Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bobur va uning ijodi o’zbek adabiyotida
keng ko’lamda o’rganilgan. Mamlakatimizda juda ko’plab Boburshunos olimlar
yetishib chiqqan. Ular o’zlarining tadqiqotlari davomida Bobur hayoti va ijodini, uning
asarlarini alohida tartibda monografik planda tadqiq qilganlar. Bir qancha nasriy
asarlarimizda (“Yulduzli tunlar”, “Saodat sohili”, “Boburiynoma”) uning murakkab
hayot yo’li haqida hikoya qilinadi. Bizning ushbu bitiruv malakaviy ishimizda
oldimizga qo’ygan maqsadimiz esa turli davrlarda, xususan istiqlol yillaridagi lirik
asarlarda Bobur obrazining tadrijiy talqinini tadqiq qilishdan iboratdir. Shu jihatdan
qaralsa mavzuning dolzarbligi oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |