Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti q


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#209087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ozbek sheriyatida bobur obrazining tadrijiy talqini

 

 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


47 

 

                                                      Xulosa 

Mustaqillik degan bebaho ne'matni shuning uchun ham qadrlaymizki, u bizga tuproq 

ichida  qolgan  gavharlar

—milliy  qadryatlarimiz,  ma'naviy  boyliklarimizni  qaytarib 

berdi.  G'ururimizni,  tilimizni,  dinimizni,  imon-e'tiqodimizni  tikladi.  Shular  qatorida 

ulug'  ajdodlarimiz  merosini  har  tomonlama  o'rganish,  ulardan  bahramand  bo'lish  va 

faxrlanish huquqiga ega bo'ldik. Ajdodlarimizga munosib avlod bo'lish biz yoshlarning 

doimiy  orzusidir.  Shunday  ekan  har  bir  shaxs  o'z  qalbida  kim  edik,  kim  bo'ldik,  kim 

bo'lmoqdamiz  mushohadasi  ila  yashamog'i  kerak  deb  o'ylaymiz.  Zero  buyuk 

bobokalonlarimizning  olis  kechmishdagi  hayotining  qaysidir  jihatlaridan  faxrlanish, 

ibratlanish,  qaysidir  jihatlaridan  saboq  chiqarish  qalbimizning  hukmiga  havoladir. 

Ayni mana shu mushohada va hukmlar bizning kelajagimizni bevosita belgilab beradi. 

Davlatimizning 

siyosati 

darajasiga 

ko'tarilgan 

ajdodlarimizning 

nomlarini 

abadiylashtirish  borasida  boshlangan  barcha  tadbirlar-u  ,  qilinayotgan  ishlar  o'z 

navbatida biz ilgari surgan fikrlarimizning aniq va yorqin dalilidir, 

   Bobur  va  uning  qoldirgan  adabiy  merosi  bugun  bir  emas,  bir  necha  millatlarning 

qadryatiga  aylangan.  Shunday  ekan,  Bobur  obrazining  dunyoviy  va  milliy  talqinlari 

mavjuddir.  Biz  milliy  talqinimizda  Boburning  millatimizga  xos  bo'lgan  fazilatlariga 

e'tibor  qaratsak,  butun  dunyo  uning  umumbashariy  fazilatlarini  qadrlaydi.  Uning 

asarlarida ilgari surilgan g'oyalarning insoniyatga xizmat qilishi bilan faxrlanadilar. 

     Istiqlol yillarida Boburning hayoti va ijodiga xos bo'lgan ma'lumotlarni e'lon qilish 

dolzarb  masalaga  aylandi.  Yuqorida  aytganimizdek,  kimki,  Bobur  haqida  qanday 

ma'lumotga ega bo'lsa, u afsonami, rivoyatmi, qat'iy  nazar  uni boshqalar bilan baham 

ko'rish  istagida  ommaviy  nashrlarda  e'lon  qildi.  Maqsad  sho'rolar  hukumati  qora 

bo'yoqlar choplagan Boburni anglash, unga qaytish edi.  

       Bobur  shaxsi  va  uning  fazilatlari  juda  katta  ijtimoiy,  tarbiyaviy-estetik 

ahamiyatga  egadir.  Bobur  obrazini  yaratgan  bugunning  ijodkorlari  mustaqil  yurtimiz 

tarqqiyotiga  o'z  hissalarini  qo'shadigan,  qo'shayotgan  barkamol  yoshlarimizni 

tarbiyalashda,  ularning  ruhiga  vatan  qadri,  yurt  tinchligi  tushunchalarini  singdirishda 

ushbu  buyuk  tarixiy  shaxsga,  uning  ijodiga-yu  qora  qismatiga  murojaat  qilishmoqda. 

XX  asr  o'zbek  adabiyotining  deyarli  barcha  shoirlari  Bobur  haqida  yozishgan.  Biz 



48 

 

ushbu  tadqiqotda  ularning  ayrimlariga  to'xtalib  o'tdik,  xolos.  Bu  jihatdan  yuqorida 



ta'kidlaganimizdek, Sirojiddin Sayyid ijodi e'tibor va e'tirofga loyiqdir.  

      Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  biz  ushbu  tadqiqot  ishida  o'zbek 

shoirlarining  Bobur  shaxsini,  uning  asl  qiyofasini  o'quvchilarga  yana  bir  karra 

tanishtirgan  dilbar she'rlarini  bitta bitiruv  malakaviy  ish doirasida   yoritilishi  mumkin 

bo‘lgan      darajada  baholi  qudrat  yoritdik.  Umid  qilamizki,  ushbu  tadqiqot  Bobur 

ijodini  o'rganishda,  Bobur  shaxsini  o'rganishda  muhim  omilga  aylanadi  va  bugungi 

yoshlarni  shu ruhda tarbiyalashda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.       

         Zahiriddin  Muhammad  Bobur  bugun  o‘z  asarlari  bilan  xalqimiz  ko‘nglini  yoritib 

turgan    chiroqlardan  biridir.  Shuningdek,  har  birimizni  Vatanga  munosib  farzand 

bo‘lib, kelajak sari dadil qadam tashlashga undovchi, abadiyatga daxldor aziz va qadrli 

siymodir.   

  

         



 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



49 

 

                     




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling