan  ma’lumotlar  va  ularning  psixodiagnostik 

interpretatsiyasini tadqiqotchiga bog‘liq emasligi. 

G.Vitslak o‘z qarashlarida metodning ob’ektivligini uchga bo‘lib o‘rganadi. 

 



test o‘tkazishning ob’ektivligi; 

 

38 


 

tahlilning ob’ektivligi; 



 

olingan ma’lumotlar interpretatsiyasining ob’ektivligi. 



Ma’lumki, turli tadqiqotchilar bir-biridan mustaqil holatda ayni psixologik metod bilan, 

bir  xil  eksperimental  sharoitda  foydalanadilar.  Ular  olingan  natijalari  solishtirilib  metodning 

ob’ektivlik koeffetsenti chiqariladi. Ammo metodning ob’ektivligini amaliy jihatdan tekshirishda 

bir  muncha  qiyinchiliklar  vujudga  keladi,  chunki  bir  xil  eksperimental  sharoitlarni  vujudga 

keltirish juda qiyindir. 

Ishonchlilik har doim ham validlikni ifodalamaydi. Ko‘pgina psixologlar shunday xatoga 

yo‘l  qo‘yishadiki,  ular  avvalo  tekshirishning  ma’lum  bir  protsedurasini  taklif  etib,  ob’ektlarni 

barqaror  farq qila olishga bo‘lgan ishonchliligi ko‘rsatiladi-yu, ammo validlik haqidagi masala 

ochiq  qolaveradi.  Masalan,  sensor  psixofizikada  o‘rganilayotgan  sezgi  xususiyatlari  oddiy 

jismoniy stimullar bilan bir xil determinatsiyalashgani uchun validlik darajasi sezilarli ahamiyat 

kasb  etmasa, diferensial psixometrikada  validlik muammosining ahamiyati keskin oshib  ketadi. 

Shuning uchun biz quyida validlikka alohida e’tiborni qaratamiz. 



Validlik.  Psixodiagnostikada  validlik  -  faoliyatni  o‘zlashtirishga  bo‘lgan  muvaffaqiyatni 

tekshirishda  test  masalalarining  ayni  shu  faoliyat  xususiyatlariga  mos  kelishini  sinab  ko‘rishda 

qo‘llaniladi. Fanda validlikning bir necha turlari farqlanadi: 

a)  Konstruktiv  validlik  -  uni  baholash  testlashtirish  ob’ektini  psixologik  tahlil  qilishni 

taqozo  etadi.  Ya’ni,  test  natijalari  ajratilgan  xususiyatni  qay  tarzda  tekshirishni  o‘rganadi. 

Masalan,  o‘zlashtirishning  diagnostik  nazoratida  mujassam  bo‘lmagan  indikatorlar  haqiqatdan 

ham o‘quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo‘qmi va hokazo. 

b)  Kriterial  validlik  -  test  natijalari  yordamida,  individning  bizni  qiziqtirayotgan  xatti-

harakat  aspektining  hozirgi  vaqtdagi  va  kelajakdagi  holati  haqida  hukm  chiqarish  mumkinmi 

yoki yo‘qmi, degan masalani aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun test natijalari tashqi 

kriteriylar bilan solishtiriladi yoki turli testlar natijalari taqqoslanadi. 

v)  Prognostik  validlik  -  tashqi  kriteriylar  va  sinaluvchining  xulq-atvori  bashorati 

aniqlanadi. 

Metodning  validligi  -  psixodiagnostik  metodning  natijalari  ayni  o‘rganilayotgan  ob’ekt 

xususiyatlariga  mos  kelishidir.  Validlik  tushunchasini  ishonchlilik  tushunchasidan  farqini 

o‘rganilayotgan tadqiqotning “ob’ekti” va “predmeti” farqini ajratish bilan tushuntirish qulaydir. 

Psixologik-pedagogik  diagnostikaning  asosiy  tamoyillari.  Albatta,  har  bir  fan  sohasi 

o‘ziga  xos  ob’ektga  va  predmetga  hamda  ularga  mos  keladigan  tadqiqot  yoki  amaliy 

metodlariga,  o‘z  tamoyillariga  egadir.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda,  psixologik-

pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillarini ko‘rsatib o‘tamiz:  



 

39 


1.  Diagnostika  nazariyasi  va  metodikalarining  ilmiy  asoslanganligi.  Diagnostika 

ob’ektini  yaxlit  ravishda  genetik  va  tizimli  tahlil  qilish,  ularni  modellashtirish,  qo‘llaniladigan 

metodikalar,  ko‘rsatkichlarning  ilmiy  asoslanganligi,  olingan  natijalar  va  ularning 

interpretatsiyasining  ishonchliligi,  aniqligi,  validligini  puxta  ishlab  chiqilgan  metodik  asoslarda 

ta’minlash.  Ilmiy  asoslanganlik  tomoyili  qo‘llanilayotgan  metodikalarning  etnik,  ijtimoiy 

muhitga,  shu  jumladan  diagnostika  o‘tkazilayotgan  o‘quv  yurti,  o‘quv  guruhi  va  auditoriyaga 

mosligini  talab  qiladi.  Bu  tamoyilga  amal  qilish  pedagogik-diagnostikalarni  turli  xil  yengil, 

«ko‘ziga yaxshi ko‘ringan» yoki «qo‘liga tushib qolgan» metodikalarni bilib-bilmay qo‘llashdan 

saqlaydi.  

2.  Diagnostikaning  izchilligi  va  aniq  yo‘nalganligi.  Psixologik-pedagogik  diagnostika 

boshqa  psixodiagnostik  va  pedagogik  diagnostikadan  farqli  ravishda  aniq  yo‘nalishga,  aniq 

ob’ektga  va  maqsadga  qaratilgan.  Shu  sababli  diagnostika  faoliyati  (jarayonining)  natijalari 

umumiy  xulosalar,  abstrakt  mulohazalardan  emas,  balki  aniq  shaxsga  (masalan,  talaba),  aniq 

guruhga  tegishli  bo‘lishi,  diagnostika  natijasida  aniq  xulosa  chiqarib,  kamchiliklarni  bartaraf 

qilish, yordam berishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim.  



3.  Diagnostika  shakl  va  metodlarining  optimalligi.  Qo‘llanilayotgan  metodikalar, 

talabaga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki psixodiagnostga kam kuch 

va vaqt sarflab, talaba haqida muhim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig‘ishga 

imkon  berishidir.  Diagnostikaning  shakl  va  metodlarining  optimalligini  ta’minlash  uchun 

psixodiagnostikada ko‘p yillar davomida qo‘llanilib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga 

samarali metodlarini tanlash hamda qo‘llash zarur.  



4.  O‘rganish  ob’ekti  haqida  faktlarni  yig‘ish,  bayon  qilish  va  to‘g‘ri  yo‘lga  solishning 

birligi.  O‘rganilayotgan  ob’ekt  haqida  ma’lumotlar  yig‘ish,  ularni  pedagoglarga  ko‘rsatish  va 

diagnostika 

jarayonida 

o‘rganilayotgan 

talabaga 

yoki 


ta’lim-tarbiya 

jarayonini 

takomillashtirishda,  kamchiliklarni  bartaraf  qilishda  o‘quv  yurti  rahbarlariga,  pedagoglarga 

ma’lum  psixologik-pedagogik  yordamlar  berish,  to‘g‘ri  yo‘lga  solish,  qo‘llab-quvvatlash 

vazifalarning birgalikda olib borilishidir.  

5.  Diagnostikaning  ketma-ketligi  va  uzluksizligi.  Diagnostikaning  bosqichma-bosqich 

amalga oshira borish, o‘quv jarayoniga, talabaning o‘zlashtirishiga halaqit berayotgan sabablarni 

ochish,  olingan  natijalardan  keyingi  bosqichlarda,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  uzluksiz 

foydalanishda yuzaga chiqadi.  



6.  Diagnostika  metodlari  va  jarayonlarining  qulayligi  va  ommabopligi.  Diagnostika 

metodlarining  oddiyligi,  amaliy  psixologlar,  pedagoglar,  o‘quv  yurti  rahbarlari,  tekshiriluvchi 

uchun  qulayligi,  ularda  diagnostikaga  nistaban  qiziqish,  intilish  uyg‘otishga  xizmat  qilishini 


 

40 


ta’minlovchi tamoyildir.  

7.  Diagnostikaning  har  tomonliligi  (kompleksliligi).  Bu  tamoyil  talaba  shaxsini,  uning 

individual-psixologik  xususiyatlarini,  psixik  jarayonlarining  rivojlanganlik  darajasini,  o‘quv 

faoliyatining boshqa xususiyatlarini o‘rganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar talabani 

bir  butun  holda,  har  tomonlama  o‘rganish,  ta’riflash,  yondashish  imkonini  berishda  yuzaga 

chiqadi.  Diagnostik  metodikalar  bir-biri  bilan  bog‘liq  bo‘lishi,  bir-birini  to‘ldirishi  bu 

tamoyilning asosiy talablaridan biridir.  



8.  Diagnostikaning  talaba  rivojlanishining  kelajagini,  oqibatlarini  oldindan  ko‘ra  olish 

(bashorat qilish) imkonini bera olishi. Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika talabaning 

kechagi  yoki  bugungi  kundagi  rivojlanish  darajasini,  o‘quv  jarayonining  tashkil  qilganlik 

darajasini  ko‘rsatib  berish  bilan  cheklanib  qolmasligi  lozim.  Diagnostik  jarayonda 

o‘rganilayotgan  ob’ektning  “kelajagi”,  ertangi  kuni,  taraqqiyot  an’analari  ma’lum  omillar 

ta’sirining oqibatlarida ochib berilishi kerak. Shu holdagina, bashorat mohiyatidan kelib chiqqan 

holda  ta’lim-tarbiya  jarayonida  yo‘l  qo‘yilayotgan  xatolar,  talaba  taraqqiyotidagi  ko‘zga 

tashlangan  kamchiliklarni  bartaraf  qilish,  to‘g‘ri  yo‘lga  solish  imkoniga  ega  bo‘lamiz.  Shu 

sababli  psixologik-pedagogik  diagnostika  metodlarining  prognostik  bo‘lishi  eng  muhim 

talablardan biridir. 

Psixologik  testlardan  foydalanadigan  kishilar  uchun  qo‘yiladigan  maxsus  talablar. 

Psixodiagnost  o‘z  xatti-harakatini  amalga  oshirayotgan  bir  vaqtda,  quyidagi  bosqichlarga  amal 

qilishi lozim bo‘ladi. 

Birinchidan, diagnostik faoliyat ob’ekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash; 

Ikkinchidan,  diagnostika  ob’ektini  o‘rganishning  mezonlari  va  ko‘rsatkichlari 

(indikatorlari)ni belgilash; 

Uchinchidan,  diagnostik  faoliyat  vazifasini  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  metodikalarni 

tanlash; 

To‘rtinchidan,  tanlangan  metodikalar  yordamida  ma’lumotlar  yig‘ish  (tadqiqot 

o‘tkazish); 

Beshinchidan, olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash; 

Oltinchidan, psixologik tashhis ishlab chiqish va xulosalarni chiqarish

Yettinchidan, psixologik bashorat ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni oldindan taxmin 

qilish); 

Sakkizinchidan, tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini yaratish. 



Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi.  

Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi quyidagi bosqichlarning uzviyligiga: 



 

41 


a) tekshiruv ob’ektining aniqlash; 

b) tekshiruv metodini aniqlash; 

v) metodni tahlil qilish; 

g) ma’lumotlar interpretatsiyasi; 

d) metodning sifatlilik kriteriylarini aniqlashlarga bog‘liq bo‘ladi. 

Psixodiagnostika axloqiy-ma’naviy normalari.  

Psixolog  tashhischining  kodeksdagi  axloqiy-ma’naviy  normalarining  asosiy  tamoyillari 

qatoriga aytish joiz bo‘lgan omillar:  

1.  Psixodiagnostning sinaluvchiga nisbatan muvaffaqiyati;  

2.  Ob’ektivlik,  haqqoniylik  va  o‘z  faoliyatidagi  yuqori  talablarga  rioya  qilishga 

asoslangan mas’uliyatlilik;  

3.  Jamiyatning axloqiy talablariga mos keluvchi axloqiy va xuquqiy standartlar;  

4.  Psixodiagnostning omma oldida o‘zini tuta bilishi;  

5.  Sinaluvchi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash, kofidensiallik;  

6.  Sinaluvchi  bilan  bo‘lgan ishonchli munosabatlar,  uni  tadqiqot  xarakteridan xabardor 

qilish;  

7.  Tadqiqot natijalarini oshkor qilmaslik;  

8.  Tadqiqotdagi ehtiyot choralar;  

9.  Metodikalarni nashr qilinish shartlari, imkoniyatlari va bu boradagi cheklanishlari;  

10. Diagnostik natijalarni tahlil qilish.  

Har  qanday  faoliyat  zamirida  ham  amalga  oshirilgan  ishlarning  pirovard    maqsadi, 

vazifalari  va  kutilgan  natijalari  bo’ladi.  Faoliyat  natijalarini    sarhisob  qilish,  amaliy  xulosalar 

yasash,  bo’sh  yoki  muvaffaqiyatli  o’rinlarni  belgilabolish  –  faoliyatning  keyingi  bosqichlarida 

uni hisobga olish pedagogic diagnostika deyiladi.   

Pedagogik  diagnostika  ta’lim  samaradorligi,  ish  mazmuni  olib  borilgan  pedagogic 

faoliyatni  tahlil  qilihda  katta  ahamiyatga  ega  bo’lib,  ilg’or  ta’lim  muasasalarida  bu  ish  uslubi 

muvaffaqiyatli  tarzda  amalgam  oshirilmoqda,  yutuqlar  mustahkamlanib,  yo’l  qo’yilgan 

kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh strategic yo’nalishlar belgilab olinmoqda va 

yuqori darajadagi pirovard natijalar qo’lga kiritilmoqda. Savol tug’iladi:  

  bola qobiliyati, imkoniyat, bilimi, egallangan ko’nikmalarining o’lchovi bormi? 

  bolaning bilish va ko’nikmalarini belgilashga o’qituvchu aralashgani ma’qulmi, yoki 

o’ziga-o’zi baho bergani afzalroqmi? 

Mana  shu  savollarga  eng  maqbul  asoslarda  javob  berish,  pedagogik  diagnostikaning 

predmetidir.  Mana  shu  maqsadni  ro’yibga  chiqarish  yo’l-yo’riqlari,  metodik  mexanizmlarini 


 

42 


ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat 

tarixi  bilan  deyarli  tengdosh,  boshqacha  qilib  aytganda,  pedagogik  jarayon  ming  yillardan  beri 

mavjud bo’lsa bu faoliyatning me’yoralari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. 

Demoqchimizki,    o’quvchi  bilimiga  baho  qo’yish,  uni  sinov  va  imtixon  qilish  pirovard  ish 

natijalarini  belgilab  olish  boshlangan  yerda  pedagogic  diagnostika  ham  mavjud.  Faqat  farq 

shundaki,  ibtidoiy  va  o’rta  asr  pedagogikasida  bola  bilimi  va  iqtidorini  diagnostic  tahlil 

qilishning  ilmiy  asosi  yo’q  edi.  Pedagogik  diagnostikani  ilmiy  asosda  tahlil  etish  va  yo’lga 

qo’yish  20  asr  boshlarida  amalgam  oshirilgan.  Shu  boisdan,  bu    pedagogic  jarayonning 

nomlanishi ham  turlicha bo’lgan.  

Ayrimlar  pedagogik  diagnostikani  taklif  etilgan  bilimlarni  o’zlashtirish  asosi  deyiladi. 

Boshqalar  diagnostika  o’qitishni  jadalashtiruvchi  axborotdir  deb  hisoblaydilar.  Yana  ayrimlar 

esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrn ilgari suradilar.  

Taniqli pedago olim Matserman pedagogik  diagnostikani  “O’quvchi o’zlashtirishi bilan 

o’quv materialini to’g’ri tanlash maqsadni to’g’ri yo’naltirish mezonidir” deb hisoblaydi.  

Aslida  pedagogik  diagnostika  o’quv  materialini  bilish  jarayonining  asosini  tashkil  etib, 

maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi.  

Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika:  

birinchidan, o’quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiriladi; 



ikkinchidan,  davlat  va  jamiyatning  ta’limga  qo’ygan  talablaridan  kelib  chiqib, 

oquvchi bilimin to’g’ri, adolatli baholashni ta’minlaydi; 

uchinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o’quvhcining sinfdan 



singdan  o’tishida,  mutaxassislikkka  qabul  qilinishida  minimal  talablarga  javob  berishini 

belgilaydi.  

Pedagogik  diagnostika  yordamida  ta’lim-tarbiya  jarayoni  to’g’ri  tahlil  etiladi  va  uning 

samaradorligi to’g’ri baholanadi, boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim 

obyekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o’zlashtirilganligi tahlil etiladi. Butun o’quv kursini, 

o’quv dasturlaini o’zlashtirish darajasi baholanadi. Pedagogi diagnostika muhim ahamiyatga ega. 

U  o’quv-tarbiya  jarayonini  yaxshilahsga  xizmat  qiladi.  Ta’limiy  faoliyat  natijasida  erishilgan  

samaralarni  xolislik  bilan  belgilab  beradi,  yo’l  qo’yilgan  kamchilik  va  nuqsonlarni  bartaraf 

etishga  yo’l  ochadi,  pirovard  natijada  ta’limning  takomillashib  borishiga  ijobiy  ta’sir  qiladi. 

Pedagogic  diagnostika  tarixiga  nazar  tashlasak,  o’tgan  asrlarda  u  faqat  o’quvchi  bilimini 

baholash orqali  amalgam oshirilganini  kuzatamiz.  Unga 1864 yilda AQSh olimlari D.Fisher  va 

R.Reslar  asos  solganlar,  1908  yildan  boshlab  esa,  olim  T.Stoun  arifmetikadan  test  orqali 

o’quvchi  bilimini  sinash  tizimini  tadbiq  etgan.  Egallangan  malakani  aniqlashga  kiritilgan 


 

43 


pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari: 

a)  taqqoshlash; 

b)  pedagogik tahlil; 

c)  avvaldan ayta bilish (prognoz); 

d)  interpretatsiya ; 

e)  pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchilarga etkazish; 

f)  amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchilarga yetkazish; 

g)  pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri belgilashdan iborat bo’lgan. 

Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa: 

  haqqoniylik (ob’ektivnost); 

  ishonchlilik (nadyojnost); 

  puxtalik (vidnost) asoslanadi 

Diagnostik tahlillar qachon ob’yektiv boladi. 

 



agar  sinov  natijalari  turli  tekshiruvlarda  bir  xil  natijalar  ko’rsatilib,  ko’rsatkichlar 

o’zaro bir-biriga yaqin bo’lsa; 

  agar:  sinov  mezonlari,  o’lchovlari  birligi  hamda  uning  natijalari  sinovni  amalga 



oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi hislati va munosabatlariga bo’liq bo’lmasa; 

  agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat, psixologik kayfiyatda amalgam oshirilsa 



haqiqiy  ahvolni  aniqlashda  ob’yektiv  natijalar  olinishi  mumkin.  Modomiki  maqsad  haqiqiy 

ta’limiy  ahvolni  aniqlash  ekan,    unga  to’g’ri,  halollik,  haqqoniylik  bilan  yondohish  zarur.  Aks 

holda, diagnostikadan ko’zlangan natijaga erishish, to’g’ri tashxis belgilash mumkin emas.  

Bundan  tashqari,  ayrim  sinf  ishlarini,  ba’zan  yozma  ishlarni,  ko’pincha  esa  og’zaki 

berilgan  javoblarni  baholashda  har  xil  yondashuvlar  qayd  etilishi  mumkin.  Bu  sinovchi  ya’ni, 

diagnostic  tahlil  o’tkazuvchi  qilinayotgan  ishlarning  tub  maqsadiga  tushunib  yetishga, 

mas’ulitaiga,  ishiga  bo’lgan  yondashuvga  va  nihoyat  uning  savoyasiga  bo’g’liq.  Bundan  kelib 

chiqadigan  amaliy  xulosa  shuki,  pedagogik  diagnostikani  amalga  oshirishda  rioya-andisha, 

oshna-og’aynigarchilik,  tanish-bilishchilik,  boshqa  noxushliklar  aralashsa,    haqiqiy  ahvol 

aniqlanmaydi,  umumiy  ishga  putur  yetadi,  kamchilik  va  nuqsonlar  ochilmay  haspo’shlanadi, 

ta’limni takomillashtirishdan ko’zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi.  

Pedagogik  diagnostikaning  ishonchliligi  bir  necha  marta  qilingan  tahliliy  xulosalar 

natijasining  bir  xilligi  qayd  etilgan  xollardagina  ta’minlanadi.  Agar  buni  muayyan  maktab, 

sinfning  hayotiy  faoliyati  bilan  bog’lasak,  mabodo  o’qituvchi  ilgarigi  ishini  oradan  bir  necha 

vaqt  o’tib,  aynan  o’shnday  baholasa,  ishonchlilik  paydo  bo’ladi,  lekin  bunday  hol  afsuski 

amaliyotda  kam  uchramoqda.  Pedagogik  diagnostika  natijalari  qachon  uzil-kesil  tasdiqlanadi. 



 

44 


Tajribalar,  tahlillar  shuni  ko’rsatadiki,  pedagogik  diagnostika  test  usullari  vositasida  amalga 

oshirilsa,  natijalar  haqqoniy  bo’ladi.    Chunki  bunda  to’rt  xil  xulosa,  bir  xil  natija  bilan 

baholanadi bular: 

  mazmunning tasdig’i; 

  har xil usul bilan olingan natilalarning bir xilligi; 

  natijalarga ko’ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi; 

  loyihalashning  tasdiqlanishi  (ya’ni,  loyihalashtirishdagi  natijalarning  olingan 

xulosalarga uyg’unligi).  

Pedagogik  diagnostika  kuzatuv  uslubi  o’quvchining  o’qishga  munosabatini, 

mas’uliyatini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o’quvchidagi bunday hislatlarni belgilahda 

uning  xarakteri,  xulqi,  butun  ijtimoiy  jihatlariga  katta  ahamiyat  beriladi.  Chunki,  o’quvchining 

bilim va ko’nikmalarini  attestatsiya qilishda shaxsiy, oilaviy, axloqiy ko’rsatkichlar muhim rol 

o’ynaydi.  

Baho  malakasi  ham  bola  shaxsini,  uning  o’qishga  munosabatini  to’g’ri  belgilahdagi 

muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davra turlicha ifodalaganlar.  

Shuning  uchun  ham  maktab  o’quvchilarining  koeffitsiyenti  bola  olgan  bilimlari  bilan 

belgilanadi. Past ko’rsatkich olgan o’quvchiga ko’proq e’tibor berish lozim. Lekin, asosiy e’tibor 

yaxshi va a’lochi o’quvchiga qaratiladi.   

Ustiga  ustak  o’quvchi13-15  yoshida  o’ziga  katalardek  muomala  qalishni  talab  etadi. 

Lekin, o’qituvchilarning ayrimlari boladagi bunday psixologik kaffiyatlarni hisobga olmay, unga 

bola  sub’yekt  sifatida  qaraydilar.  Aynan  mana  shu  sababli  o’qituvchi  va  o’quvchi  o’rtasida  

ixtilof kelib chiqadi.  

Mazkur  uslub  pedagogik  diagnostikada  qadim-qadimdan  qo’llanib  kelinadi.  U  deyarli 

o’qish  o’qitish  jarayoni  boshlangandan  bo’yon  mavjud.  Agar  diagnostikaning  kuzatish  usulida 

bolaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash doirasi o’rganilgan bo’lsa, 

suhbat.  Savol-javob  ko’proq  axborot  to’plash  imkoniyatini  beradi.  Bunda  u  yoki  bu  shaxs 

to’g’risida ob’yektiv yoki sub’yektiv ma’lumot olish imkoniyati mavjud.  

Axborot  –  og’zaki,  yozma,  standartlashtirilgan,  yakka,  guruhlarga  bo’lingan  hoilda  bir 

yoki bir necha bor so’rash asosida to’planadi.  

Odatda tekshiruvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha nazorat shakl va uslublari ham 

testga kiradi. 

Nazoratning  test  uslubi  ilmiy  asoslarga  qurilgan  bo’lib,  u  ma’lum  talab,  qonun-qoidalar 

zaminida olib boriladi.  

Test asosan psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgandir. 



 

45 


Test  pedagogik  diagnostika  metodlari  orasida  eng  qulay  hisoblanib,  u  bir  jihatdan  sifatli 

ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. 

Test  sinova  mutzam  takomillashib  boradi.  Unga  turlibosqichlarda  turlicha  ta’rif  berib 

kelingan.  Masalan,  nemis  oilimi  Liner  “Test  shaxsning  turli  xolatlarini,  shaxsiy  xususiyat, 

imkoniya va qobiliyatini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.  

Test  usuli  chinakamiga  pedagogik  diagnostika  metodi    bo’lib,  u  o’quv  jarayonining 

pirovard  natijasini  ob’yektiv  aniqlab  berishga  qodir  mezondir.  U  doimo  tahlil  asosiga  qurilib, 

aynan  shu  xususiyatiga  ko’ra  pedagogik  jarayon  natijalarinig  takomillashib  borishiga  yordam 

beradi. Ayni paytda testlar ta’limiy xulosalar bilan birga texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat 

yo’nalaishina ham belgilab beradi. Shunga ko’ra testlar qutidagilarga bo’linadi: 

1) 

ta’limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test; 



2) 

shaxs taraqqiyotni va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test; 

3) 

intellektni aniqlaydigan test; 



4) 

umumiy natijani aniqlaydigan test

5) 

muayyan  hududda,  maktabda  u  yoki  bu  fanni  o’qitish  samaradaorligini 



ko’rsatuvchi test; 

6) 


professional  kasbga  moyillik  layoqatini,  shaxsning  funksional  imkoniyatlarini 

aniqlovchi test; 

7) 

shaxs psixologiyasini ochib beruvchi test; 



8) 

shaxsning yo’naltirilganligini belgilovchi test; 

9) 

shaxsning  qiziqishi,  moyilligini  aniqlab,  shu  sohani  takomillashtirishga  yordan 



beruvchi test; 

10) 


klinik test  va h.k 

Yuqorida  bayon  etilganidek,  test  ham  baholash,  pedagogik  diagnostika  hisoblanadi. 

O’quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan. Lekin, keyingi paytlarda u keng 

joriy  qilinmoqda.  Istiqbolda  o’quvchilar  bilimini  baholashda  test,  reytin  tizimi  ustuvor  bo’lib 

qoladi.  Besh  ballik  baholash  tizimi  o’quvchini  har  tomonlama  baholashga  noqulayligi  uchun 

undan voz kechish fikridamiz. Test imkonoyatlarini bayon etishni davom ettiramiz.  

Amaliyotda  o’zlashtirishga  qaratilgan  testlar  tobora  ko’proq  o’rin  olib  bormoqda. 

O’zlashtirishga qaratilgan testlar: 

  muyyan predmetni o’zlashtirishga qaratilgan testlar; 

  o’zbek tilini o’zlashtirishga qaratilga testlar; 

  chiroyli yozuvni belgilashga yo’naltirilgan testlar; 

  o’qish tezligi va texnikasi baholovchi testlar



 

46 


  so’z boyligini aniqlovchi testlar; 

  bolaning rivojlanishini va maktabga tayyorligini aniqlovchi testlar; 

  bolaning intellectual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar; 

  bolaning didatik ko’nikma va malakasini belgilovchi testlar va h.k. 

O’zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoyon bo’ladi?  

1.  O’zlashtirish bu – o’quvchining fanni o’qib, o’rganishda eishgan natijalari; 

2.  O’zlashtirish  bu  –  o’quvchiga  maktab,  demakki,  davlat  va  jamiyat  tomonidan 

qo’yilgan talabga erishish; 

3.  O’zlashtirish o’quvchining muayyan  davrda qilgan mehnatining yakunidir. 

Ma’lumki,  ta’lim  markazida  unon,  shaxs  turadi  va  barcha  ta’limiy  jarayonlar  uning 

qobiliyati, imkoniyati, ehtiyojiga qaratiladi. Pedagogik diagnostika  esa, ana shu intilish, mehnat, 

faoliyat samarasini ham ijobiy, ham salbiy jihatdan belgilab beradi.  

Test  asosida  o’quvchi  o’zlashtirishini  aniqlash  pedagogik  diagnostikaning  metodi 

ekanligini yuqorida bayon etgan edik.  

Oli  Kyuforker  maktabda  amalgam  oshiriladigan  testlarni  3  ko’rinishga  bo’ladi.  Ular 

quyidagilar: 

  o’zlashtirishni muayyan ir davr ichida aniqlovchi test (masalan, urli sertifikatlar olish 

uchun tipshirilgan test); 

  o’quv  qo’llanmasining  ma’lum  bir  qismi,  bo’limi,  bobda  olingan  axborotlarni  qay 

darajada o’zlashtirilganligini aniqlovchi test; 

  o’quv  dasturi  yoki  darslikdagi  bir  qism  mashg’ulotlar  o’tkazoilgandan  keyingi 

o’quvchi o’zalshtirishidagi yutuq  va nuqson tamoyillarini aniqlsh testi. 

Pedagogik  diagnostikaning  o’lchovi,  ishonchlilik  koeffisiyenti  mukammal  va  ishonchli 

bo’lmog’i uchun: 

  qayta testdan o’tkazish metodi; 

  ikkiga  bo’lingan  holda  parallelli  testni  amalgam  oshirish,  shu  orqali  olingan 

ma’lumotning ishonchliligini tekshirish mumkin. 

Aniqlik, ishonchlilikni tekshirish maqsadida 4 xil usul qo’llaniladi. Ular:  

  mazmun tasdig’i; 

  har xil usullar bilan olingn natijalarni bir xil ko’rsatkichga olib kelish tasdig’i; 

  tahlillar natijalarining mos kelishi tasdig’i; 

  loyihalashning tasdig’idan iboratdir. 

Pedagogik  diagnostikada  amal  qilayotgan  test  sinovlari  hududiy  diagnostikani  yo’lga 

qo’yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega.  



 

47 


Pedagogik diagnostikani ta’lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish 

mumkin.  Masalan,  Xalq  ta’limi  vazirligi  xalq  ta’limining  xududiy  boshqarma  va  bo’limlari 

faoliyatini  uzoq  yillardan beri  15 yo’nalish bo’yicha aniq  tahlil etib bormoqda. Tahlil  natijalari 

esa har qanday baxs va munozaralardan holidir. Maqsad esa bitta  – kamchilik va nuqsonlardan 

to’g’ri amaliy  xulosalar chiqarish, faoliyatning asosiy  va to’g’ri yo’nalaishini belgilab olish  va 

ularni bartaraf qilishda sabot bilan islashdan iborat.  



Download 497.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling