Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

 

 

 

 

 

 

 

                              


 

76 


 

XULOSA 

 

Ushbu  bitiruv  malakaviy    ishining  maqsadi  ingliz  tilida  va  o‟zbek  tillarida 



sabab  ergash  gapli  qo‟shma  gaplarning  lingvokultrologik  jihatlarning  qiyosiy 

jihatdan  o‟rganish,  ularni  tarjima  qilish  bilan  bog‟liq  muammolarni  yoritib 

berish  va  bu  mavzuni  maktablarda  o‟qitish  metodikasiga  oid  tavsiyalar 

berishdan iborat edi.      

 

 

 



 

 

 



 

 

Xulosa  o‟rnida  shuni  aytish  mumkinki,  tildagi  fikr  ifodalashga  xizmat 



qiluvchi  sintaktik  shaklining  eng  yuqori  va  murakkab  pog`onalaridan  biri 

qo‟shma gap hisoblanadi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

Yana  shuni  ham aytish kerakki, qo`shma gap  ikki yoki undan ortiq sodda 



gaplarning  mexanik  tarzdagi  birikuvini  emas,  balki  muayyan  kommunikativ 

vazifa  bajarilishi  uchun  xizmat  qiluvchi  shakliy  va  mazmuniy  butunlikni  tashkil 

etadi.    Shu  bois  qo`shma  gap  o`ziga  xos  murakkab  shakl,  ma`no  hamda ohang 

butunligi  mahsuli  sanaladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Tilshunoslikda  bu  mavzu  XX  asrning  yigirmanchi  yillarida  asosiy 



mavzulardan  biri  bo`ldi  va  bu  sohada  tilshunoslarning  olib  borgan  ilmiy 

izlanishlari  masalaning  mohiyatini  ochib  berishda  katta  ahamiyatga  egadir. 

Qo‟shma  gaplarni  o‟rganishda  ayniqsa,  M.  Asqarova,  G‟.  Abdurahmonov, 

A.Berdialiyev,    A.  Nurmonov,  G.M.Hoshimov  singari  o‟zbek  tilshunoslarining 

va  B.Ilish,   M. Y.Blox,  S. Haymovich,  B. I.Rogovskaya, L. S. Barxudarov, N. 

A.  Kobrina,  E.A.  Korneyeva  kabi  jahon  tilshunoslarining  olib  borgan  ilmiy 

tadqiqotlari    alohida  diqqatga  sazovordir  va  ulardan  izlanish  davomida  keng 

foydalandik.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Qo‟shma  gapning  tarkibiy  qisimlarining    o‟zaro  bir-birlariga  turli  vositalar 

orqali  birikishi  va  bu    birikish  yo‟larining  xilma-  xilligi,    qisimlar  o‟rtasidagi 

o‟zaro  mazmun  munosabati  va  strukrurasi  qo‟shma  gaplarni  dastlab  ikki  turga 

ya‟ni,  bog‟langan  va ergash gapli qo‟shma gaplarga  ajratishimizga asos bo‟ladi.

 

Bog`langan  qo`shma  gapni  teng  bog`lovchilar  orqali  birikkan,  biri 



ikkinchisiga  grammatik  jihatdan  tobe  bo`lmagan,  teng  huquqli  predikativ 


 

77 


 

qismlardan  tashkil  topgan  qo`shma  gapli  sintaktik  qurilma  sifatida  talqin  etiladi 

va  qo`shma  gap  tarkibidagi  komponentlar  o`zaro  biriktiruv,  chog`ishtiruv, 

ayiruv,  zidlov,  inkor  munosabatlarini  ifodalovchi  teng  bog`lovchilar  yoki 

bog`lovchi vazifasidagi  -da, -u (-yu) yuklamalari  vositasida bog`lanadi. 

 

Hozirgi  paytda  o‟zbek  tilida  ergash  gaplarning  14  turi  ajradiladi.  Ingliz 



tilida  esa  ko‟pgina  olimlar  ergash  gaplarni  ega,  kesim,  aniqlovchi,  to‟ldiruchi  va 

hol kabi turlarga  ajratishadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Sabab  ergash  gapli  qo‟shma  gaplar  tilshunoslikda  shartlanganlik 



munosabatini  ifodalovchi  ergash  gapli  qo‟shma  gaplarning  bir  turi  sifatida 

o‟rganiladi.  Shartlanganlik  munosabati  payt  munosabatidan  ham,  boshqa  har 

qanday  munosabatlardan ham ancha murakkab bo‟lib, bunday munosabatlarning 

barchasi  bir  g‟oyaga  asoslanadi,  ya‟ni  bir  voqea  ikkinchisini  keltirib  chiqaradi 

yoki  ikkinchi  voqea  birinchisining  mavjudligiga  ko‟ra  yuzga  keladi.  Boshqacha 

qilib  aytganda,  mazkur  munosabatlardagi  asos  g‟oya  “sabab-natija”  dan  iborat 

bo‟ladi.     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bundan  tashqari  sabab  eragash  gaplarda  ifodalangan  munosabat  boshqa 

ergash  gap  turlari  ifodalagan  munosabatlardan  quyidagicha  farqlanadi:  agar 

birinchi  voqea  obyektiv  borliqqa  nisbatlangan  real  bo‟lsa,  sabab  munosabati, 

agar  bu  voqea  real  emas,  faraziy,  taxminiy  bo‟lsa,  shart  munossabati,  agar 

ikkinchi  voqea  amalga  oshirilishi  mo‟jallangan  niyat  bo‟lsa,  maqsad  munosabati 

yuzga keladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

O‟zbek  tilida  sabab  ergash  gap  bosh  gapga  turli  tipdagi  so‟z  formalar: 

yordamchi  so‟zlar,  yordamchi    vazifasini  bajaruvchi  mustaqil  so‟zlar  butun  bir 

turgu‟n birikma  orqali  bog‟lanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

Ingliz tilida esa  sabab erash gap bosh gapga   as, because, since, so, that, 

seeing  (that),  considering,  due  to;  yoki  qo‟shma  bog‟lovchilar:    for  the  reason 

that,  in  view  of  the  fact  that,  in  so  far  as  (insofar  as),  by  reason  of  orqali 

bog‟lanadi.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Izlanishlar  davomida  o‟zbek  tilida  sabab  erash  gaplar  -gan+dan,  -




 

78 


 

ganlik+dan  formalari  orqali  bog‟lanishi,  lekin  ingliz  tilida  kelishiklar  turlari 

o‟zbek  tilidagi  kelishiklar  bilan  bir  hil  bo‟lmagani  uchun  bu  kabi  bog‟lovchi 

vositalarni  hosil qila  olmasligimiz  aniqlandi.   

 

 

 



 

 

Bundan  tashqari  o‟zbek  tilidagi  gani  uchun,  -ganlik  uchun,  –gan,  ganlik 



sababli  (tyfayli,  sababdan  orqasida,  natijasida)  kabi  vositalar  orqali  bog‟langan 

sabab  ergash  gaplar  ingliz  tilidagi  as,  since,  due  to  the  fact  that  bog‟lovchilari 

vositasida  bog‟langan  ergash  gaplar  bilan,  chunki,  negaki  ergashtiruvchi 

bog‟lovchilar  orqali  bog‟langan  sabab  ergash  gaplar  ham  ingliz  tilidagi  because 

vositasida  bog‟langan    gaplar  bilan,  shuning  uchun,  shu  sababli,  shu  bois,  shu 

tufayli  kabi  ko‟makchli  qurilmalar  orqali  bog‟langan  ergash  gaplar  so,  

bog‟lovchisi  orqali  bog‟langan gaplarga teng bo‟la oishi ham muvofiq aniqlandi. 

 

Ingliz  va  o‟zbek  tillaridagi  sabab  ergash  gaplarni  ularni  bog‟lovchi 



vositalarning  gapdagi  o‟rni,  ma‟nosi  va  bajaradigan  funksiyasi  orqali  ham 

farqlash  mumkin.  Masalan,  ingliz  tilidagi  ko‟pgina  bog‟lovchilar  gapning 

boshida  kela  oladi  (as,  since,  due  to),  lekin  o‟zbek  tilida  deyarli  barcha 

bog‟lovchilar gapning  o‟rtasida ishlatiladi.   

 

 

 



 

 

Ingliz  tilidagi  bu  bog‟lovchilar  ma‟no  jihatdan  teng  bo‟lishiga  qaramay, 



ergash  gap  tarkibida  sababni  ifodalashi  jihatidan  turlichadir.  Mas alan, “because” 

bog‟lovchisi  tinglovchiga  yoki  o‟quvchiga  noma‟lum  bo‟lgan  sababni  ifodalash 

va  mana  shu  sababni  kuchliroq  takidlash  uchun  ishlatiladi. Bunda uning gapdagi 

pozitsion  strukturasi  gapning  oxirida  bo‟ladi,  chunki  berilayotgan  yangi 

ma‟lumot gapning  oxirida  keladi. 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling