Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotimizning asosiy obyekti sifatida
o’zbek she’riyatidagi Bobur shaxsi yoritilgan she’rlar, dostonlar olindi. Shuningdek,
o’rni bilan ilmiy tadqiqotlar mujassam bo’lgan Boburshunos olimlarning
monografiyalaridan ham foydalanildi.
Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiq usullari. Bobur siymosini
o’rganishimizda avvalo Prezidentimiz I.A.Karimovning milliy mafkura, milliy g’oya
va ma’naviyat masalalariga bag’ishlangan asarlari, Abdulla Oripov, Muhammad
Yusuf, Sirojiddin Sayyid, To’lan Nizom, Olimjon Xoldor singari shoirlarimizning
she’rlari, ba’zi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari ushbu bitiruv malakaviy
ishimizning tadqiq usuli vazifasini bajardi.
Shuningdek, ishda tarixiy-tipologik, tarixiy-qiyosiy tahlil metodlaridan ham samarali
foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |